ularning farovonligi haqida qayғurishdan iborat”ligi alohida ta’kidlanadi
(Teterskiy, 2000, B. 23).
Ko’pincha tadqiqotlarda IIning maqsadiga alohida e’tibor beriladi. Bir
tomondan IIning maqsadi insonlarning farovonligi haqida qayғurishdan iborat
bo’lsa, boshqa tomondan – ularning imkoniyatlarini ochib berishdan iborat
(Teterskiy, 2000).
8.
Ijtimoiy ishning o’ziga xosligini inobatga olgan holda “eksperimental tadqiqot”
tushunchasini to’ғri qo’llash lozim. Agar ishda tadqiqot ishtirokchilariga ta’sir
ko’rsatish ehtimoli bor eksperiment o’tkazilmaydigan bo’lsa,
u taqdirda
“empirik tadqiqot” tushunchasining qo’llangani ma’qulroqdir.
9.
Tadqiqotchilik loyihasining rasmiylashtirilishi. Ishni rasmiylashtirish bo’yicha
talablar oo’YUning talabidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Asosiy
talablardan biri bu – matn oson o’qilishi kerak.
Matn qo’lyozma tarzida, mashinkada yoki kompyuter vositasi yordamida
yozilgan bo’lishi mumkin. Matn betlari A4 formatga mos bo’lishi kerak; matn bir
betda quyidagi xoshiyalar xajmiga muvofiq bo’lishi kerak – chap tomondan – 3
sm, o’ng tomondan – 1,5 sm, yuqorisi – 2 sm, quyidagisi – 2 sm.
odatda matn
Times New Roman shriftida 1,5-2 interval oraliғida 12 yoki 14 punkt xajmida
yoziladi.
Ish xajmi oo’YU talablariga muvofiq belgilanadi va u kurs ishi uchun 15-20
betdan, bitiruv malakaviy ish yoki magistrlik dissertatsiyasi uchun 50-60 betdan
iborat bo’lishi mumkin.
Ish strukturasi
Jahon amaliyotida ilmiy-tadqiqotchilik ishi natijalarini
taqdim etishning
yagona shakli mavjud: 1) tadqiqot muammosiga kirish (adabiyotlar tahlili,
muammo, ishning maqsad va vazifalarini belgilash, tadqiqot dasturi); 2) ish
natijalarining tavsifi va tahlili; 3) tadqiqot maqsadi
va vazifalariga muvofiq
ravishda ish natijalarining muhokamasi.
Tadqiqotchilik loyihasining asosiy tarkibiy elementlariga quyidagilar kiradi:
1.
Titul varaғi
2.
Mundarija
3.
Kirish
4.
Bob, paragraf va paragrafosti raqamlarga bo’linuvchi asosiy qism. U
adabiyotlar tahlili; muammo va tadqiqot dasturining belgilanishi, tadqiqot
natijalarining tavsifi, tahlili va interpretatsiyasini o’z ichiga oladi.
5.
Xulosalar
6.
YAkuniy xulosa
7.
Adabiyotlar ro’yxati
8.
Ilovalar (zarur bo’lsa)
Bundan tashqari ishga yordamchi element sifatida qisqartmalar ro’yxati, shartli
belgilar ro’yxati, jadval va rasmlarga ko’rsatma
va boshqalardan foydalanish
mumkin. Ular mualliflarning ishning tarkibiy tuzilmasiga nisbatan yondoshuvi va
uning mazmunini taqdim etish xususiyatlariga boғliq ravishda qo’llanilishi
mumkin.
Ularning xususiyatlarini alohida tarzda ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: