Shayx Sa’diy Sheroziy o‘zining Bo‘ston” asarida asar xotimasi ta’rixini
shunday ochiq ifodalagan:
Zi shashsad fuzun bud panjohu panj,
Ki, berun shud in nom bar dori ganj.
Ya’ni olti yuzga ellik besh qo‘shilganda, bu nom ganj eshigidan chiqdi.
Demak, asar hijriy 655 yilda yakunlangan ekan.
Ma’naviy ta’rixda lafzning ma’nosi mavzuga mantiqan mos bo‘lishi
kerak. Ma’naviy ta’rixlar to‘rtga bo‘linadi:
1. To‘liq sonli (Komil al-a’dod)
2. Ortiq sonli (Zoid al-a’dod).
3. Kam sonli (Noqis al-a’dod).
4. Ortiq va kam sonli (Zoidu noqis al-a’dod).
Shuningdek, ta’rixlar sarih (aniq-ravshan) va ta’miya (mavhum,
tezda
tushunilmaydigan ) kabi ikki qismga bo‘linadi.
Sarih ta’rixlar harf-raqamlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish orqali hosil qilinadi.
Agar butun bir misra ta’rix moddasi bo‘lsa, u holda bunday ta’rix “tarixi tomm”,
ya’ni to‘la tarix deb ataladi. Sarih ta’rixlarga nuqtali harflarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qo‘shish orqali hosil qilinadigan ta’rixlar ham kiradi.
Ta’miya ta’rixlar muammo janrida ko‘roq uchraydi. Bunda ta’rix moddasi so‘z
yoki harflarni she’rdagi ishoraga muvofiq chiqarib tashlash (isqot), ko‘paytirish,
bo‘lish yoki qo‘shish orqali aniqlanadi.
“Jome’ at-tavorix”da Mir Husayn Muammoiyning Jome’ masjidi ta’miriga
bag‘ishlangan quyidagi ta’rixi keltirilgan:
Shud mukammal binoi in masjid,
Lan tara fi asasihi nuqso.
Kardam az dil savol ta’rixash,
Guft “sonii Masjid ul-Aqso”192.
(Masjid binosi yanada mukammal bo‘ldi.
Uning asosida hech qanday nuqson qolmadi).
Ko‘ngildan ta’rixini so‘rasam, dediki
“Ikkinchi Masjid ul-aqso”dir
112
.
Bizgacha etib kelgan ta’rixlarning ko‘pi Navoiy vafotiga bag‘ishlab
yozilgan
she’rlardir. Xondamir “Makorim ul-axloq” asarida Navoiy vafotida deyarli barcha
Hirot fozillari ta’rix bag‘ishlaganlarini aytadi. So‘z uzayib ketmasligi uchun misol
tariqasida to‘rt ta’rixni keltirib o‘tadi.
1. Faxriddin Muhammad Nizomiy:
On qutbi zamona chun biraft az olam
Ta’rix shud onki, “qutbi aqtob biraft”
(Ul zamona qutbi olamdan o‘tganda, uning ta’rixi “qutblarning qutbi ketdi” bo‘ldi)
112
Ниёз бин Сайид Али Бухорий. Жомеъ ут-таворих:Қўлёзма.Ўз ФА ШИ,инв.№ 2893, 55
а
-вар.
2. Kamoliddin Sulton Husayn :
On mag‘firatpanohki raft az fazoi xok
Fi ravzati muqaddasi toba holuhu,
Chun yoft in kamol zi xayrot dar hayot,
Tarixi favt gasht “xayrun kamoluhu”.
(Ul ma’rifatpanoh ruhi tuproqdan ko‘tarilgach,
muqaddas jannatda ahvoli
yaxshilandi. Hayotda kamolotni yaxshi ishlar orqali qo‘lga
kiritgani uchun vafoti
ta’rixi “Xayrun kamoluhu” bo‘ldi )
3. Mavlono Sohibdoro:
Afsus zi miri osmonqadr,
K-aftod niholi umrash az bex.
Dar motami o‘ chu diyda xun mirext
“Xunrezii dida” gasht ta’rix.
(Afsuski, osmonchalik qadrga ega Amirning umr niholi ildizidan qo‘parildi.
Uning motamida ko‘z qon to‘kkani uchun ta’rixi “Xunrezii diyda” bo‘ldi.)
4. Mavlono Darvesh Ali:
Dar motami on qidvai arbobi vusul,
Abnoyi zamon, shohu gado gashta malul.
Hijrat ba rasul kard on sayyidi qavm,
Tarixi vafoti o‘st “hijrat ba rasul”
113
.
( Ul haqqa etishganlarning ulug‘i
motamida barcha zamondoshlar,
shohu gado
g‘amgin bo‘ldi. Ul qavmning ulug‘i Rasul yoniga ketdi. Vafotiga ta’rix “Rasul
yoniga hijrat “bo‘ldi.)
Do'stlaringiz bilan baham: