Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com
kutubxonasi
32
bo‘lgan shahardan ozod qil va bizga o‘z huzuringdan bir do‘st bergin, bizga o‘z
huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda
bolalardan iborat bo‘lgan bechoralar
(ni ozod qilish)
yo‘lida jang
qilmayapsizlar?!»
(Niso surasi, 75-oyat). Islom hazorasi
urush qoidalari mana
shulardir. Adolat, rahmdillik va vafo – bular harbiy axloq ko‘rinishlaridir.
Aftidan islomiy hazoraning urushdagi tinchlikparvarlik ruhini ko‘rsatishga buning o‘zi
kifoya qilmaydi. Zero, qonunlarning o‘zigina millatning ulug‘ligiga, insoniyligiga dalil
bo‘la olmaydi. Qancha millatlar bor: o‘zlari odamlarga eng oliy qonunlarni ko‘z-ko‘z
qilishadi. Lekin eng beshafqat, chirkin, insoniylik va rahmdillikdan uzoq qonunlar bilan
yashashadi. Diyorimizdagi mustamlakachilik hodisalari hech kimga sir emas.
Uning
fojealari, shafqatsizliklari hamon ko‘z o‘ngimizda.
Xo‘sh, Islom hazorasida ushbu oliyjanob qonunlarning amaliy tatbiqi qanday bo‘lgan?
Hammasidan oldin Islom hazorasi yo‘lboshchisi, uning asosi va shariatini qo‘yuvchisi
Rasulullohdan (s.a.v.) boshlaylik. U zot hazora axloqi, hadafi va risolatidan rostgo‘y
ta’birdirlar. Biz anbiyo, rasul va muslihlardan birortasining o‘z da’vati yo‘lida
Rasulullohdek (s.a.v.) azoblangani, quvg‘in
qilingani, ozor berilganini bilmaymiz. O’n uch
yil Makkada... Bu yillarning hammasi bu zot va jamoatlariga hiyla, ozor, haqorat va
azob-uqubatga to‘liq bo‘lgan. Hayotlari va ashoblarining hayotiga tinimsiz suiqasdlar
uyushtirilgan. O’n yil Madinada... U uzluksiz kurash va ma’rakalar muddati.
Harb libosini
faqat o‘limlaridan ozgina oldin Arab jazirasi butkul u zotga bo‘yin eggandagina
yechganlar! Kim urushga kirsa, qilich ko‘tarsa, o‘ldirsa, o‘ldirilsa, quvg‘in va adovat
nishoni bo‘lsa, qonga shavqli va intiqomga o‘ch odamga aylanadi. U holda,
Rasulullohning urushlardagi xulqlari qanday bo‘lgan? Hazora sohibi o‘zlari e’lon
etgan
asoslarni qay tarzda tatbiq etganlar?..
Payg‘ambar tavsiyalariga rioya etmagan musulmonlar Uhudda mag‘lub bo‘lishgan,
dushmanlar o‘rab olib o‘ldirishga harakat qilayotgan paytda ashoblari u zotni fidokorlik
bilan himoya qilishdi. Rasululloh urushda jarohatlandilar. Old tishlari sinib, yuzlari
yorildi. Dubulg‘alarining ikki xalqasi yonoqlariga kirib ketdi.
Shunda sahobalardan
ba’zilari: «Ularni duoibad qilsangiz, ey Rasululloh», deyishdi. U zoti bobarakot: «Men
la’natlovchi qilib yuborilmaganman. Balki da’vatchi va rahmat qilib yuborilganman... Ey
Alloh, qavmimni hidoyat qil, chunki ular bilmaydilar», deya duo qildilar. Urushda
ehtiyojmand bo‘linadigan haqiqat mantig‘i mana shudir. Qon to‘kishga chanqoq bo‘lib
emas, adashganlarni hidoyatga rag‘bat etib urushadigan Payg‘ambarning mantig‘i mana
shudir.
Uhud jangida Payg‘ambarning amakilari – arab botirlarining
mashhuri Asadulloh
Hamza o‘ldirildi. Uni Vahshiy ismli kishi Abu Sufyonning xotini Hindning undovi bilan
o‘ldirdi. Chavandoz jonsiz qulagan paytda Hind Hamzaning yuragini paypaslay boshladi
va uni sug‘urib oldi. So‘ng g‘azab va intiqomdan uni chaynab-chaynab tashladi!
Keyinchalik Hind muslima, Vahshiy musulmon bo‘ldi.
Rasululloh bunga qanday
munosabatda bo‘ldilar. Hind uchun istig‘fordan boshqa narsani ziyoda qilmadilar.
Vahshiyning Islomini qabul qilib, unga: «Bizdan uzoqda yashashga imkoning bo‘lsa,
shunday qil», dedilar. Rasulullohning amakilari qotiliga va yuragini chaynagan ayolga
bo‘lgan munosabatlari mana shunday!
Urushlardan birida Rasululloh dushman tomondan bir ayol o‘ldirilganini ko‘rib qoldilar.