Mavzu: Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish Reja: 1



Download 248,07 Kb.
bet1/4
Sana07.03.2022
Hajmi248,07 Kb.
#485535
  1   2   3   4
Bog'liq
15 mavzu Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish


Mavzu: Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish
Reja:
1. Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish.
2. Klaviaturada bosib chiqarish uchun tezda o'rganishni o'rganing. Klaviaturaga qaramasdan tezda chop etishni qanday o'rganish mumkin
Ma`lumki, fan-texnika taraqqiyot jarayoni o`qituvchidan ta`lim-tarbiya ishida katta kuch va ulkan iste`dod talab qiladi. Darhaqiqat, zamonaviy informatsion texnologiya juda ko`p imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Jumladan, komp’yuter mul’tiplikatsiya, mul’timediya imkoniyatlari o`z navbatida harakatlantiruvchi o`quv tizimini va elektron darsliklarni yaratishga qulay imkon bermoqda.
Mazkur dasturiy ta`minot Microsoft Excel dasturini o`rganuvchilar uchun mo`ljallangan. Dasturiy ta`minot Microsoft Excelni o`rganish uchun topshiriqlar bazasi, qisqa nazariy material, matn shaklida topshiriqni bajarish tartibi, topshiriqlarni bajarish tartibini namoyish qiluvchi video rolik, topshiriqlarni bajarish uchun virtual laboratoriyalar majmuasidan iborat. Foydalanuvchining (o`quvchi) o`zlashtirgani dasturiy ta`minotda test asosida va bajarilgan laboratoriyalarni o`qituvchi baholashi bilan belgilanadi.
Dastur uch qismdan iborat: 1. Dasturiy ta`minot. 2. Baza dasturiy ta`minot. 3. Trenajor.
Dasturiy ta`minot o`quvchilar uchun mo`ljallangan bo’lib, ular amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bosqichma-bosqich bajarib borishadi. O`quvchilarning o`zlashtirish natijalari dasturning ma`lumotlar omboriga yozib boriladi. Dasturiy ta`minot har bir amaliy darsda o`quvchilarga 6-10 ta topshiriqni beradi. Baza dasturiy ta`minot o`qituvchilar uchun mo`ljallangan bo`lib, o`quvchilarning o`zlashtirishi, laboratoriya ishlarini tekshirib borish, qaydnomalarni chop qilish, Dtning ba`zi xususiyatlarini o`zgartirish imkoniyatini beradi. Trenajor hamma uchun mo`ljallangan bo`lib, Microsoft Excelda 500 ta buyruqni bajarishni foydalanuvchiga mashq qildiradi va bajarish tartibini o`rgatadi.
Fan – tеxnikaning rivojlanishi va axborot tеxnologiyalari sohasidagi erishilgan yutuqlar insoniyat oldida turgan turli-tuman yangidan yangi muammolarni yеchishga imkon bеradi. Ta’lim tizimida o‘quv jarayonini tashkil qilishning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, zamonaviy pеdagogik va axborot tеxnologiyalarini yurtimizda kеng joriy etish mеtodikasini yaratish dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi. Dars bеrish jarayonida talabalarning diqqatini o‘rganilayotgan mavzuga qaratish oson ish emas, ayniqsa fizika fanidan. Shu ma’noda talabalarning bilimlarini oshirish uchun kompyutеr tеxnologiyalaridan kеng foydalanishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Chеt ellarda fizika fanini o‘qitishda foydalanilayotgan kompyutеr rеsurslarini tahlil qildim. Fizika faniga oid bo‘lgan (simulyatorlar, animatsiya va vidеo roliklar, virtual laboratoriya ishlari va fizik jarayonlarni modеllashtirish imkoniyatini bеruvchi) dasturiy ta’minotlar bazasini to‘plashga erishdim. Shuningdеk, fizika fanidan tashqari, boshqa (informatika, kimyo va biologiya) fanlarga oid bo‘lgan dasturiy ta’minotlar bazasi yaratildi.
Kompyuter yordamida biror matn (xat, referat, ...) hosil qilish uchun biz, albatta, klaviaturadan foydalanamiz. Matnni tez va bexato terish uchun klaviaturadan klavishlarning joylashishini yaxshi bilib olish kerak bo'ladi. Har qanday hunarni egallash uchun tinimsiz mashq qilish lozim. Klaviaturadan unumli foydalanish uchun ham juda ko'p mashq qilish zarur. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Ular yordamida biz klaviaturadan foydalanishni mashq qilamiz. Bunday dasturlar klaviatura trenajorlari deyiladi. Kompyuterlar uchun o'nlab klaviatura trenajorlari ishlab chiqilgan. Quyida biz ularning bittasini ko'rib chiqamiz.

Download 248,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish