Матншунослик фани адабий манбашунослик ва матншуносликнинг назарий муаммолари, хусусан, қадим қўлёзма меросимиз манбалари устида илмий фаолият олиб бориш малакасини шакллантириш, араб имлосига асосланган эски ўзбек ёзувини эркин ўқий олиш



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/115
Sana12.06.2022
Hajmi2,58 Mb.
#660050
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   115
Bog'liq
11111 . Matnshunoslik fan siratida

MUHRLAR. 
Muhrlar manbashunoslikda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 
abjad va ta’rix san’ati bilan bevosita bog‘liq. Muhrlardan davr ijtimoiy-iqtisodiy 
hayoti, san’ati va adabiyoti tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlarni anglash mumkin. 
Fan tarixida muhrlarni o‘rganish geraldika (gerblar tarixi) va numizmatika 
(tangalar tarixi) kabi fan sohalari qatorida jiddiy tadqiqot ob’ekti sanaladi. Dunyo 
davlatchiligi tarixida muhrlar bilan bog‘liq voqealar ko‘proq hukmdorlar haqidagi 
hikoya va qissalarda keltirilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Bobil hukmdorlari uzuk 
ko‘ziga muhr qo‘yib, qo‘llariga taqar ekanlar. Qadim yahudiylar podshohi 
Sulaymon payg‘ambar barmog‘idagi uzugiga “ bu dunyo o‘tkinchidir” deb o‘yib 
yozilgan ekan. Bir kuni nimadandir xafa (........) shoh uzugini irg‘itib yuboribdi. 
Uzuk g‘ildirab aylanib kelib uning yonida to‘xtab qolibdi. Shohning ko‘zi uninng 
ich tomonidagi yozuvga ko‘zi tushibdi. O‘qisa “bu ham o‘tib ketadi” deb yozilgan 
ekan. Uzukda ifodalangan falsafiy hikmat shohning bir umr hayotiy shioriga 
aylanibdi. Amir Temurning uzugiga “rosti-rusti”, ya’ni “taraqqiyot-
to‘g‘rilikda”deb yozilgan bo‘lib, uning shiori taraqqiyotning garovi bo‘lgan 
adolatni qaror toptirish ekanligini anglatadi. Misr amaldorlari uzukka muhr o‘yib 
ko‘pincha bosh barmoqlariga taqqanlar va imzo o‘rnida foydalanganlar.Xitoyda 
113
Макоримул-ахлоқ/М.Фахриддинова П.Шамсиев тарж., 131-132- бетлар. 


muhrga o‘zlari uchun tumor va muqaddas sanalgan hayvonlar suratini solib 
kamarlariga taqib yurganlar. Muhammad Payg‘ambar qabilalarni islom diniga 
da’vat qilib yuborgan nomalarida kumushdan yasalgan uzuk ko‘ziga o‘ydirilgan 
muhrdan foydalanar ekanlar. Unda “Muhammad Rasululloh”, ya’ni ”Muhammad 
Allohning payg‘ambari” deb yozilgan ekan. Muhrdagi yozuvlarni o‘qish muayyan 
tajriba talab qiladi. Ba’zi muhrlarni yuqoridan pastga, ba’zilarini pastdan yuqoriga 
qarab o‘qish lozim. Ayrim paytlarda muhr bezagi g‘oyasi, uzuk ko‘zi o‘lchovi, 
hajmidan kelib chiqib,o‘rtada yozilgan so‘zdan yuqori va quyiga qarab o‘qish 
lozim bo‘ladi.Har bir harfni o‘z o‘rniga qo‘yib chiqish ham murakkab vazifadir. 
Muhrlar tarixiy manba sifatida ham fanga muayyan ma’lumot berishi 
mumkin. Masalan, Samarqandning Bog‘ishamol qishlog‘ida olib borilgan 
arxeologik qazishmalar jarayonida topilgan bir uzukda ajoyib naqshlar orasida 
kufiy xat bilan “Ali” so‘zi to‘rt marta yozilgan ekan. Agar shu harflar abjad bilan 
raqamlarga aylantirilsa,440 raqami hosil bo‘ladi. Bu hijriy 440 yilni anglatadi 
(milodiyga aylantirsak, 1048 yilga teng bo‘ladi). Ba’zi muhrlarda muhr egasi va 
otasining ismi uchraydi. Bu o‘ziga xos shaxsni bildiruvchi hujjat vazifasini ham 
o‘tagan. Ayrim muhrlarda shaxs ismi va unga xos bo‘lgan ayrim unvonlar, 
fazilatlar she’riy usulda ham keltirilgan. 
Muhr egalarining o‘z davri,jamiyatda tutgan mavqei,obro‘-e’tiborlari haqida 
muayyan ma’lumotlarni aynan shunday muhrlar orqali tiklash mumkin. Alisher 
Navoiy Amir kabir lavozimiga tayinlanganda olim va fozillar ta’rixlar 
yozganliklari haqida tarixchi Xondamir batafsil ma’lumot bergan. Navoiyning o‘zi 
bu haqda shunday keltiradi: “Bu faqirga podshoh muhr taklif qilganda Mavlono 
Burhoniddin ta’rix aytib erdikim, bag‘oyat xo‘b voqea bo‘lub erdi. Ammo chun 
faqirning ta’rifiga nafsilamrda g‘ayri voqedir (ya’ni mubolag‘adir), lozim kelur 
erdi, bitilmadi (ya’ni keltirmadim)
114
. Buyuk mutafakkir eslatgan ushbu ta’rix 
Xondamir tomonidan to‘liq berilgan va bevosita muhr bilan bog‘liq bo‘lgani uchun 
quyida keltirib o‘tamiz 
Miri falak janobi Alisher k-az sharaf, 
Ojiz buvad z-darki kamoloti o‘ xirad. 
Devon neshast oxiri sha’bon ba dodu adl, 
Az lutfi shohi odil va l-haq chunin sazad. 
Chun muhr zad ba davlati sultoni ro‘zgor, 
Ta’rix shud haminki “Alisher muhr zad”
115
(Falak amiri janob Alisherning 
shunchalik sharafliligidan, aql uning kamoloti ko‘lamini idrok etishdan ojiz qoldi. 
Sha’bon oyining oxirlarida adolatparvarlik uchun devonga o‘tirdi. Odil va 
haqparvar shohning lutfi shuni loyiq topdi. Zamona sultoni davlatiga muhr 
bosganligi sababidan “Alisher muhr urdi” bunga ta’rix bo‘ldi.) 
Bu qit’ada “Alisher muhr zad” jumlasi ta’rix moddasidir. Ularni raqamlarga 
aylantiramiz: 
114
Мажолис, 121-б. 
 
115
Xulosat ul-axbor 


Demak, hijriy 876 yilda Alisher Navoiy amiri kabir bo‘lgan ekan. Endi 
hijriyni milodiyga aylantirsak, 1471 yil hosil bo‘ladi. Sha’bon oyi (9-mart –
6-aprel) oxirida ro‘y bergani haqidagi eslatmaga asosan, yil taqvimiga nazar 
tashlasak, 1472 yilning aprel oyining boshiga to‘g‘ri keladi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish