1984 Qisqacha Biografiyasi Motihari (Hindiston)da, britaniyalik savdo agenti oilasida tavallud topgan. Orwell avliyo Kiprian maktabida tahsil olgan, 1917-yili shunday nomli stipendiyaga sazovor boʻladi va 1921-yilgacha Iton kollejida oʻqiydi. "Mollar hovlisi" (1945) satirasida qoʻzgʻoloniy prinsiplar va dasturlarning qayta tugʻilishini koʻrsatgan: "Mollar hovlisi" - Rossiyadagi 1917-yil qoʻzgʻolonining yilnomasidir. 1935-yildan "George Orwell" taxallusi ostida ijod qiladi.George Orwell tuberkulyoz tufayli Londonda vafot etgan.
Asar metodi - realizm
Asar janri - roman
Asar nomi- 1984
Asarning tematik tasnifi- antiutopik
Asar mavzusi - «1984» asarida o‘tgan asrning 80-yillarida Ummoniya (Angliya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, Okeaniya, Janubiy Afrikaning umumiy nomi) mamlakatida hukm surgan siyosiy tuzum haqida so‘z boradi. Nom ham aynan voqealar sodir bo‘lgan yildan kelib chiqib tanlangandek. Kitobda tasvirlangan holatlar tarixiy dalillar bilan solishtirib ko‘rilganda esa real makon Sobiq sovet ittifoqi bo‘lgani, ingliz sotsializmi tushunchasi ostida kommunizm nazarda tutilgani, «1984» esa totalitar tuzum avj olgan palla — 1948 yil ekani (shunchaki raqamlarning o‘rni almashtirilgan) haqida o‘quvchida ehtimol paydo bo‘ladi.
Asarning asosiy gʻoyasi - Jorj Oruell o‘z asari orqali, balki o‘tmishni tasvirlagan, balki kelajakni bashorat qilgandir. Kimdir nafrat daqiqasida nafratlanayotgan yoki nafratlanishga majburlangan bo‘lishi, ikki karra ikki besh deyishni istamagani uchun birov tirik murdaga aylantirilishi, ongsizlik holatidagi Parson esa bizga zamondosh bo‘lishi mumkin.
Asarning sarlavhasi - Dastavval Oruel asarni "Yevropadagi so'nggi odam" deb nomlagan. Ammo noshir Frederik Varburg adibni, kitobxonlarning qiziqishini oshirish uchun, kitob nomini o'zgartirishga ko'ndiradi. Ammo nega "1984" nomi tanlanganligi hali hamon noma'lumligicha qolmoqda. Keng tarqalgan taxminlarga ko'ra, shunchaki asar yozilayotgan payt - 1948-yildagi oxirgi ikki raqamni, shunchaki teskari qilib qo'yilgan.
Asarning lingvistik tahlili - Farvaz - farovonlik vazirligi
- Muhvaz - muhabbat vazirligi
- Haqvaz - haqiqat vazirligi
- Tinchvaz - tinchlik vazirligi
- Ingsots - ingliz sotsializmi
- Fikr politsiyasi - fikriy jinoyat qilganlarni qamoqqa oladigan politsiya
Asardagi tugun Partiyaning g‘oyalari matematik aksiomaga o‘xshaydi, uni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilishga majbursan, nega va qanday qilib degan «o‘rinsiz» savollarga isbot talab qilinmaydi. Partiyaga shaxs emas, individ, ongsiz individ kerak. Asardagi yechim - Robotlashayozgan Ingsots jamiyatida yashayotgan, xotirasi, ongi, hissiyotlarini saqlab qolishga intilgan bosh qahramonni yozuvchi faqat tashqi ko‘rinishi odamsimon bo‘lgan maxluq emas, chin ma'nodagi Inson sifatida ko‘rsatishni istaydi. Kuchli ehtimol bilan aytish mumkinki, roman bu nomda ham hozirgidan kam shuhrat qozonmagan bo‘lardi.
Asardagi falsafiy mushohadalar - O'tmishni kim boshqarsa u kelajakni boshqaradi, kim bugunni boshqarsa - u o'tmishni boshqaradi.
- Aksariyat odamlar zaif va qo'rqoq, ozodlik tayyor emaslar, ular haqiqatdan qo'rqishadi. Demak, biror bir kuchli odam ularni kuchli boshqarishi va aldashi kerak
- Urush - bu tinchlik, ozodlik - bu qullik, bilimsizlik esa qudrat.
- Kuch - bu vosita emas, u maqsad. Diktatura inqilobdan saqlab turish uchun o'rnatilmaydi, diktatura o'rnatish uchun inqilob qilinadi.
Asardan olingan taassurotlar - Asarning bosh mavzusi erksizlik. Xattoki, fikran ham erkin bo'la olmaslik qahramonlarni azobga soladi. Ularning fikricha erkinlik faqat prollardagina (Okeaniya aholisining quyi, kambag'al qatlami) mavjud bo'lgan tushuncha...
Do'stlaringiz bilan baham: |