O'ZBEK VA RUS XALQ ERTAKLARI
Chirchiq – 2021
Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti
“ Boshlang‘ich ta’lim “ fakulteti
BOT 20/2 guruh
Tuzuvchi : Dehqonova Feruzaxon
G‘oya muallifi : “ Boshlang‘ich ta’lim” bo‘limi
Gulyamova X.
Korney Ivanovich Chukovskiy
(1882 – 1969)
Hozirgi zamon rus bolalar adabiyotining ulkan daholaridan biri Korney Ivanovich Chukovskiy yirik yozuvchi, shoir, ta’niqli olim, mohir tarjimon sifatida tanilgan so‘z ustasi edi. U o‘z asarlarida bolalarga xos ajoyib xislatlarni – rahmdillik va insoniylik, do‘stlik va birodarlik, yovuzlikka nisbatan shafqatsizlik, Vatanparvarlik kabi fazilatlarni targ‘ib etadi. K. Chukovskiy bolalar uchun asarlar yaratish, ijod qilishni o‘zi uchun kata baxt deb biladi.
Kichkintoylar va ularning adabiyotini umr bo‘yi ardoqlagan Korney Chukovskiy 1882 – yilda Peterburg shahrida dunyoga keldi. Tez orada Chukovskiylar oilasi Odessaga ko‘chadi. Bu yerda ona ming mashaqqat bilan o‘g‘lini gimnaziyaga joylaydi. Bu baxt uzoqqa cho‘zilmaydi. “Oshxona xizmatchisining o‘g‘li” bo‘lganligi uchun K. Chukovskiy gimnaziyadan haydaladi…
Do'stlaringiz bilan baham: |