www.ziyouz.com
kutubxonasi
36
o‘rtasida urush qizigan, qo‘shinlar jang qilayotgan paytda bo‘ldi! Yana g‘arbliklar
eslashlaricha, bir ayol sulton Salohiddinning chodiriga yig‘lab, qarg‘anib kirib keldi. U
sultonga askarlaridan ikkitasi bolasini o‘g‘irlab ketganidan shikoyat qildi. Buni eshitgan
Salohiddin yig‘lab yubordi va bolani izlash, topib onasiga topshirish uchun odam jo‘natdi.
Ayolni esa, qo‘riqchi bilan jamlog‘iga eson-omon yubordi».
Sulton Muhammad Ikkinchi Qustantiniyani fath qilgan paytda Ayo-So‘fiya kanisasiga
kirdi. Unga kanisa xodimlari yashirinishgandi. Sulton ularni husni qabul qilib, o‘z
himoyasiga olishini ta’kidladi. Kanisadagi qo‘rqib ketgan masihiylardan uylariga sog‘-
salomat qaytishlarini so‘radi. Shundan so‘ng masihiylarning ishlarini tartibga soldi.
Ularga o‘zlarining xos kanisalariga, milliy qonunlariga va shaxsiy holatlarda (oilaviy
masalalarda) o‘z urf-odatlariga bo‘ysunish huquqini berdi. Poplarda o‘z patriarxlarini
saylash ixtiyorini ham qoldirdi. Ular Gandiusni patriarx qilib saylashdi. Sulton esa uning
saylanishini vizantiyaliklar davrida odat bo‘lgan dabdababozlik bilan bayram qilib berdi.
Va unga: «Men bilan har qanday vaqt va holatda do‘st patriarx bo‘lgin va o‘zingdan
oldingilarga berilgan huquq va imtiyozlarning barchasidan bemalol foydalanaver», dedi.
So‘ng unga chiroyli ot hadya qildi. O’zining ikkishoriylar deb nomlangan qo‘riqchilaridan
bir nechtasini uning himoyasi uchun tayin etdi. So‘ng Muhammad Fotih provaslav
kanisasining qonunlarini e’tirof etib, o‘z rioyasi ostiga oldi. Shahar fath qilingan kuni
tortib olingan muqaddas osori-atiqalarning hammasini yig‘ib, sotib oldi va kanisalarga
topshirdi!
Bu ishlarni Sulton Muhammad Fotih Qustantiniyani fath qilish chog‘ida o‘zi bilan
masihiylar o‘rtasida tuzilib, amal qilinishi lozim bo‘lgan shartnomalarsiz amalga oshirdi.
Bu himoya va rioyani o‘z ixtiyoricha qildiki, bu holat ularni bundan keyin Vizantiya
davlati rioyasida bo‘lgan paytlariga qaraganda, yangi musulmon davlat rioyasida ko‘proq
tinch, salomat va diniy erkin bo‘lishlariga ishontirdi. Usmonli qahramonlar yunon, bulg‘or
va o‘zlari fath qilgan boshqa qo‘shni davlatlardagi masihiy raiyyatlarga ham chiroyli
muomalalarida davom etdilarki, bu hol Ovro‘paning boshqa joylarida kuzatilmagan edi.
Hatto, Mojariston va Transilvaniyadagi Kelfinning odamlari va masihiylarning
yakkaxudochilik mazhabidagi kishilar mutaassib Xepsiburg oilasi qo‘liga tushib qolishdan
ko‘ra, turklarga bo‘ysunishni afzal bilishdi!
Sisiliyadagi protestantlar esa Turkiyaga qiziqish ko‘zi bilan qarashar, diniy erkinlikni
islomiy hukmga bo‘ysunish bilan sotib olishni orzu qilishardi. Musulmonlar hukmi
ostidagi masihiylarga mana shunday mukarram diniy erkinlik bilan muomala qilib turgan
bir paytda, Ovro‘pa mamlakatlaridagi masihiylar hokimlarining zulmidan, diniy
toifalarning qon to‘kish, fitna va qo‘rquv yoyilishiga sabab bo‘ladigan bir-biriga qarshi
taassubidan jabr tortardi. XVII asrda Antokiya patriarxi Makoriusning polandiyalik
katoliklar provoslav birodarlariga qarshi olib borgan repressiyalari haqida aytgan
so‘zlariga quloq soling:
«Biz barchamiz shu qirq, ellik yil ichida anavi din dushmani
bo‘lgan badbaxt zindiqlar (ya’ni, katoliklar), qo‘lida qatl etilgan minglarcha shahidlarga
daryo-daryo ko‘z yoshi oqizdik. O’ldirilganlar soni yetmish ming bo‘lishi mumkin. Ey siz
xoinlar! Ey iflos, razillar! Ey toshyuraklar! Rohibalar, zaifa ayollar sizlarga nima qildi? Bu
o‘ldirilgan qizaloqlar va go‘daklarning gunohi ne? Polandiyaliklarni nima uchun mal’unlar,
deyapman? Chunki ular o‘zlarini buzuq butparastlardan ham tuban va shafqatsiz
ekanliklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. Bu o‘zga mazhabdagilarga beshafqatliklaridan ham
ko‘rinib turibdi. Ular bu bilan provoslav nomini yo‘q qilamiz, deb o‘ylaydilar. Alloh turk
davlatining baqosini abadul-abad davomli qilsin. Ular o‘zlari buyurgan jizyanigina
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |