www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
bo‘lish uchun o‘z bayrog‘ini berdi. Shundan so‘ng qo‘shin shaharga kirdi. Endi holatni bir
tasavvur qiling. Quddus aholisi tepasida omonlik bayrog‘i o‘rnatilgan Aqso masjidiga
to‘planishdi. U yerni qarilar, ayollar va bolalar to‘ldirganda, ular qo‘y bo‘g‘izlangandek
bo‘g‘izlandilar. Ibodatxonada shunchalik qon oqdiki, hatto otliqlarning tizzasigacha yetib
bordi. Shahar ichidagi barcha jonzot qirish bilan tozalandi. Hatto, ko‘chalar yanchilgan
bosh chanoqlari, kesilgan bilak va oyoqlar, qiymalangan jasadlar bilan to‘lib-toshgandi.
Tarixchilarimizning zikr qilishicha, faqat Aqso masjidining ichida o‘ldirilganlar soni
yetmish mingga yetadi! Ularning ichida ayol va go‘daklardan tashqari imomlar, obid va
zohidlar jamoasi ham bor edi. Bu vahshiyliklarni g‘arb tarixchilari inkor qilmaydilar.
Mana shu xunrezliklardan 90 yil o‘tib, Qohira sultoni Salohiddin Ayyubiy Baytul
Muqaddasni fath etdi. Xo‘sh, u nima qildi?.. O’sha paytda Quddusda yuz mingdan ortiq
g‘arblik bo‘lib, Salohiddin ularning jonlari va mollariga omonlik berdi. Faqat qodir
bo‘lganlariga to‘lashlari uchun arzimas mablag‘ belgilab, hammalariga shahardan
chiqishga ruxsat berdi. Chiqish uchun qirq kun muhlat belgiladi. Keyin esa faqirlardan
ko‘pchiligini fidyasiz qo‘yib yubordi. Fotih Salohiddinning akasi Odil podshoh faqirlardan
ikki mingtasiga o‘z yonidan fidya to‘ladi. Ayollarga esa, hozirgi zamondagi eng aslzoda
muzaffar podshoh ham qilolmaydigan muomalani qildi. Farang patriarxiga bo‘lsa,
shahardan chiqishni xohlaganda, o‘zi bilan birga Saxra, Aqso, Qiyomat
ibodatxonalarining miqdorini Allohdan o‘zga hech kim bilmaydigan boyliklarini olib chiqib
ketishiga ruxsat berdi. Salohiddinning ba’zi a’yonlari ana shu ulkan boylikni olib qolishni
taklif qilishganda, buyuk fotih ularga: «Men unga xiyonat qilmayman», dedi-da, undan
boshqa oddiy kishilardan qancha olgan bo‘lsa, shuncha fidya oldi.
Yana Salohiddinning Quddusni fath qilishda amal qilgan insoniy ishlaridan kishini
hayratga soladigani mana bu voqeadir: u Quddusdan uzoqlashgan g‘arbliklar to‘dasini
homiy birodarlariga, ya’ni Suvar, Sayda kabi salbchilar o‘chog‘iga tinch-omon yetkazib
qo‘yish uchun ularga odam qo‘shib jo‘natdi. Vaholanki, o‘sha paytda Salohiddin ular
bilan urush holatida edi!!! Jizyani to‘lagan ayollardan ko‘pchiligi to‘planib, sulton oldiga
keldi. Ular asir olingan yoki o‘ldirilgan askarlarning oziq-ovqatsiz, boshpanasiz xotinlari,
onalari va qizlari ekanliklarini aytishdi. Sulton ularning yig‘layotganini ko‘rib, ta’sirlangan
va rahmi kelgan holda yig‘lab yubordi. So‘ng ularning asir erkaklarini izlashga,
topilganlarini xotinlariga topshirishga, ammo qarindosh-urug‘lari o‘lib ketganlarga esa,
ko‘pgina mol berib yuborishga amr etdi. Ayollar qaerga borsalar, unga maqtov-
minnatdorchilik, hamdu sano aytardilar. So‘ng sulton ozod qilingan odamlarga ayollari
va bolalari bilan Suvar va Akodagi boshqa qochoq birodarlariga borib qo‘shilishiga ruxsat
berdi. U Quddus fath bo‘lgandan keyin uni tark etgan ayrim fuqarolar Antokiyani ko‘zlab
ketayotgan, Antokiyaning salbchi amiri esa, ularni qabul qilishdan bosh tortayotgan va
ular qaerga bosh urishni bilmay turganlarida, musulmonlar ularga boshpana bergan
paytlarida bu ishni qildi.
Albatta, Salohiddinning g‘arbliklar bilan salb urushlaridagi hikoyalari afsonalarga
o‘xshaydi. Agar g‘arbliklarning bu o‘lmas qahramonlarning ezguliklari, oliy axloqidan
ajablanishlari, hayratga tushishlari bo‘lmaganda edi, muarrixlarimizni oshirib
yuborganlikda ayblashga imkon topilardi. g‘arbliklarning o‘zlari Salohiddin haqida
ushbularni zikr qilishadi:
«Salb urushlari sarkardalarining eng buyuk va shijoatlisi,
sheryurak Richard kasal bo‘lib qolganining xabari unga (Salohiddinga) yetib boradi.
Salohiddin unga xos tabibini yuboradi. Tabib o‘zi bilan birga dori-darmon va bu salbchi
sarkarda topa olishi mushkul bo‘lgan mevalardan olib boradi. Bu voqea ularning
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |