www.ziyouz.com
kutubxonasi
37
oladilar. Dinlar bilan ishlari yo‘q. Raiyatlari masihiymi, yahudiymi, somiriymi – hammasi
barobar. Ammo anavi mal’un polandlar bo‘lsa, masihiy birodarlaridan soliq va ushrlarni
olish bilan qanoatlanmaydilar. Vaholanki, ularning xizmatiga chin ko‘ngil bilan bel
bog‘langan bo‘lsa».
Sulton Muhammad Fotihning Ayo-So‘fiyaga, Qustantiniyadagi masihlarga ehtiromi
haqida so‘z borar ekan, salbchilarning Ovro‘padan kelib, Qustantiniyani 1204 yilda istilo
qilishgan paytdagi ishlarini zikr etish lozim. Papa Ensent Uchinchi ularning o‘z birodarlari
provoslavlarga qilgan ishlarini tavsiflab shunday deydi:
«Masihiylikning katta dushmani
(ya’ni, Islom)ga qarshi qilichlarini yalang‘ochlashlari lozim bo‘lgan Masihning izdoshlari
va dinining madadkorlari harom etilgan masihiy qonni to‘kdilar va uning bahrida g‘arq
bo‘ldilar. Ular dinni, yoshni va jinsni hurmat qilmadilar. Kuppa-kunduzi zino qildilar.
Qo‘shinning vahshiyligiga rohibalar, bokira qizlar va onalar qurbon bo‘ldi. Ular
imperatorning boyliklarini tortib olish, fuqaroning bor-yo‘g‘ini talon-taroj qilish bilan
kifoyalanmadilar. Balki qo‘llarini kanisa yerlariga, mol-mulkiga ham uzatdilar, kanisalar
hurmatini to‘kdilar, ularning ikonalari, xochlari, osori-atiqalari va obidalarning
ashyolarigacha tortib oldilar».
Muarrix Sharl Del aytgan mana bu so‘zlarga quloq tuting: «
Mast askarlar Sent-So‘fiyo
kanisasiga kirishdi. Muqaddas kitoblarni yo‘q qilib tashladilar. Shahidlarning suratlarini
oyoq ostida tepkiladilar. Bir zinokor ayol patriarxning kursisiga chiqib olib, bor ovozi
bilan qo‘shiq aytdi! Shaharning san’at namunalari yo‘q qilindi. Haykalchalar pul zarb
qilish uchun eritildi». Bu alamli hodisalarga shohid bo‘lgan rohiblardan biri shunday
e’tirof qiladi: «Muhammad (s.a.v.)ning izdoshlari shaharga kirganida, masihning
qo‘shinlari qilgan muomalani qilmagandi».
Musulmon fotihlarning Andalusdagi axloqlari, mag‘lublarga ko‘rsatgan go‘zal
muomalalari, mehribonliklari va his-tuyg‘ularni rioya qilishlari bilan ispanlar o‘arnota
(Granada – Andalusdagi oxirgi Islom mamlakati)ni istilo qilgan paytlaridagi ishlarini bir-
biriga qiyoslash shart emas. Ular musulmonlarga dinlari, masjidlari, mollari va jonlarini
hurmat qilishga taalluqli oltmishdan oshiq ahdnomalar berishdi. Lekin biror ahdnomaga
rioya qilishmadi, zimmalaridagi biror burchga vafo qilishmadi. Qon to‘kish, odam o‘ldirish
va qaroqchilik qilishdan o‘zlarini tiya olmadilar. o‘arnotaning taslim bo‘lganiga hali o‘ttiz
ikki yil to‘lmay, 1542 yilda papa Ispaniyadagi barcha masjidlarni kanisalarga aylantirish
to‘g‘risidagi buyrug‘ini chiqardi. Mana shu hodisaga to‘rt yil bo‘lgan vaqtda butun
Ispaniyada birorta musulmon qolmagandi!
Islomning axloqiy tamoyillari turli diniy e’tiqoddagi kishilarga tinchlik, totuvlik va
osoyishtalikda yashash imkoniyatini beradi. Bu tamoyil shunisi bilan ajoyibki, jahon
tarixida Islomda bo‘lmagan qavmlarning boshqa dindagilarga shafqatsiz va murosasiz
munosabatda bo‘lganiga misollar ko‘p edi. Ispaniya qo‘l ostidagi Iberiya yarim orolida
nasroniylar o‘z oralarida musulmonlar va yahudiylarning yashashini istamaganlar va ana
shu ikki qavmni shafqatsizlarcha jazolaganlar. Ovro‘paning boshqa mamlakatlarida
yahudiylarga ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan munosabatda bo‘lindi, ular faqat yahudiy
bo‘lib tug‘ilganlari uchun ham barcha huquqlaridan mahrum etildi. Ovro‘paning butun
o‘rta asrlar tarixi bir-birini jini suymaydigan nasroniylarning nasroniylar bilan urushlari
bayrog‘i ostida kechdi. XVI-XVII asrlarda katoliklar bilan protestantlar o‘rtasidagi
bemaqsad qirg‘in Ovro‘pani qon daryolariga g‘arq qildi. 1618-1648 yillardagi 30 yillik
urush katoliklar va protestantlar o‘rtasidagi diniy ziddiyat tufayli boshlanib ketdi. Ana
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |