Mavzu ijtimoiy ishda tizimlar nazariyasi


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana13.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#665031
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Vazirligi samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fak

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
 
1.
Engel, R., Schutt, R. The practice of research in social work. Sage Publications, 
Inc., 2005 
2.
Slovar po sotsialnoy rabote. Pierson J., Thomas M. tahriri ostida. Rus tiliga 
tarjima. Toshkent, 2006. B. 98 
3.
Surkova I.YU. Armiya kak ob’ekt sotsialnoy politiki v gendernom kontekste. 
Sotsiol.fan.nomz. dis.aftoref. Saratov, 2004. 
4.
Teterskiy S.V. Vvedenie v sotsialnuyu rabotu: Uchebnoe posobie. – 4-nashr. – 
M.: Akademicheskiy proekt, 2004.
5.
Aysmonstas 
B.B. 
Pedagogicheskaya 
psixologiya. 
Elektron 
darslik. 
http:G’G’www.ido.edu.ruG’psychologyG’pedagogical_psychologyG’2.html#2.
1
. Resursga murojaat etilgan sana: 15.10.2004. 


Tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish bo’yicha uslubiy 
tavsiyalar
Ganieva M.X., Karamyan M.X.
 
Kirish 
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari referativ, nazariy yoki empirik xususiyatga ega 
bo’lishi mumkin. Ilmiy-tadqiqotchilik ishining tipi tadqiqotda belgilangan ilmiy 
muammo, uning maqsadi, hamda tadqiqotchining (nazariyotchi, amaliyotchi) 
ma’lumoti darajasi yoki faoliyat yo’nalishiga boғliq bo’lishi mumkin.
Referativ tipdagi tadqiqotchilik ishi 
deganda ilmiy muammo bo’yicha 
adabiyotlarning tasniflangan tahlili tushuniladi. Masalan, uydagi zulm muammosi 
yoki alohida ehtiyojli bolalar ta’limini tashkillashtirish muammosi bo’yicha turli 
olimlarning fikrlarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilish.
Nazariy ilmiy-tadqiqotchilik ishi
o’z ichiga nafaqat ma’lum bir ilmiy-amaliy 
muammo bo’yicha adabiyotlar tahlilini balki, adabiy manbalarda qayd etilgan 
noyob tadqiqotlarning natijalarining muhokama qilinishini oladi. Masalan, turli 
davlatlarda oilaviy siyosat tahlili yoki ijtimoiy ish bilan psixologiya sohasi 
orasidagi o’xshashlik va farqliklarning tahlili.
Empirik ilmiy-tadqiqotchilik ishi 
belgilangan muammo bo’yicha adabiyotlar 
tahlili bilan o’z shaxsiy empirik tadqiqoti hamda uning natija va xulosalarining 
muhokamasini o’z ichiga oladi. Masalan, tadqiqot ota-onalarda bolalar bilan 
shafqatsiz munosabatning oldini olish borasida ota-onalik ko’nikmalarini 
rivojlantirish bo’yicha kurslarning roliga yoki ijtimoiy ishchilarning alohida 


ehtiyojli farzandi bor oilalar bilan muloqoti xususiyatlari yoki yolғiz insonlar bilan 
ishlaydigan ijtimoiy ishchilardagi kasbiy kuyish xususiyatlari muammosiga 
baғishlangan bo’lishi mumkin.
oo’YUda, qayta tayyorlash kurslari yoki malaka oshirish kurslarida ta’lim 
olish jarayonidagi ilmiy-tadqiqotchilik ishlari turlariga referat, kurs ishlari, bitiruv 
malakaviy ishlari (diplomlar), magistrlik dissertatsiyalari, tadqiqotchilik loyihalari 
kiradi.
Istalgan har qanday tadqiqotchilik loyihasiga umumiy talablar qo’yiladi – 
ilmiy etika, yangiligi, tadqiqotning dolzarbligi, tadqiqot uchun tanlangan 
usullarning muvofiqligi va olingan natijalarning to’ғri tahlil etilishi kabi talablar. 
Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqotchilik ishi ma’lum bir ma’lumotni olishda 
manffatdor bo’lgan o’z o’quvchilariga (masalan, olimlar, mutaxassislar) ega 
bo’lishini inobatga olgan holda imkon boricha tadqiqotchilik loyihasini yozish 
hamda rasmiylashtirish uchun belgilangan umumiy talablarga rioya qilish talab 
etiladi.
Tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish bo’yicha umumiy talablar
Tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish bo’yicha umumiy talablar 
o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1.
Adabiy tildan foydalanish, Bunda matnni izchillik bilan ehtimoliy grammatik
orfografik, stilistik xatolarni tekshirilishi hamda ularni o’z vaqtida bartaraf 
etilishi nazarda tutiladi.
2.
Ilmiy-tadqiqotchilik ishida ob’ektiv-xolis fikr bildirish usulining qo’llanilishi.
Bunda ommabop nashrlarda qo’llaniladigan jo’shqinlik kayfiyati va 
xissiyotlarga berilishdan xoli bo’lish zarur.
3.
Ma’lumotlarni taqdim etish uchun matnni yaxshi tushunishga yordam beruvchi
sxemalar, grafik, jadvallardan foydalanish. Agarda ma’lumotni yaxshiroq qabul 
qilishga yordam beruvchi mazkur vositalar ishda qo’llansa, ularni mazmun 


bayon etilayotgan joyda yoki agar ular katta xajmga ega bo’lsa, ularni 
ilovalarda joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
4.
Shartli belgi, ishora, sxemalar, grafik, jadvallar tagi (usti)dagi yozuvlarni 
batafsilroq yozish. Sxemalar, grafik, jadvallar sarlavhaga va ishning bobiga 
boғliq bo’lmagan tartib raqamiga ega bo’lishi kerak. Masalan, jadvalning tartib 
raqami va nomi jadvalning tepa qismida o’ng tomonida joylashtiriladi: 1-jadval. 
Nomi.
5.
Matndagi rasm, jadval, ishning bobi, betiga ishora qiluvchi ssilka (havola)lar 
qisqartirilgan holda yoziladi, masalan: 1-rasm, 1-jadval, 5-bet, 1-Bob, 1-Ilova.
6.
Snoskalar asosiy matndan qalin chiziq bilan ajratiladi, har bir betdan kelib 
chiqqan holda raqam qo’yiladi, bunda raqamlash har bir betda qayta 
belgilanadi. Agar bu gapning oxiri bo’lsa yoki snoska bevosita tegishli bo’lgan 
so’z oldida bo’lsa snoska belgisi tinish belgisi oldidan qo’yiladi (savol, undov 
va ko’p nuqtadan tashqari). 
7.
Ish muallifining ғoyasini tasdiqlash maqsadida sitata keltirish bo’yicha 
talablarga rioya qilish. 
Sitata 2 xil ko’rinishda keltirilishi mumkin: to’ғridan to’ғri (boshqa 
muallifning matni qo’shtirnoq ichida so’zma-so’z qaytariladi) va bilvosita (boshqa 
muallif fikri uning biron-bir asarining turli qismidan olingan va keltirilayotgan 
matnga yaqin ma’nodosh mazmun keltiriladi). “Sitata keltirilishida u ortiqcha ham, 
kam ham bo’lishi kerak emas, chunki unisi ham bunisi ham ilmiy ishning 
darajasini pasaytirib yuborishi mumkin: haddan ziyod ko’p sitata keltirilishi 
kishida bosho’alarning matnlaridan foydalanish matn hajmini kengaytirishga 
urinishdek taassurot qoldiradi. Foydalanilgan manbalardan olingan sitatalar 
keltirilishi yoki unga yo’naltirilgan ssilka (havola)ning zaruriyati paydo bo’lganda 
sitataning kam keltirilishi esa ishda keltirilayotgan fikrning ilmiy qimmatini 
pasaytiradi” (2, 10).
Ilmiy tadqiqotni amalga oshirish va ilmiy fikrni bildirish etikasi sitata 
keltirilishi bo’yicha talablarga qat’iy rioya qilinishini talab etadi. Bu esa mazkur 
muallifning boshqa mualliflarning ғoyasi, farazi, ijodiy faoliyati mahsullari 


bo’lgan 
natijalarni 
o’zlashtirmayotganligi 
hamda 
plagiat 
bilan 
shuғullanmayotganligiga ishora sifatida xizmat qiladi. Quyidagilar sitata keltirish 
talablariga kiradi:

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish