Матншунослик фани адабий манбашунослик ва матншуносликнинг назарий муаммолари, хусусан, қадим қўлёзма меросимиз манбалари устида илмий фаолият олиб бориш малакасини шакллантириш, араб имлосига асосланган эски ўзбек ёзувини эркин ўқий олиш



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/115
Sana12.06.2022
Hajmi2,58 Mb.
#660050
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   115
Bog'liq
11111 . Matnshunoslik fan siratida

muammo halli
” deb ataladi. Muammo nazariyasiga oid 
adabiyotlarda ko`rsatilishicha, hall qoidalari dastlab uch qismga bo`linadi: 

A`moli tahsiliy

A`moli takmiliy

A`moli tashiliy
 
Navoiydan “Shukrilloh” nomiga muammo: 
Qaro erdi ko`zum hajringdin, ey moh, 
Yana ko`rdum yuzingni, shukri lilloh. 


Hall qilish:
Bu Tarse uslubida oshkor qilingan, ya’ni “ shukri lilloh” biriktirilib, “Shukrulloh” 
ismi yasalgan. 
Boburning “Soid” ismiga yozgan muammosi: 
Tiyg`i jafoni kimga desang ahli holdur,
Boshig`a sindirur buti bee`tidoldur. 
Hall qilish: ism moddasi “e`tidol”. Lekin uning boshida “sin”durur turadi va 
“buti”- bu “ti”(”te”) adolatni buzuvchidir. Demak, “e`tidol” so`zining boshiga 
“sin” harfini qo`yish, o`rtadan “te”ni tushirish va oxiridagi “dol” qismini bir harf 
nomi sifatida tushunib, mazkur nom ostidagi harfning o`zinigina qoldirish bilan 
yashirilgan “Soid” ismi hosil bo`ladi. 
Navoiy muammolaridan namunalar.
Yuzung bila yuzuma qosh bo`lsa uyla visol- 
Ki, bo`lmasa arolarinda g`ayru ul xat-u xol. 
Qasdi jonimg`a chu mujgoning ikki saf tuzdi, 
Biri qosh yosi, biri g`amza o`qin kirguzdi. (Safiy va Safo) 
14-dars 
Mavzu: Janrlar bo`yicha qo`lyozma matnlarini farqlash 
Matn ustida ishlash qo`lyozmaning tashqi belgilarini o`rganishdan 
boshlanadi. Sharq kitobat san’ati o`zining qat’iy prinsiplariga asoslanadi. Masalan, 
har bir asarning “Bismillo”dan boshlanishi (basmala), so`ng Allohning madhi 
hamd, tamhid) va Muhammad (s.a.v.) ta’rifi (na’t), shundan keyin asarning ozilish 


sababi (sababi ta’lifi kitob) qaydi kitobat qilinishda tashlab ketish mumkin 
bo`lmagan asosiy prinsiplardandir.
Qo`lyozmaning tavsifiy belgilari:
Matn, ichki unvon, jadval, hoshiya, poygir, kolofon. 
– kitobning asosiy qismi bo`lib, unga ayrim hoshiya yozuvlari, 
jadval, poygirlar kirmaydi; 
– tuzilishi murakkab kitoblarda ular ba’zan boshqa 
(masalan, qizil) siyoh bilan, ba’zan qalin harflar (jumladan nasriy 
asarlarda), ba’zan hozirgidek sahifa o`rtasida beriladi; 
– sahifada asosiy matnni joylashtirish prinsipi (matn ramkasi). 
Matnlar turli shakllarda – sidirg`a, ikki ustun, to`rt ustun, zina, romb, 
doira, qiya holda joylashtirilishi mumkin. Bu muayyan darajada bezak 
vazifasini o`tab, she’riy matnlarda, ayniqsa, ko`p qo`llanilgan; 
– sahifa chetlari. Jadval (matn ramkasi)dan tashqarida izoh 
berish, parallel ravishda boshqa bir asar matnini joylashtrish, matn 
bo`lagidagi fikrni tasdiqlash yoki to`ldirish uchun ilovalar keltirishga xizmat 
qiladi; 
– o`zidan keyingi sahifaning shu so`z bilan boshlanishini bildirib 
keluvchi so`z bo`lib, o`ng sahifaning eng ostiga, chap tomonga 
joylashtiriladi (poygir sahifalar ketma-ketligini belgilash uchun bet 
raqamlari o`rniga ishlatiladi); 
– kotibning qo`lyozma so`ngida keltiradigan ma’lumotnomasi. 
Unda kotib nomi, qo`lyozmaning ko`chirilish sanasi va kotib mulohazalari 
beriladi. 
QO`LYOZMA NUSXALAR O`RTASIDAGI FARQLAR TAHLILI: 


Matnshunos qo`lyozma asar nusxalari ustida ishlar ekan, uning qaysi 
matndan ko`chirilganligini aniqlashi nusxalar o`rtasidagi farqlarning paydo bo`lish 
sabablarini oydinlashtiradi. Bu jarayonda nusxalardagi matniy o`zgarishlar 
xronologik tartibda guruhlashtiriladi va eng qadimiy nusxalar bilan solishtiriladi. 
Ushbu tahlil natijasida asarning dastlabki varianti haqida muayyan tasavvurga 
kelinadi. 
MATNIY TAFOVUTLARNI TAHLIL QILISH USULI:
Matniy tafovutlarni tahlil etish “asl” yoki “dastlabki” matnni tiklash yo`lida 
o`tilishi shart bo`lgan bo`g`indir. Matnshunos matn tarixidagi barcha davriy 
o`zgarishlarni kuzatib, ularning sodir bo`lish sabablarini aniqlashi juda muhim. 
Tahlil oddiy farqlarni o`rganishdan boshlanib, oxirida umumlashtiruvchi 
xulosalarga kelish bilan tugaydi. Farqlar qo`lyozma nusxalar orasida, xronologik 
tartibda, makon va hudud tartibida guruhlashtirilgan holda qiyoslanadi. Matniy 
tafovutlar xattot va kotiblar tomonidan so`zni noto`g`ri o`qish sababli, shuningdek
muallif yoki kotib tomonidn ongli ravishda qilingan tahrir tufayli paydo bo`lgan 
bo`lishi mumkin. Matnshunos farqlarning sababini aniq belgilashi lozim. 
Shundagina matn ta’rixi obyektiv ko`rinish kasb etishi mumkin. 
15-dars. Atributsiya jarayoni 
Matnning ichki va tashqi xususiyatlariga asoslanib matn muallifini aniqlash. 
Atributsiya holatida matnshunos matnning, masalan, g‘azallarda maqta’dagi 
taxallus, matn tuzilishini o‘rganish, sanalarini, matnning yaratilish joyini aniqlash 
kabi tekstologik usullardan foydalanib, muallif nomi va tarjimai holini tiklash 
mumkin. 
Misol uchun: 
Ey quyosh, yuzing ochgin, g’am tunida zoringman.
Sidq ila nafas uyg’on subhi beg’uboringman

Ushbu g’azal muallifini aniqlash uchun maqta’ga yuzlanamiz:


Maqta’: 
Istasam aziz bo’lmoq, tong yo’q iltifotingdan. 
Chunki Ogahiy yanglig’ ishq ichra xoringman

Ushbu bayt orqali g’azal muallifi Ogahiy ekanligini bilib olish mumkin.
16-dars. Mavzu: Manba va matnlarni klassifikatsiya qilish. 
Klassifikatsiya- ilm yoki inson faoliyatining biror sohasiga oid o`zaro bir xil
tushunchalar sistemasi.
O`zbek matnshunosligi tarixida ko`p nusxali matn tarixini tiklashning umumiy nazariy 
tamoyillari ishlanmagan bo`lsa-da, bu masalada muayyan manbagagina xos tajribalar
yondashuvlar kuzatiladi. Shu tajriba va yondashuvlarni tanqidiy o`rganib, ishonchli matnni 
tiklashning quyidagi to`rt tamoyilini sanash mumkin:
1.
Xillash (
ko’

p nusxali matnning turlarga ajratish: qo’

lyozma, toshbosma, bosma
)
2.
Tasniflash (
xillangan matn turini sanalar bo’

yicha ajratish: asr, yil, oy)
3.
Qiyoslash (
qo’

lyozmalarning xati va matn to

’liqligi solishtiriladi: badxat, xushxat)
4.
Saralash (
qiyos natijasida saralangan nusxalarning 

matn butunligi

 aniqlanadi)
Matnlar janr va nashr turlari bo‘yicha tasniflanadi
Janr turlariga adabiy (devon, doston-masnaviy, qasida va shu kabilar), tarixiy (tarix-
yilnomalar, tazkira-esdalik, manoqib, vaqfiya va shu kabilar), yozishmalar (maktubot, ruq’aot, 
munshaot va shu kabilar), diniy (tafsir, ta’vil, fiqh, kalom, tasavvuf va shu kabilar) hamda fan 
sohalariga bag‘ishlangan matnlar kiradi
Turli to‘plamlar, monografik risolalar, majmualar, bayozlar shaklida ko‘chirilgan va 
toshbosma usulida chop etilgan asarlar nashr turlari bo‘yicha tasniflanadi.
Tasniflash matnshunos uchun muhim ahamiyatga ega. Zero, tadqiq etilayotgan matn turli 
janr va nashr turlariga xos belgilarga ega bo‘lishi mumkin.
Masalan, tazkiralarda biografik ma’lumotlar bilan birga she’rlardan parchalar, xatlardan 
namunalar yoki tarixiy lavhalar qorishiq keladi. Devonlar esa, muayyan strukturaga ega bo‘lib, 
bu tartib buzilishi uning majmuaga aylanib qolishiga olib keladi.


Bayozlar tazkiralar kabi to‘plam-antologiyalar xarakterida bo‘lsa-da, ularning tarkibini 
shoirlar ijodlaridan namunalar tashkil etadi.
O`tgan asrning 60-yillarida “Xamsa” matni tadqiqi bilan parallel ravishda IV jilddan 
iborat Xazoyinul maoniy devonlari ham ilmiy-tanqidiy matn asosida nashrga tayyorlangan. 
Nashr ommaviy bo`lgani uchun hech bir jildda devonlarning asliyat yozuvidagi ilmiy-tanqidiy 
matni berilmagan. 
Ammo “Favoidul kibar’ devoniga ilova qilingan to`rtta rangli jadvaldagi ma’lumot va 
umumlashmalar devonlarning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash jarayoni naqadar serzahmat 
bo`lganidan xabar beradi. 
Navoiy o`zbekcha qo`lyozma devonlarining redaksion klassifikatsiyasi deb nomlangan 
birinchi jadvalda “Xazoyinul maoniy” devonlari, shuningdek, ilk devon, “Badoeul bidoya”, 
“Navodirun nihoya” va terma devonlardan iborat 20 ta mo’tabar nusxalarning har birida 16 ta 
janr bo`yicha kelgan asarlar hajmi tasnif qilingan.
Ikkinchi jadvalda “Xazoyinul maoniy”dagi g’azal, ruboiy va muammolarning alifbo boyicha 
kelish tartibi 9 ta nusxa misolida ko`rsatilgan.
Uchinchi jadvalda “Xazoyinul maoniy” devonlarining XV asr nodir qo`lyozmalari asosida 
haqiqiy xronologiyasi aniqlangan.
To`rtinchi jadvalda “Xazoyinul maoniy”ning to`rt devonga shartli taqsimlanishi natijasida kelib 
chiqqan nisbiy xronologiyasi aks etgan.



Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish