6 – mavzu: MARKAZIY OSIYODAGI VAQF XO’JALIGI
Nazorat topshiriqlar:
Vaqf instituti xayriya faoliyatining amaldagi institutlaridan biri sifatida.
Vaqf islomning bosh manbalarida.
Vaqf MOda ta’lim muassasalarining asosiy moliyaviy tayanchi sifatida.
Movarounnahrlik voqiflarining musulmon o’lkalaridagi faoliyati
Nazorat topshiriqlari javoblari:
1.Vaqf instituti xayriya faoliyatining amaldagi institutlaridan biri sifatida.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida va masjid bino qilishga amr qilganlarida: «Ey Bani Najjor! Men bilan mana bu bog‘ingizni baholashinglar», dedilar. «Yo‘q! Allohga qasamki, uning bahosini faqat Allohdan so‘raymiz», deyishdi. Bas, u Zot uni olib, masjid qurdilar». Bu rivoyatda Bani Najjor qabilasi o‘zlariga mulk bo‘lgan bog‘ yerini masjid qurish uchun vaqf qilganlari haqida so‘z bormoqda. Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida u yerda Ruma qudug‘idan boshqa shirin suvli quduq yo‘q edi. Kim quduqni sotib olib o‘z chelagini musulmonlar chelagi bilan birga qilsa, unga jannatda yaxshiroq quduq berilur, dedilar. Shunda men uni o‘zimning asl molimdan yigirma besh yoki o‘ttiz besh ming dirhamga sotib oldim». Hazrati Usmon roziyallohu anhu uni quduq qilib kovlatdilar, qurilish qildilar va musulmonlar uchun atab, vaqf qildilar. Hozirgi musulmonlar ham bu ishlardan o‘rnak olishlari kerak. Chunki vaqf sadaqai joriya bo‘ladi, undan doimiy ravishda savob yetib turadi.
O‘zbekistonda «Vaqf» xayriya jamoat fondi
2018 yil 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Ushbu farmonda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi tashkil etilganligi to‘g‘risidagi ma'lumot berildi.«Vaqf» xayriya jamoat fondining asosiy vazifalari sifatida masjidlar va diniy ta'lim muassasalarining binolarini qurish, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, me'moriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, ta'mirlash, obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish, diniy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-ma'rifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga ko‘maklashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash keltirib o‘tilgan.
«Vaqf» xayriya jamoat fondiga fuqarolardan zakot, fitr va boshqa xayriya mablag‘lari Fondning alohida hisob raqamida to‘planadi.
Fondning mablag‘lari 3 qismga bo‘linadi:
1. Xayriya bo‘limi
2. Vaqf bo‘limi
3. Zakot, ushr, fitr va fidya bo‘limi.
Hozirgi kunda 3ta bo‘limning ham banklarda alohida hisob raqamlari mavjud. Masalan, bir kishi zakot uchun fondga mablag‘ o‘tkazsa, ushbu mablag‘ zakot bo‘limiga tushadi va shariatda aytilgan o‘rinlarga sarf qilinadi. Umumiy qilib aytganda fond faqatgina vaqf mulkidan iborat emas.
Hozirgi vaqtda fond xayriya mablag‘larni odamlar qiyinchiliksiz o‘tkazishlari uchun elektron to‘lov tizimlariga ulangan. Jumladan, Click, Payme tizimlari orqali «Vaqf» fondiga pul o‘tkazish mumkin. Bundan tashqari O‘zbekistondagi barcha bank infokioskalar orqali fondga xayriya qilish imkoniyati bor. Ulardan fondning istalgan bo‘limiga naqd yoki plastik karta orqali pul o‘tkazish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |