1. Qaysi miflarda kit muqaddas maxluq sanaladi?
a)Afrika miflari
b)Shimol va Amerika miflari
c)Avstraliya miflari
d)O‘rta Osiyo miflari
2.Yunon mifologiyasida uchraydigan ayrim mavjudotlar ildizlarini qaysi
adabiyotda ham uchratamiz?
a) Misrliklar
b) Shumerliklar
c) Bobilliklar
d) Mesopotamiya
3. Qaysi mifga ko‘ra jazoga mustahiq etilgan odam misdan yasalgan ho‘kiz
ichiga solinib, ostidan olov yoqiladi?
a) Shumer miflari
b) Misr miflari
c) Yunon miflari
d) Afrika miflari
4. Qaysi asarlarda sevikli xotinlarini o’g’irlanganligi bois urush boshlanadi?
a) “Homer masalasi” (Iliada va Odisseya), “Maxobxorat”
b) “Injil”, “Bilgamish”
c) “Kalila va Dimna”, “Panchatantra”
d) “Imxotep” va “Haykal”
5. Drama so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
A) Lotincha, “ faoliyat” degan ma’noni
B) Yunoncha, “ish” degan ma’noni
C) Yunoncha, “harakat” degan ma’noni
D) Lotincha, “tomosha” degan ma’noni
6.Antik davr adabiyoti qaysi asrlarni o‘z ichiga oladi?
a) mil.avv. VIII – VII asrdan milodiy V asrgacha bo‘lgan davrni
b) Mil.avv. VI – V asrdan milodiy II asrgacha
c) Mil.avv. VII asrdan milodiy Ii asrgacha
d) Mil.avv. VIII asrdan milodiy VII asrgcaha
7.Dantening sevgan qizi Beatrichega bag‘ishlab chop ettirgan to‘plamining
nomi?
a) “Ziyorat”
b) “Arosat”
c) “Yangi hayot”
d) “Do‘zax”
8. Yer markaziga voronka shaklida o‘yib tushirilgan joy bo‘lib, unda 9
pog’onali chuqurlik bor. Ushbu ta’rif qaysi asar haqida?
a) “Alkimyogar”
b) “Afrika”
c) “Ilohiy komediya”
d) “Shohnoma”
9.Fanchesko Petrarka bir umr kimga atab she‘rlar yozdi?
a) Beatrichega
b) Lauraga
c) Yelenaga
d) Sapfoga
10..Petrarka jahon adabiyoti tarixida qaysi janr muallifi sifatida nom
qozondi?
a) Troitsa
b) Erkin she’r
c) Sonet
d) Barmoq
11.Sonet janrida uchinchi va to‘rtinchi bandlar uch qatorli nimalardan
tuziladi?
a) Variantlardan
b) Katrenlardan
c) Tersetlardan
d) Novellalardan
12.“Dekameron” asarining ma’nosi?
a) Besh yil
b) Bir asr
c) O’n kunlik
d) O‘nta hikoyachi
13. “Gargantyua va Pantagryuel” asarining muallifini belgilang.
a) Jovanni Bokachcho
b) Servantes
c) Lafonten
d) Fransua Rable
13. “Uyg’onish” so’zining dastlabki ma’nosi qanday talqin etilgan?
a) “Qadimgi madaniyat”
b) “Madaniyatni tiklash”
c) “Qadimgi madaniyatni tiklash”
d) taraqqiyot yo’li
14.Ma’rifatparvarlar ilgari surgan konsepsiya nomini belgilang.
a)Xalqni ma’rifatli qilish
b)Feaodalizmga qarshi kurash
c)Tabiiy inson haqida
d)Ma’rifatli hukmdor
15. Ma’rifatparvarlik adabiyoti yozuvchilarini ko‘rsating
a)Volter, Monteysko, Gyote, Svift
b)Malerb, Bualo, Per Kornel, Molyer
c)Petrarka, Aligeri, Dante, Bokachcho
d)Gyugo, Andersen, Bayron, Valter Skott
16. Ilk ma’rifatchilik belgisini toping.
a)Ma’rifatchilik romanining paydo bo‘lishi
b)Ma’rifatchilik mafkurasida tushkunlik alomatlarining paydo bo‘lishi
c)Sentamentalizm, predromantizmning paydo bo‘lishi
d)Yangi dramatik janrlarning paydo bo‘lishi
17. Savdogar oilasida tug‘ilgan, otasi Puritan akademiyasiga o‘qishga bergan,
savdo ishiga qiziqib umrining oxirigacha yirik tijoratchi bo‘lib qolgan, jurnalist
bo‘lgan, ko‘pgina maqola va pamfletlarida feudal-aristokratlar bilan cherkov
reaksiyasini fosh qilgan yozuvchi nomini belgilang
a)Jonatan Svift
b)Daniel Defo
c)Mari Volter
d)Bomarshe
18. “Gulliverning sayohatlari” romanidagi ulkan odamlar mamlakati nomini
toping.
a)Brobdingnegga
b)Guinginiyaga
c)Angliyaga
d)Liliputiyaga
19. “Gulliverning sayohatlari” romani necha qismdan iborat?
a)1
b)2
c)3
d)4
20. Ijodi ko‘p qirrali bo‘lgan, 52 pyesa, 24 tragediya muallifini belgilang
a)Rasin
b)Kornel
c)Volter
d)Shekspir
21. A. Navoiy «Xamsa»sining mavjud «Xamsa»lardan asosiy farqi
nimada edi?
A) Badiiy jihatdan go‘zal edi.
B) Hajm jihatdan katta edi.
C) «Xamsa» yozish an’analariga to‘liq mos kelar edi.
D) Turkiy tilda yozilgan edi.
22. Navoiy turkiy tilda «Xamsa» yozishning sababini qaysi asarida
izohlab o‘tadi?
A) «Hayrat ul-abror» dostoni boshlanmasida
B) «Farhod va Shirin» dostoni xotimasida
C) «Layli va Majnun» dostoni xotimasida
D) «Sab’ai sayyor» dostoni boshlanmasida
23. Navoiy qaysi dostonda voqeani hikoya qilish asosida emas, balki
muallif fikr-mulohazalarining bayoni tarzida yoritadi?
A) «Layli va Majnun» B) «Farhod va Shirin»
C) «Sab’ai sayyor» D) «Hayrat ul-abror»
24. Quyidagi qaysi she’r Ogahiy qalamiga mansub?
A)“Surmadin ko‘zlar qaro” g‘azali
B)“Ajab ermas” muxammasi
C)“Manam sho‘rida bulbul” muxammasi
D)“Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam
emas” tarji’bandi
25.Qaysi javobda “Qutadg‘u bilig” asari haqida
to‘g‘ri ma’lumot berilgan?
A)Ushbu asar nasriy didaktikaning noyob
namunasi sanaladi.
B)Ushbu asar ramali musaddasi mahzuf
vaznida yozilgan.
C)Ushbu asar doston janriga mansub bo‘lib, u
masnaviy yo‘lida yozilgan.
D)Ushbu asar Nosiruddun To‘qbug‘aning
iltimosiga binoan yozilgan.
26.O‘z asarlaridan birida Alisher Navoiyni
"Manzuri shohanshohi Xuroson" deb
ulug‘lagan shoir kim edi?
A) Lutfiy
B) Fuzuliy
C) Bobur
D) Jomiy
27.Qaysi ma’lumot Abdurauf Fitrat haqida emas?
A) Ijodkor Toshkentda «Chig‘atoy gurungi» deb nomlangan ilmiy-ma’rifiy jamiyatni tashkil etgan.
B) Ijodkor hozirgi Sankt-Peterburg universitetining Sharq fakultetida ma’ruzalar o‘qigan, professorlik unvoniga ega bo‘lgan.
C) Zamondoshlarining eslashlaricha, ijodkor qo‘shiqni o‘rniga qo‘yib kuylagan, ko‘plab milliy va Ovro‘pa musiqa asboblarini mahorat bilan chala olgan, o‘zi yozgan qator pyesalarga rejissorlik qilgan, ularda asosiy rollarni o‘ynagan.
D) Ijodkor ko‘hna ilm-fan markazlaridan bo‘lmish Buxoro shahrida tavallud topgan. Uning otasi zamonasining o‘ziga to‘q, o‘qimishli, dunyo ko‘rgan kishilaridan edi.
28.Qaysi javobdagi ma’lumot Abdulla Avloniy haqida?
A) U o‘nlab mumtoz shoirlarimizning ijodiy merosini izlab topish, tadqiq etish va nashr qilishda alohida jonkuyarlik ko‘rsatdi. U «Aruz haqida» kitobini ham e’lon qildi.
B) 0 ‘spirin yoshidayoq yozgan «Adabiyot nadur?» maqolasida millat hayoti, vatan ravnaqidagi adabiyotning o‘rni haqida o‘ta jiddiy o‘ylaydigan bilimdon ekanligini namoyon etadi.
C) Toshkentda «Chig‘atoy gurungi» deb nomlangan ilmiy-ma’rifiy jamiyatni tashkil etadi.
D) U biroz muddat gazetchilik bilan shug‘ullandi. «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarida ishladi, ular yopilgach, «Shuhrat» gazetasini chiqarishda boshqosh bo‘ldi.
29. 0 ‘zimizdan chiqqan sotqinlar - yurtfurushlar dadil fosh qilingan «Mirrix yulduziga» she’ri muallifini aniqlang.
A) Abdulla Avloniy
B) Cho‘lpon
C) Usmon Nosir
D) Fitrat
30. Hajringda, ey pariro‘, ko‘zumdin qochdi uyqu,
Har kecha tongga degru, ishimdur oh-u nola.
Qaysi shoir o‘zining "Xating aro uzoring sabza ichinda lola" deb boshlanuvchi g‘azalining ushbu baytida asosiy qofiyadan tashqari uch o‘rinda ichki qofiyadan ham foydalangan holda misralar jarangdorligi, ohangdorligini yanada oshirgan?
A)Zahiriddin Muhammad Bobur
B)Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat
C)Alisher Navoiy
D)Boborahim Mashrab
Do'stlaringiz bilan baham: |