MAVZU IJTIMOIY ISHDA TADQIQOT: TUSHUNCHA, TADQIQOT
TURLARI VA USULLARI
Reja:
1.
Ijtimoiy ishda tadqiqotlarning olib borilishi
2. Ijtimoiy tadqiqot – bu ijtimoiy muammolar
3. Tadqiqotlar bilan boғliq asosiy tushunchalar
Mazkur axborot beruvchi matnda ijtimoiy ishdagi taqiqotning mohiyati
ochib beriladi hamda uning turlari va xususiyatlari borasida qisqacha fikr
yuritiladi, asosiy tadqiqot usullari sanab keltiriladi.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqot tushunchasi
Ijtimoiy tadqiqotlar turli xil ijtimoiy muammolarning odatiy, kundalik
hayotimizdagi talqini bilan boғliq ehtimoliy xatoliklarni kamaytirishga
yo’naltirilgan. Engel va Schutt o’z kitobida keltirgan quyidagi misolni ko’rib
chiqamiz:
2 ta mushugi bor ayol ular bilan birgalikda shahardagi uyidan qishloq joyda
joylashgan uyga ko’chib o’tadi. Shaharda u o’z mushuklarini ko’chaga
chiqarishga qo’rqar edi, o’zi ham mushuklar uchun bunday qat’iy cheklovlar
qo’yayotgani uchun o’zini ayblar edi. Qishloqdagi uyida ayol uy eshiklarini katta
qilib ochib qo’ysada, mushuklar eshik oldiga kelib, biroz qarab turadilarda va
yana uy ichkarisiga kirib ketadilar. Mazkur misol qahramoni bulgan ayol bundan
shunday xulosaga keladi: insonlar o’z mushuklarini uy ichida qamab ushlab
turganlari uchun o’zlarini ayblamasliklari zarur, chunki mushuklarda ko’chaga
chiqish imkoniyati bo’lganida ham ularning o’zlari ko’chada sayr qilishni
istashmaydi.
[1]
Ayol bu vaziyatdan chiqargan xulosasida qanday xatoliklarga yo’l qo’ygan?
Birinchi xato
– xolatning haddan ziyod umumlashtirib yuborilganida. Bizning
vaziyatda – xulosa barcha mushuklar uchun chiqarilmoqda, aslida ayolning
tajribasi faqatgina 2 ta mushuk bilan boғliq edi.
Ikkinchi xato
– tanlanma kuzatuv
yoki noto’ғri kuzatuv – (mushuklarni kuzatish bo’yicha faqatgina bittagina vaziyat
bo’lgan).
Uchinchi xato
– vaziyatning mantiqqa ega bo’lmagan tarzda
tushuntirilishi (bizning qahramonning fikricha barcha insonlar shu kabi
vaziyatlarda o’zlarini aybdor his qiladilar).
To’rtinchi xato
– o’zgarishlarga qarshi
chiqish (ayol tezgina uning o’z mushuklariga nisbatan munosabatini
o’zgartirmasligi lozimligi haqida xulosa chiqarayapti).
Albatta, mazkur xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun olim bo’lish shart emas.
Mazkur xatoliklarni inobatga olish har qanday insonga ijtimoiy vaziyatlarga
nisbatan kengroq munosabatda bo’lishimiz, o’zga insonlarni nostereotip tarzda
idrok etish, shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarmaslik uchun imkon beradi.
Ijtimoiy ishda tadqiqotlarning olib borilishi insonlarga ijtimoiy yordam
ko’rsatilishini, ko’mak va ijtimoiy xizmatlarni boshqarishni tashkillashtirishda, bu
kabi xatoliklarga yo’l qo’yilishi ehtimolining kamayishiga imkoniyat beradi.
Ijtimoiy tadqiqot – bu ijtimoiy muammolar, ixtimoiy xulq-atvor yoki
hayotimizning istalgan biron-bir sohasini mantiqiy va muttasil tarzda o’rganishga
qaratilgan faoliyat bo’lib, asosan mazkur hodisalarni tushuntiruvchi nazariyalarni
tekshirish maqsadida amalga oliriladi. Ijtimoiy tadqiqotlarda qo’llaniladigan
mantiqiy asoslangan va bir tizimga solishga yordam beruvchi usullarga
quyidagilarni keltirib o’tish mumkin:
olingan ma’lumotlarni haddan ziyod umumlashtirilishi ehtimolini o’rganish
uchun tanlangan insonlar yoki guruhni tanlashda sistematik va izchil ravishda
yondoshish asosida kamaytirish. Bu inson yoki guruhlar o’rganilishi
rejalashtirilgan aholining bir qismi sifatida ishtirok etadilar, ya’ni reprezentativ
tanlanma bo’lib hisoblanadilar. Masalan, agarda biz uydagi ish bilan
shuғullanayotgan ayollarning miqdorini o’rganishni istasak, u taqdirda tadqiqot
ishtirokchisi sifatida nafaqat uy bekalaridan yoki turmushga chiqmagan
ayollardan, balki boshqa guruh ayollarni ham jalb etish mumkin bo’ladi;
o’rganilayotgan muammoning noto’ғri, noaniq yoki tanlanma yondoshuv
asosida kuzatilishi xavfini kamaytirish. Masalan, bolaning maktabdagi xulqini
bir soatlik dars davomidagina kuzatib, boshka bolalarga nisbatan agressiv xulk
bilan munosabatda bo’lmoqda, deb xulosa chiqarishimiz xato bo’lar edi.
Buning uchun bolani turli xil vaziyatlarda kuzatishimiz zarur bo’ladi;
mantiqqa ega bo’lmagan tushuntirishlardan qochish. Buning uchun ijtimoiy
ishdagi tadqiqotchilar vaziyatga ta’rif berish uchun aniq va tushunarli
mezonlarni ishlab chiqqanlar, masalan, insnonning aniq bir ijtimoiy himoyaga
muhtoj guruhiga mansubliligi. Yoki yana boshqa misol, aniq va tushunarli
mezonlar u yoki bu turdagi ijtimoiy yordamni ko’rsatish yoki moddiy
imtiyozlarni rasmiylashtirish uchun zarur;
bizning tadqiqotchi sifatidagi ijtimoiy olam haqidagi shaxsiy fikr va
munosabatlarimiz, an’analarga rioya qilish bilan boғliq bo’lgan savollarga
javob bildirish imkoniyatini kengaytiradi. Masalan, agarda biz barcha kambaғal
insonlar dangasa, deb fikr bildiradigan bo’lsak, u holda keyingi xolatlarda ham
shu munosabatni tasdiqlash imkonini beruvchi boshqa ma’lumotlarni qidirishga
harakat qilamiz.
Kasbiy salohiyatga ega bo’lgan ijtimoiy ishchilarga tadqiqotlar nima uchun
kerak? Ijtimoiy ishda tadqiqotlarni amalga oshirish yo’li bilan biz ijtimoiy
olamning mavjudligi hamda faoliyat yuritishi bilan boғliq turli sohalarni izlab
topish hamda ochib berish, shuningdek turli ijtimoiy muammolarni keltirib
chiqaruvchi sabablar hamda ularni hal etish usullarini aniqlash, qiyin hayotiy
vaziyatlarda inson xulqining xususiyatlarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Tadqiqotlar davlat darajasidagi ijtimoiy dasturlarning haqiqatda mavjud bo’lgan
ijtimoiy muammolarga qanchalik muvofiqligini baholashga yordam beradi.
Masalan, ko’pincha davlat ijtimoiy dasturlari jamiyatda mavjud ijtimoiy
muammolarning asosiy sabablarini tahmin qilish asosida yaratiladi. Agarda bizda
bolalarga nisbatan shaqqatsiz munosabat faqatgina jamiyatdagi an’anaviylik bilan
boғliq degan qat’iy ishonch bilan shartli fikr bildiradigan bo’lsak, u taqdirda
dasturning mohiyati ham aynan jamiyatdagi bolalarga nisbatan munosabatning
o’zgartirilishiga qaratilishi mumkin. U holda bu dastur mazkur muammoni hal
etish bo’yicha tadbirlarida ichkilikbozlik hamda bolalarga nisbatan shafqatsiz
munosabatni yuzaga keltiruvchi sabab sifatida ruhiy buzilishlar kabi muammolarni
xal etilishini tushurib qoldirishi mumkin.
Ijtimoiy
ishdagi
tadqiqotlar
ko’pgina
muammolarga
nisbatan
munosabatimizni o’zgartirishga, stereotiplarning mohiyati va ahamiyatini
tushunishimizga yordam beradi. Masalan, ko’pgina uysiz insonlar – bu
ichkilikbozlikka mukkasidan ketgan aynan erkaklar yoki narkotik vositalarga
ro’’ju qo’yganlar, degan yanglish fikrga ega bo’lish mumkin. Biroq zamonaviy
tadqiqotlar, uysiz qolgan insonlar orasida farzandlari bor ayollarning va oITS
tashxisi qo’yilgan insonlarning ko’payib borayotganini tasdiqlamoqda. Bitta
muammoning turli sohalarini tushunish tegishli xizmatlarning yaratilishi va
ijtimoiy ko’mak zarur bo’lgan u yoki bu guruh insonlarining ehtiyojlariga muvofiq
keladigan yordamning ko’rsatilishiga to’ғri yondoshish imkoniyatini beradi.
Klinik amaliyotda baholash jarayonini o’tkazish yoki boshqacha so’zlar
bilan aytganda ijtimoiy ishda samarali amaliyotni amalga oshirishda
tadqiqotlarning roli kattadir.
Umumiy qilib aytganda, tadqiqotlar ijtimoiy ishda quyidagilarga erishishga
yordam beradi:
refleksiv amaliyotni amalga oshirish va o’z shaxsiy faoliyatini baholash;
taklif qilinayotgan xizmatlar hamda ularning sifatini baholash va ekspertiza
qilish;
o’z shaxsiy ustanovkalari va kasbdoshlarining shaxsiy ustanovkalarini
tanqidiy baholash;
ijtimoiy notenglik va adolatsizlikni, mavjud ijtimoiy muammolarni tahlil
qilish.
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy ish bugungi kunda ega bo’lgan bilimlarning
barchasi tadqiqotlarning asosida olingan. Bu ma’lumotlarga aholi soғliғi haqidagi
ma’lumotlar, ularning hayot tarzi va ishi sharoitlari kabilar kirishi mumkin. Buning
manbalari sifatida esa aholining turli yozishmalari, davlat hisobotlari va sotsiologik
so’rovnomalar xizmat qilishi mumkin [2].
Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlar kasbiy salohiyatni yuqori darajaga ko’tarishga
imkon beradi va ijtimoiy ishchi kasbining rivojlanishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |