Microsoft Word islom hazorasi ziyouz com doc



Download 363,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/86
Sana23.06.2022
Hajmi363,37 Kb.
#696356
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Islom hazorasi

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
25
berganlarini eslang. Holbuki, bu paytda musulmonlar ham namoz o‘qishardi. Keyinchalik 
Umaviy jome’siga aylangan Damashqdagi Buyuk Ioann kanisasida fath kunlari 
masihiylar uning yarmini musulmonlar olishiga rozi bo‘lishgan bo‘lsa, musulmonlar ham 
ularning ibodat qilishlariga ijozat berishgan. Bir vaqtning o‘zida ikki din vakillari yonma-
yon ibodat qilayotganlarini ko‘ring. Bu tarixda nodir bo‘lgan ajoyib ko‘rinishdir. Unda 
islomiy hazora erishgan diniy erkinlikka dalolat qiladigan chuqur ma’no bor! 
Diniy erkinlik ko‘rinishlaridan yana biri – vazifalarning aqidasi va mazhabidan qat’iy 
nazar mustahiq, munosib kishiga berilishidir. Shu sababdan umaviy va abbosiylar 
zamonida masihiy tabiblar xalifalar diqqat markazida bo‘lishgan. Ular uzoq vaqt 
mobaynida Bag‘dod va Damashqdagi tibbiyot madrasalariga boshchilik qilishgan. 
Nasroniy tabib Ibn Asol Muoviyaning (r.a.) xos tabibi edi. Sarjun esa kotibi bo‘lgan. 
Marvon esa boshqa bir ismi Ishoq bo‘lgan Isnosiyusni Misrdagi ba’zi hukumat 
mansablariga tayinlagan. U keyinchalik davlat devonida raislik martabasigacha 
ko‘tarilgan. U juda ko‘p boylik va katta obro‘ga ega edi. To‘rt ming qul, talaygina hovli, 
uy-joy va bog‘lar, juda ko‘p oltinu kumushlar egasi edi. U o‘zi sohibi bo‘lgan to‘rt yuz 
do‘kondan tushgan mablag‘ga Rahoda kanisa qurdirgan. Shuhrati shu darajaga 
yetganki, Abdulmalik ibn Marvon keyinchalik Misr voliysi bo‘lgan, ukasi Abdulazizning 
ta’limini unga topshirgan. U mashhur Umar ibn Abdulazizning otasi edi. 
Xalifalar oldida obro‘si bor mashhur tabiblardan biri Jirjis ibn Baxtyashu’ edi. U xalifa 
Mansurga yaqin bo‘lib, xalifa uning rohat va xursandchiligi uchun qo‘lidan kelganini 
qilardi. Shunday ham bo‘lganki, Jirjisning xotini qari edi, shuning uchun xalifa Mansur 
unga uchta go‘zal joriya jo‘natadi. U: «Modomiki, xotinim hayot ekan, boshqaga 
uylanishga dinim ruxsat bermaydi», deya joriyalarni qabul qilishdan bosh tortdi. Mansur 
bundan xursand bo‘ldi va uning ikromini yanada ziyoda etdi. U og‘irlashib qolganda
Mansur uni «Doruz-ziyofat»ga keltirishlarini buyurdi va holini so‘rab, oldiga o‘zi yurib 
bordi. Tabib ajdodlari bilan dafn etilishi uchun vataniga qaytishga izn so‘radi. Mansur 
unga jannatga kirishi uchun Islomga qabul qilishni taklif qildi. U: «Ajdodlarim bilan birga 
jannat yoki do‘zaxda bo‘lishga roziman», deya uni rad etdi. Mansur bunga kulib 
qo‘yaqoldi va hozirlik ko‘rishga amr etib, o‘n ming dinor bilan uni vataniga yetkazib 
qo‘ydi. 
Nasroniy Salmavayh ibn Banon Mo‘‘tasimning tabibi bo‘lgan. U vafot etganda 
Mo‘‘tasim juda qattiq qayg‘urdi va dinining urf-odatlariga binoan tutatqi va shamlar bilan 
dafn etishga amr qildi! 
Baxtyashu’ ibn Jabroil Mutavakkilning tabibi bo‘lib, uning oldida ehtirom sohibi edi. 
Hatto, u libos, husnihol, mol ko‘pligi va muruvvatda xalifaga o‘xshardi. Shuningdek, 
shoir va adiblar ham din va mazhablaridan qat’iy nazar xalifa hamda amirlar huzurida 
hurmatga sazovor edilar. Hamma Axtalning umaviylar davridagi dovrug‘ini biladi. U 
tumor taqilgan ipak abo kiyib olib, Abdulmalikning oldiga iznsiz kirardi. Bo‘ynida tilla 
zanjirga ulangan oltin xoch osilib, soqolidan esa aroq tomchilab turardi. Uzun qasidada: 
«Ansorlar sallasi ostidadir tubanlik», deya ansorlarni hajv qilgan ham shu edi. Ansorlar 
og‘ringanlar va ichlaridan kattalari, Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari No‘‘mon ibn 
Bashirni yuborganlar. U kishi Abdulmalikning huzuriga kirib, sallalarini boshlaridan 
olganlar va unga: «Shu yerda tubanlik ko‘ryapsanmi, ey amiral mo‘minin?» deganlar. 
Xalifa u kishining ko‘nglini ko‘targan, lekin Axtalga yomon muomala etmagan.


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

Download 363,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish