Tadqiqot usullari
Tadqiqotning turi aniqlab olingach (miqdoriy yoki sifatli, yoki ularning
o’zaro muvofiq kelishi; deskriptiv, tushuntiruvchi, eksplorativ yoki evalyuator yoki
ularning o’zaro muvofiq kelishi), ma’lumotlar to’plash va ularni qayta ishlash
usullarini tanlash masalasi yuzaga keladi.
S.V. Teterskiy ijtimoiy ishdagi quyidagi ilmiy-tadqiqotchilik usullarini
ajratib ko’rsatadi: [4, s.86-87]
1.
Umummantiqiy
usullar:
analiz,
sintez,
umumlashtirish,
qiyoslash,
modellashtirish, loyihalashtirish.
2.
Umumilmiy
usullar:
adabiy
manbalarning
tahlili;
ijtimoiy-pedagogik
tadqiqotlarning nazariy tahlili va sintezi; kuzatish (tabiiy sharoitlarda,
murakkab vaziyatlarni modellashtirishda, test, hamkorlikdagi tadbirlar va
sh.k. jarayonlarda); tajribani o’rganish va umumlashtirish; eksperiment; ekspert
baholash usuli.
3.
tarixiy usullar: qiyosiy-tarixiy usul (tarixiy jarayonlarning qonuniyatlari va
takrorlanuvchanligini aniqlash uchun), genetik usul (o’rganiluvchi hodisaning
kelib chiqishi, sabablari hamda bosqichlarini aniqlash), strukturali usul (alohida
elementlarning butun bir tizim bilan o’zaro aloqasini belgilash) va boshqalar.
4.
Sotsiologik usullar: anketa va intervyu; sotsiometriya; monitoring (ijtimoiy
vaziyatlarni ularning aniq bir istiqbolda o’zgarishini tahmin qilgan holda
o’zgarib borishining muntazam ravishda tadqiq etilishi).
5.
Psixologik usullar: blankali va maxsus apparat qurilmalari vositasidagi
testlarning qo’llanilishi (individual yoki guruhli).
6.
Matematik statistika usullari.
Tadqiqot usullari orasida tashkillashtiriluvchi usullar guruhi alohida o’rin
egallaydi. Bunga quyidagilar kiradi:
yoshi, faoliyati va shu kabi ko’rsatkichlar bo’yicha turli xil guruhlarni
solishtiruvchi qiyosiy usul;
longityud – faqatgina belgilangan aniq insonlarning uzoq vaqt mobaynida bir
necha marotaba tadqiqi etilishi;
kompleks – bitta ob’ektning turli fan soxasi vakillari tomonidan tadqiq etilishi.
Ma’lumot to’plovchi usullar orasida kuzatish, eksperiment, anketa va
so’rovnoma o’tkazish (strukturalashtirilgan yoki yarimstrukturalashtirilgan anketa
yoki so’rovnomalar yordamida); intervyu; psixodiagnostik usul (psixodiagnostik
so’rovnomalar yordamida); hujjatlar, faoliyat mahsullari yoki istalgan boshqa
matnli ma’lumotlarning tahlili (kontent-analiz); fokus-guruhlar, keys-stadi.
Ularning ba’zilariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Kuzatish
– ijtimoiy ishda ma’lumot to’plashning eng keng tarqalgan
usullaridan biri. Kuzatish deganda maqsadga qaratilgan, tashkillashtirilgan va
tadqiq etilayotgan ob’ektga nisbatan e’tiborning ma’lum tarzda yo’naltirilishi
tushuniladi. Kuzatish mobaynida olingan natijalar ob’ekt xklqining tavsifi deb
ataladi.
Kuzatish bevosita yoki ma’lumotlarni qayd etishning texnik vositalari hamda
usullaridan (foto-, audio- va videoapparatura, kuzatish kartalari va h.z.)
foydalanilgan holda amalga oshirilishi mumkin. Biroq kuzatish yordamida
faqatgina kundalik hayotda, tabiiy sharoitda bo’lib o’tadigan voqea-hodisalarnigina
aniqlash mumkin. ob’ektning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash uchun esa
odatdagi sharoitlardan farq qiluvchi maxsus sharoitlarning yaratilishi zarurdir.
Kuzatish usulining asosiy xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
kuzatuvchi va kuzatiluvchi ob’ekt o’rtasidagi bevosita aloqa;
kuzatishning maqsadga qaratilganligi;
qayta kuzatishning murakkabligi (ba’zan esa buning iloji bo’lmaydi) [5].
Kuzatish ochiq yoki yopiq tarzda, tabiiy, laborator yoki klinik sharoitlarda
amalga oshirilishi mumkin.
Anketa o’tkazish
– maxsus tayyorlangan hamda tadqiqotda belgilangan
asosiy vazifalarga javob beruvchi savollar asosida ma’lumotlar to’plashning
empirik usuli. Anketa o’tkazish – maxsus ishlab chiqilgan va anketa deb ataluvchi
savolnomalar yordamida materiallarni ommaviy tarzda yiғish usuli. Anketa
savollar bilan murojaat etilayotgan insonning mazkur savollarga ro’yirost javob
berishini tahmin qilinishiga asoslanadi. Biroq, bu usulning samaradorligi har doim
ham yuqori bo’lavermaydi va olingan natijalarning ishonchliligi tadqiqotchida
shubha uyғotishi mumkin.
Anketa ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:
savollar mazmuni;
savollarning turi – ochiq yoki yopiq;
savollarning tuzilishi (aniqlik, tushunarlilik va sh.k.);
miqdori va savollar mazmunining tartibliligi.
Anketa oғzaki, yozma, individual, guruhiy tarzda, lekin eng asosiysi ikkita
talabga javob beradigan tarzda o’tkazilishi mumkin: tanlanmaning reprezentativligi
va bir xilliligi. Anketa natijasida olingan ma’lumotlar miqdoriy va sifat jihatidan
qayta ishlanadi [5].
Ijtimoiy ishdagi
intervyu
ijtimoiy ish bo’yicha luғat mualliflarining fikricha,
bu – “ijtimoiy himoya tizimi xodimi bilan xizmatlardan foydalanuvchi o’rtasidagi
muloqotdir» [2, c. 96]. Ba’zi vaziyatlarda intervyu telefon yoki videoaloqa
vositasida olib borilishi mumkin. Tadqiqotchi uning uchun zarur ma’lumotni olishi
uchun tadqiqotchi yoki intervyuerda tinglash va muloqotga kirishish ko’nikmalari
yaxshi rivojlangan bo’lishi kerak. Intervyuda ochiq savollarning qo’llanilishi
maqsadga muvofiqdir. odatda, intervyu o’z dasturiga yoki intervyu mobaynida
to’xtab o’tiladigan mavzularga ajratilgan gaydga hamda berilishi mumkin bo’lgan
tahminiy savollardan iborat bo’ladi.
Kontent-analiz
(
angl. content analysis; content so’zidan olingan – mazmun
ma’nosini bildiradi
) – xujjatlarda aks etgan turli xil fakt va o’zgarishlarni aniqlash
hamda o’lchash maqsadida ushbu xujjatlarni sifat-miqdoriy jihatdan tahlil etish
usulidir. Kontent-analizning o’ziga xosligi xujjatlarning ijtimoiy manmunda
o’rganilishida aks etadi. Undan tadqiqotning asosiy usuli sifatida (masalan,
gazetaning siyosiy yo’nalganligini tadqiq etishda matnning kontent-analizi),
parallel, ya’ni boshqa usullar bilan birgalikda (masalan, ommaviy axborot
vositalarining samaradorligini tadqiq etish), yordamchi yoki nazorat qiluvchi
(masalan, anketalardagi ochiq savollarga berilgan javoblarni toifalarga ajratishda)
usul sifatida foydalanish mumkin.
Mazkur qisqa ma’lumotda shunga alohida ta’kidlash joizki, uzoq muddatli
istiqbolda ijtimoiy ishdagi tadqiqotlar hamda jamiyatning ijtimoiy muammolarini
hal qilishning usullarini aniqlash, samarali klinik amaliyotga erishish hamda
refleksiv amaliyot sohasida ijtimoiy ishchining kasbiy salohiyatini oshirilishiga
yo’naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |