ahamiyati hamda “bu kimga kerak?” saovliga javob
topish bilan chambarchas
boғliq.
Tadqiqotning ilmiy muammosi
– o’zining xal etilishi va o’rganilishini talab
etuvchi nazariy yoki amaliy masala. Tadqiqot muammosi – bu tadqiqotchi
o’rganayotgan holat.
Tadqiqotchilar, odatda o’z oldilariga o’rganish uchun keng
muammolarni tadqiq etilishini maqsad qilib belgilaydilar. Ko’pincha o’rganilishi
uchun belgilangan masalalar tadqiqotni cheklash imkonini beradi. Agarda
tadqiqotda uysizlik muammosi belgilangan bo’lsa,
tadqiqotchilik masalalari
quyidagicha tarzda qo’yilishi mumkin: Qaysi demografik guruhlar uysiz bo’lib
hisoblanadilar? Insonlarning uysiz bo’lib qolishlariga olib keluvchi sabablar
nimalardan iborat?
Tadqiqot predmeti –
o’rganilayotgan muammo, tadqiqot ob’ektining alohida
tomonlari, o’ziga xos xususiyat va tavsifi. Masalan, tadqiqot predmeti bo’lib uysiz
odamlarning demografik va ijtimoiy-psixologik tavsifi xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqot maqsadi –
tadqiqotning kutilajak kelgusidagi xolati, ideal natija.
Masalan, “armiyadagi ijtimoiy himoya amaliyotini
sotsiologik tahlil asosida
genderga yo’naltirilgan ijtimoiy siyosat kontekstida ochib berish” [3].
Tadqiqot gipotezasi.
Gipotezani belgilash – tadqiqotning murakkab bosqichi.
U tadqiqotchilik masalalariga javob beruvchi tahminiy javobni o’zida aks ettiradi.
Ijtimoiy ishga oid tadqiqotlarda har doim ham faraz belgilash shart emas – odatda,
ijtimoiy siyosat yo’nalishlari yoki qonunlariga baғishlangan tadqiqotlarda uning
zaruriyati yo’q.
Tadqiqot vazifalari
tadqiqot muammosini ochib berish hamda tadqiqotchilik
masalalariga javob izlab topish imkonini beruvchi maqsad va harakatlarning
bosqichma-bosqich amalga oshirilishini nazarda tutadi.
Vazifalar
ilmiy ish va
tadqiqotning dasturini shakllantirishga yordam beradi.
Tadqiqot ishtirokchilari.
Ijtimoiy fanlarda bugungi kunlarga qadar “tadqiqot
ob’ekti” degan tushuncha keng foydalaniladigan tushunchalardan bo’lsada,
“tadqiqot ishtirokchilari” iborasi ham keng ravishda qo’llanilib kelinmoqda.
Tadqiqot “ishtirokchilari” degan tushunchaning qo’llanilishiga asosiy sabab
tadqiqot insonlarda emas,
balki insonlar ishtirokida, ya’ni ularning tadqiqot
jarayoniga butkul faol ishtirok etishlarini nazarda tutadi. Aynan shuning uchun
ham ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarda tadqiqot ishtirokchilari
bilan ularning
tadqiqotda
ishtirok
etishlariga
ongli
munosabat
va
roziliklarini
bildirayotganliklarini tasdiqlovchi kelishuv tuzib olish an’anaga aylangan.
Yozma rozilikka misol
Bizning tadqiqot insult kasalligini boshidan kechirgan insonlarning kundalik
hayotga moslashib ketishlarida tibbiy-ijtimoiy yordamning rolini o’rganishga
yo’naltirilgan. Sizlarni bizning tadqiqotda ishtirok etishingizni so’raymiz. Mazkur
ma’lumot Sizga ushbu tadqiqotda ishtirok etishga nisbatan roziligingiz yoki
qarshiligingiz borasida yagona qarorga kelganingiz haqidja ma’lumot olish uchun
taqdim etilmoqda.
Biroz kasallik, uning sabablari, ushbu kasallikda ijtimoiy yordamning
ahamiyati borasida fikr bildiring.
Sizning tadqiqotdagi ishtirokingiz ixtiyoriydir. Agarda Siz ishtirok etishdan
bosh tortsangiz yoki ishtirokingizni to’xtatishni istasangiz,
bu sizning davolanish
jarayoningizga aslo ta’sir ko’rsatmaydi. Tadqiqot natijalarining anonimligi va sir
saqlanilishi kafolatlanadi.
Tadqiqotdagi ishtirokingiz Sizning insonlar bilan o’zaro munosabatingiz va
kasallikka moslashishingiz xususiyatiga tegishli bir qancha savolnomalarni
to’ldirish va suhbatda ishtirok etishingiz bilan kechadi.
Umid qilamizki, Sizning ishtirokingiz Siz uchun foydali bo’lib, bizga insult
tabiatini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Tadqiqot
ishtirokchisi
imzosi________________
Sana_____________
Do'stlaringiz bilan baham: