Publitsistik maqola tayyorlash(Istalgan mavzuda publitsistik maqola yozish)



Download 18,77 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi18,77 Kb.
#813030
Bog'liq
Document (1)


  1. Publitsistik maqola tayyorlash(Istalgan mavzuda publitsistik maqola yozish)


Ona tilimizga ya’ni O'zbek tiliga kirib kelayotgan boshqa tillar

Chet soʻz tilni boyitadimi yo kambagʻallashtiradi?

“Abo Muslimi sohibqironlarimiz boʻlmasa…”

Nimalar qilish kerak?

Soha tilining mahalliylashishi tilga quvvat beradi

Kalit so’zlar:Adabiy-ma’rifiy suhbatlar,Adabiy tahlil,Aktyorlar bilan suhbat,Alisher Navoiy,Anvar Obidjon,Bolalar uchun,Davlatshoh Samarqandy,Jurnalistlar bilan suhbat,Zamondoshlar ijodi,Ibratli hikoyalar,Men sevgan satrlar,Mualliflik maqolalari.

Chet soʻz tilni boyitadimi yo kambagʻallashtiradi?

Hech bir til yolgʻiz oʻzi rivojlanmaydi. Boshqa tillardan soʻz oladi-soʻz beradi, boyiydi-boyitadi. Lekin bu jarayonning ham oʻz qonun-qoidalari, meʼyorlari bor. Chet tilidan kirgan soʻz tilni qachon boyitadi-yu, qachon kambagʻallashtiradi? Agar oʻzga til soʻzi bir tildagi yoʻq soʻz oʻrnini toʻldirsa yoki bor soʻz bilan yonma-yon ishlatilsa, foydalanuvchilarga qoʻshimcha variant taqdim etsa, u tilni boyitadi. Lekin tilda bor soʻz oʻrnini egallasa, uni siqib chiqarsa, bu tilni kambagʻallashtirish boʻladi.

Yangi tushunchalarga ot qoʻya olmaydigan yoki ot qoʻyishga intilmaydigan til mustaqilligini, kuch-qudrati va salohiyatini yoʻqotayotgan tildir. Bugun oʻzbek tilining bu boradagi holati qoniqarli emas, nazarimda. Xoʻsh, bunga sabab nima? “Abo Muslimi sohibqironlarimiz boʻlmasa…”

Oʻzbek tilining sofligi, ilm-fan va internet tiliga aylanishi uchun astoydil kurashadigan, amaliy harakatlar qiladigan, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlaydigan tashkilot yoʻq. Balki, qaysidir idora bunga masʼuldir. Lekin hali bu borada koʻzga koʻrinarli ish qilingani yoʻq.

Xoʻsh, chetdan kirayotgan soʻz va atamalarga ot qoʻyishda yoki oʻzlashtirishda qanday muammolar bor. Men payqagan ikkita holat bor:


  1. Bugun chetdan kirayotgan tushunchalarni oʻzbekcha atashga intilish juda pasayib ketdi. Tayyorini olib qoʻya qolishga oʻtildi, oʻzbek tili paqqos isteʼmolchiga aylanyapti.



  1. Oʻzlashma soʻzlarni oʻzbekchalashtirish, soʻng ularni tatbiq etishda nazorat yoʻq. Shu sabab bir atama bir necha xil variantda tarjima qilinyapti. Tarjimasiz olinayotgan soʻzlarning imlosida esa xilmaxilliklar kuzatilyapti.

Masalan, soʻnggi paytlarda oʻzlashtirilgan bodikamera, teplovizor, chellenj, frilans, navigator kabi soʻzlarni oʻgirishga urinib ham koʻrilgani yoʻq. Bodikamera soʻzini olaylik. Toʻgʻri, kamera soʻzi oʻzbekchaga allaqachon kirib ulgurgan. Uni tarjima qilishga urinish muvaffaqiyatli chiqmasligi ehtimoli katta. Lekin inglizcha body (tana) soʻzini ham hech bir oʻzgarishsiz qabul qilish qaramlikdan boshqa narsa emas. Bu boʻyicha kichik soʻrovnoma oʻtkazib koʻrgandim. Bodikamera soʻzi oʻrniga tankamera, xoskamera, yonkamera kabi yaxshi variantlar taklif qilindi. Dastlab eshitganda sal sunʼiyroq tuyulishi mumkin. Lekin OAV, qonunchilik, qoʻllanmalar shu soʻzni muntazam ishlataversa, tilga singishi aniq.Albatta, orada oʻgirib boʻlmaydigan atamalar ham uchraydi. Bunda nima qilinadi? Asliyatdagi soʻz oʻzlashtiriladi. Oʻzlashtirishda esa maʼlum qonun-qoidalarga amal qilinadi: oʻzbek tili tabiati, imlo qoidalari hisobga olinadi.

Hozirgi sharoitda nima qilish kerak? “Bu muammoni yechib bergani Abo Muslimi sohibqironlarimiz boʻlmasa…” deb oʻtirish kerakmi? Yoʻq. Atamashunoslik, atamalarni joriy qilish jiddiy izlanish va mehnat talab qiladi, lekin yechimi imkonsiz muammo ham emas. Menimcha, til sohasiga masʼul Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bu borada amaliy harakatlarga kirishishi zarur.

Nimalar qilish kerak?

2020 yil 29 yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. Lekin unda asosiy eʼtibor normativ-huquqiy hujjatlar tiliga, unda qoʻllanadigan atamalarga qaratilgan. Bu ham juda muhim yoʻnalish. Lekin yangi atamalar faqat bu bilan cheklanmaydi-da. Turmushimizga, iqtisodiyot va xalq xoʻjaligi sohlariga, ilm-fanga kirib kelayotgan atamalarning ahamiyati ham kam emas.Yaqinda axborot texnologiyalari sohasidagi bir kitobni tahrirladim. Ish jarayonida mavjud lugʻatlar ancha eskirgani, koʻp soʻz va atamalarning tarjimasi yoʻqligi, lugʻatlar asosan rus tilidan tarjima qilinganiga guvoh boʻldim. Axborot texnologiyalari eng tez oʻzgarayotgan, rivojlanayotgan soha. Bu yoʻnalishdagi lugʻatlar muntazam toʻldirilib borishi, kamida yilda bir marta qayta nashr etilishi kerak. Lugʻat tuzishda asosiy eʼtibor asliyatdan – ingliz tilidan oʻgirishga qaratilishi kerak. Hozir oddiy upload, download, verification, validation soʻzlarini tarjima qilishda xilmaxilliklar uchraydi. Dasturlash tillariga oid juda koʻp soʻz va atamalar shunchaki tarjimasiz ishlatilyapti.Boshqa sohalar ham muntazam oʻzgarishda, rivojlanishda. Tabiiyki, ularga oid lugʻatlar, qoʻllanmalar va kitoblarni ham oʻzbekchalashtirish ehtiyoji bor.

Yaqinda Qurilish vazirligi rasmiysi: “Qurilish sohasida oʻzbekcha texnik lugʻat yoʻqligi vazirlik masalasi hisoblanmaydi”, deb bayonot bergan edi. Agar vazirlik va qoʻmitalar davlat tiliga shunday munosabatda boʻladigan boʻlsa, oʻzbek tilining qadr-qiymati yoʻqolaveradi.

Soha tilining mahalliylashishi tilga quvvat beradi

Ingliz tiliga oʻrtacha har ikki soatda bitta yangi soʻz qoʻshilar ekan. Bu – ingliz tili bir yilda oʻrtacha 4000 ta soʻzga boyiydi degani. Toʻgʻri, yangi soʻzlar jonli tilda faol ishlatilmaydigan, ilm-fanning qaysidir sohasidagina qoʻllanadigan xos soʻzlar boʻlishi mumkin. Lekin bu yangi ixtirolar, kashfiyotlar, tadqiqotlar ingliz tili vositasida amalga oshayotganidan darak. Yangi tushunchalarga ot qoʻyish ana shu yangiliklarning ijodkorlari – shu til egalarining haqqi boʻladi. Agar bunday yangiliklar oʻzbek tili orqali amalga oshsa, bizning soʻzlarimiz ham dunyoga chiqadi, jahonning turli nuqtalarida ishlatiladi.

Oʻzbek tili ot qoʻyishdan ojiz emas. U juda koʻp tushunchalarni nomlay oladi. Tilning ana shu imkoniyatidan foydalanmaslik, uning salohiyatiga ishonchsizlik bilan qarash kuchsizlanishga olib keladi. Ertaga eng oddiy soʻzlarni ifodalashga ham xohish yoʻqolishi, oʻzbek tili rashkini, gʻayratini boy berishi mumkin. Bu esa til uchun, millat uchun fojiadir.

Til rivojiga adabiyot yoki sanʼat asarlari bilangina erishilmaydi. U iqtisodiyot, sanoat, ilm-fan, texnologiyalar va boshqa sohalar taraqqiyoti bilan ham chambarchas bogʻliq. Biz bu sohalarni oʻstirish, ularga oid bilimlarni oʻzbek tilida sifatli taqdim etish orqali alaloqibat oʻzbek tilini rivojlantiramiz, unga kuch beramiz. Atamalarni oʻzbekchalashtirishning muhim jihatlaridan biri ham ana shu.

Xulosa: Menimcha, har bir vazirlik, qoʻmita, agentlik oʻz sohasi boʻyicha lugʻatlar ishlab chiqishga masʼul boʻlishi kerak. Ular OʻzFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti kabi ilm dargohlari yoki tuzuvchilar jamoasi bilan shartnoma tuzib, lugʻat ishlab chiqish jarayonini moliyalashtirishi zarur. Lugʻatlar tayyorlashga sohaning malakali mutaxassislari, lugʻatshunoslar, tilshunos va boshqa mutaxassislar jalb qilinishi lozim. Lugʻatlarning ming-ikki ming nusxada bosilishi ehtiyojni qondirmaydi. Ular elektron koʻrinishda ham taqdim etilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar.




  1. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1992. 120  126 betlar.



  1. SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. O‘qituvchi. 1980.118-120 betlar.




  1. O‘zbek tili leksikologiyasi. Toshkent. O‘qituvchi. 1981. 251-258 betlar.



  1. SH.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.SHukurov. O‘zbek tili antonimlarining izohli lug’ati. Toshkent. O‘qituvchi. 1984.



Mualiflar: Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Farg’ona filiali Kompyuter Injineringi Fakulteting 615-21 gruh talabalari Xayrullajonov Ozodbek, Xayitboyev Elbekjon,Solohiddinov Asilbek,Isayev Qahhorjon.
Download 18,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish