www.ziyouz.com
kutubxonasi
19
yuzidagi biror rahbar yetisholmagan bunday insoniy oliyjanoblik qaerda?.. Bu – Umar
(r.a.) buyukliklarining bir qismi. Bu – sahro farzandi Umar ibn Xattobdan (r.a.) buyuklik
cho‘qqisining boshida turadigan inson yaratgan Islom hazorasining ajoyibotlaridan biri.
* * *
Islom hazorasi yaratgan komil, marhamatli insoniylikka timsol bo‘ladigan kishi faqat
Umar (r.a.)ning o‘zlari emas. Abu Bakr, Usmon, Ali, Umar ibn Abdulaziz, Salohiddin
Ayyubiy va bulardan boshqa Islom hazorasining ulamolari, uzamolari, sarkardalari va
faylasuflarida, ularning har birida barhayot bu hazoradagi insoniy oliyjanoblikka abadiy
tamsil – misol keragichadir.
B
u – barhayot Islom hazorasining insoniy tomonlaridan biridir. Bu – ranglaridan qat’iy
nazar odamlar o‘rtasida haqiqiy tenglikning qaror topishidir. Ushbu tenglik asosi Qur’on
karimning:
«Albatta, sizlarning Alloh nazdida eng hurmatlirog‘ingiz
taqvodorrog‘ingizdir»
(Hujurot surasi, 13-oyat) deganidan, Payg‘ambar alayhissalom
o‘zlarining barhayot ta’limotini:
«Insonlar Odamdan, Odam esa tuproqdandir.
Arabning ajamga, oqning qoraga taqvodan o‘zga hech bir ustunligi yo‘qdir»
,
deya e’lon etish uchun vido’ hajida turgan paytidan keyin maydonga chiqqandir. Bu
tenglik bugungi yangi hazora rahnamolarida bo‘lganidek, qandaydir munosabatlar bilan
e’lon etiladigan asoslar chegarasida to‘xtab qolgan emas, balki u tatbiqiy tenglik bo‘lib,
odatiy ishdek nazarni jalb qilmay, zo‘rakilik yoki qiyinchilikka muhtoj bo‘lmay amalga
oshadi. Masalan, u masjidlarda, oqu qoraning bir joyda Alloh azza va jallaga ubudiyyat
va xushu’larini izhor qilib turishlarida amalga oshadi. Oq qoraning yonida turishida hech
qanday ziyon yoki mashaqqat ko‘rmaydi. Yana u hajda, bashariyat unsurlarining
barchasi, oqu qora bir tepalikda, bir xil kiyimda, oq bilan qorani ayirmasdan yoki biri-
biridan yuqori bo‘lmasdan uchrashganlarida amalga oshadi. Balki biz bundan-da
yuksakroq holni ko‘ramizki, Rasululloh (s.a.v.) Makka fathi kuni Bilol Habashiyning
Ka’baning ustiga chiqib azon aytishiga, haq kalimani e’lon etishiga amr etdilar.
Vaholanki, Ka’ba johiliyatda arablarning muqaddas harami, Islomda esa muazzam qibla
edi. Qanday qilib, unga Bilol kabi qora qul chiqadi?.. Qanday qilib, uni qadamlari bilan
bosadi? Albatta, buningdek yoki bunga yaqinroq narsani yangi hazoralarda tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Lekin Islom hazorasi buni o‘n to‘rt asr oldin amalga oshirdi. Bilolning Ka’ba
sathiga ko‘tarilishi insonning har narsadan mukarram ekanini e’lon etishdan o‘zga narsa
emas. Albatta, inson bu mukarramlikka yuz chiroyi va oqligi uchun emas, ilmi, aqli,
axloqi va imoni uchun mustahiq bo‘ldi. Agar amali orqada bo‘lsa, insonni oqligi
muqaddam qilmaydi va aksincha, agar zakovati va ijtihodi muqaddam bo‘lsa, qora odam
ortga surilmaydi.
Shuning uchun Rasululloh (s.a.v.) eng hurmatli sahobalaridan bo‘lishiga qaramay, Abu
Zarrning boshqa sahobani «Ey qoraning o‘g‘li», deb so‘kishiga rozi bo‘lmadilar. Balki:
«Uni onasining qoraligi bilan ayblaysanmi? Albatta, sen johiliyat (odati) bor kishi
ekansan!» deb ta’na-malomat qildilar. Bu – ilm bilan jaholat o‘rtasini, insoniyat hazorasi
bilan johiliyat hazorasi o‘rtasini ajratuvchi chegaradir.
Irq irqqa, rang rangga ustun bo‘lmagan hazora oqil va mukarram inson yaratgan, u
bilan ongli, mukarram insoniyat baxt-saodatli bo‘ladigan hazoradir. Oq rangli inson oliy
bo‘ladigan, qora kamsitiladigan, oq yuzli baxtli bo‘lib, qoralar bebaxt bo‘ladigan hazora –
insoniyatni ko‘r, mutakabbir, johil va axmoq holda yuzlarcha yillar ortga qaytaradigan
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |