MASNAVIY VA DOSTON MUNOSABATI
Reja:
1. Masnaviy janri haqida ma’lumot
2. Masnaviy janrining Alisher Navoiy asarlarida tutgan o’rni
3. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Masnaviy janri haqida ma’lumot
” Masnaviy tarzida yoziladigan asarlarda har qaysi bayt mustaqil qofiyalanadi.Bu xil qofiyalash usuli qulay bo’lganligi uchun katta hajmdagi she’riy asarlar:hikoya-manzumalar,hajviy hikoyalar,soqiynomalar,dostonlar shu tarzda qofiyalangan. Jumladan,Xorazmiy “Muhabbatnoma”si,Xo’jandiy “Latofatnoma”sidagi maktublar,Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni,”Yusuf va Zulayho”,”Gul va Navro’z”asari,Navoiy,Muhammad Solih,Nishotiy dostonlari,Muqimiyning hajviy hikoyalari,Furqatning ma’rifat mavzusidagi manzumalari shu tarzda qofiyalangan.Jumladan,Ogahiyning dahr bog’i ta’rifidagi masnaviysi shunday boshlanadi:
Dahrki bir bog’i musaffodurur,
Boshdin ayoq zeb ila orodurur.
Lutfu nazokat aro har gulshani,
Aysh ila ishrat elining maskani.
O’ylaki firdavs fazosi oning,
Ruhafzo obu havosi oning.
Nahrlari o’ylaki bahrun najot,
Balki azubat aro aynul hayot.
Suvlari har sori namudor o’lub,
Oynayi tahtihol anhor o’lub.
Havzlari ichra musaffo zulol,
Xosiyatu ta’m aro kavsar misol.
Ochilibon yuz rang ila gullari,
Sochilibon gul uza sunbullari….."1
O’zbek adabiyoti tarixida masnaviy yo’li bilan yaratilib ,bizgacha to’la holda saqlangan asar Yusuf Xos Hojibning ”Qutatg’u bilig” dostonidir.”Qutatg’u bilig” haqida so’z yuritilgan asarlarda uning mavzu qamrovi va ifoda tarzi haqida fikrlar bayon qilingan.Masalan,Najib Osimbek “Qutatg’u bilig”mavzu e’tiborila “Siyosatnoma”ning aynidir.
Turk avzoining mashhuri o’lan o’n birli vaznda va tarzi masnaviyda yozilmish o’lan bu asari nafis beshinchi asri hijriydagi turk jamoatining haqiqiy bir tasvirini,afkori ma’naviya va siyosiyasini go’stariyur”,desa,H.Tavfiq,M.Ehson,H.Oliylar o’zlarining ”Turk adabiyoti namunalari”da uning masnaviy shaklda yozilganligini qayd qilish bilan cheklanishadi.Shu xil fikrlarni boshqa ko’p tadqiqotlarda ham ko’rish mumkin.
Masnaviy haqidagi nazariy ma’lumotlarda,asosa,,uning shakily-poetik xususiyatlari qayd etilgan.Masnaviy(arabcha ”ikkilik”)deganda,asosan she’riy shaklning qofiyalanish prinsipi (a-a,b-b,v-v……)tushunilgan.
Misol:
Nedur ahvoling,ey zo’ri g’aribim, -a
Visolim davlatidan benasibim -a
Chekardim g’am tog’in holing nechukdir?... –b
Buyukdin jismi chun noting nechukdir?... –b
(Alisher Navoiy,Shirinning Farhodga maktubidan).
Masnaviyning xususiyati to’g’risida ”Al-mo’jam fimaoriash’or ul-Ajam” asarida Qays at-Roziy shunday deb yozadi: ”….Ajam shoirlari har bir baytdagi misralarining o’zaro qofiyadosh bo’lishi nuqtayi nazaridan uni masnaviy deb yuritilgan.Noma va masnaviy janrining ko’pchiligi masnaviy janrida yaratilgan.
Masnaviy haqida doktor Zahroyi Xonlari yozadi:”Fors she’riyatining o’ziga xos shakllaridan biri masnaviy bo’lib,arab tilida ham forslarga taqlidan yaratilgan va uni muzdavaj deydilar.Masnaviy har ikki misrasi bir xil va mustaqil qofiyaga ega bo’lgan she’rdir”.Olim masnaviyning qo’llanish doirasiga ham ishora qiladi:”Fors tilidagi jangovar va maishiy-ma’rifiy manzumalar yozishda ”Mavlaviyning ma’lum “Masnaviy”si,Firdavsiyning ”Shohnoma”,Nizomiyning ”Xamsa” si kabi ) masnaviy shaklidan foydalaniladi”.
Masnaviyning bu xildagi ta’rifi uning ayrim xususiyatlarini belgilash imkonini beradi:
-masnaviy alohida,o’ziga xos she’riy shakllardan biri;
-masnaviydagi bayt misralari o’zaro qofiyadosh bo’ladi;
-har bir bayt qofiya nuqtayi nazaridan mustaqildir;
-u hajm va mavzu jihatidan chegaralangan emas.
Masnaviy haqida fikr yuritgan klassik poetika mutaxassislarining ko’pida mazkur shaklning bu xususiyatlari qayd etilgan.
Masnaviy tarzida yoziladigan asarlarda har qaysi bayt mustaqil qofiyalanadi.Bu xil qofiyalash usuli qulay bo’lganligi uchun katta hajmdagi she’riy asarlari:manzumalar,hajviy hikoyalar,soqiynomalar,dostonlar shu tarzda qofiyalangan.
Jumladan,Xorazmiy ”Muhabbatnoma”si,Xo’jandiy “Latofatnoma”sidagi maktublar,Qutbning “Xusrav va Shirin”dostoni,”Yusuf va Zulayho”,”Gul va Navro’z”asari,Alisher Navoiy,Muhammad Solih,Nishotiy dostonlari,Muqimiyning hajviy hikoyalari,Furqatning ma’rifat mavzusidagi manzumalari shu tarzda qofiyalangan.Jumladan,Ogahiyning dahr bog’i ta’rifidagi masnaviysi shundan boshlanadi:
Dahrki bir bog’i musaffodurur,
Boshdin ayoq zeb ilu orodurur.
Lutfu nazohat aro har gulshani,
Aysh ila ishrat elining maskani.
O’ylaki firdavs fazosi oning,
Ruhafzo obu havosi oning.
Nahrlari o’ylaki bahrum najot,
Balki azubat aro aynul hayot.
Suvlari har sori nomdur o’lub,
Oynai tahtihol anhor o’lub.
Havzlari ichra musaffo zulol,
Xosiyatu ta’m aro havsar misol,
Ochilibon yuz rang ila gullari,
Sochilibon gul uzra sunbullari…..
Fors-tojik va turkiy adabiyotidagi faktlar masnaviyning dastlabki taraqqiyot bosqichlarida diniy-didaktik xarakterga ega bo’lganligini ko’rsatadi,”Qutatg’u bilig”ham bundan mustasno emas.
Boyqaro obrazining Navoiy asarlaridan joy olishini yaqqol ko’rsatadigan dalillar juda ko’p.Shoirning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi debochada Navoiy Husayn Boyqaro haqida,uning devonlar yaratilishidagi xizmatlari haqida alohida to’xtalgan bo’lsa,Navoiy “Xamsa”sidagi barcha dostonlarda Husayn Boyqaro obrazi,uning ta’rif-tavsifini keltiradi.Ushbu asarlarda berilgan fikrlarga tayangan holda ham Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlari haqida ma’lumot olish mumkin.
-“Tarixi muluki Ajam” asarida berilgan masnaviyda Navoiy Husayn Boyqaroni xuddi shunday sifatlarga ega shoh sifatida talqin etadi.Shoirning ta’rificha,Sulton Husayn Boyqaroda nafaqat shohlik,balki darveshlik sifatlari ham mujassam:
Shaho keldi shahlig’,musallam sanga,
Ne shahlig’ki,darveshlig’ ham sanga.
Shohni ana shu sifatlar bilan ulug’lagan shoir,uning vasfini “mingdab birin “demakka imkoni yo’qligini qayd etadiki,bu ulug’ Navoiyning Sulton Husayn Boyqaroga nisbatan buyuk hurmatini bildiradi.
-Alisher Navoiy deyarli har bir asarida,xoh u lirik asar bo’lsin,xoh nasriy asar bo’lsin,adolatli hukmdor haqida,odil podshohlar haqida,ularning amallari,amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlari haqida,odillik bilan boshqarilgan davlatning obod bo’lishi,xalqi farovon bo’lishi xususida alohida to’xtaladi.Shu an’anaga amal qilgan mutafakkir o’zining Eron shohlari tarixiga bag’ishlangan “Tarixi muluki Ajam” asarida ham odil podshohlarni ko’klarga ko’tarar ekan,asar nihoyasida berilgan maxsus masnaviyda ham xuddi shu jihatga katta e’tibor beradi.Unda Alisher Navoiy podshohlarni adolatli bo’lishga,darveshvash bo’lishga,faqrjo’y bo’lishga chaqiradi.O’z asarlarida qayta-qayta ta’kidlagan fikrlarini,ya’ni darveshvash podsho haqidagi qarashlarini yana bir qayd etadi.
-Masnaviyda shoir o’zi tomonidan yaratilgan asarlari-“Xamsa” asarini,to’rt devondan tarkib topgan she’riy kulliyotini,”Nazmul javohir” asarini,shuningdek boshqa asarlarida berilgan katta-kichik she’riy baytlarini birma-bir qayd etar ekan,ularning hech biri shoh Husayn Boyqaro ta’rifini to’lig’icha qamrab ololmaganini ham alohida ta’kidlaydi.Ammo “Vale barcha vasfingda mujmal edi” misrasi orqali do’sti haqida yozganlarning hech biri uning to’liq ta’rifini qamrab olomaganligini bayon etadi.
-Husayn Boyqaro haqida yozilgan ushbu masnaviyning yana bir xarakterli jihati shundaki,u Navoiyning ijodiy niyatlari haqida ham ma’lumot beradi.Shoir o’zining ulug’ bir niyati haqida ham to’xtaladi,ya’ni Xudo umr bersa,Husayn Boyqaro sifatlari,uning zohiru botini,tug’ilgan kunidan boshlab to asar yozilgan vaqtgacha amalga oshirilgan ishlari,qilgan yaxshi amallari,”jahondorliq shavkati”ning sabablari xususida bir asar yozajagi haqida ma’lumot beradiki,bu alohida e’tiborga sazovordir.
-Masnaviy nihoyasida Alisher Navoiy jahonning shahsiz bo’lishi mumkin emasligi,”zamon ahli ” uchun eng adolatli shoh Husayn Boyqaro ekanligi,shuning uchun ham qiyomatgacha barcha shohlar unga ehtirom ko’rsatishlari lozimligi haqidagi romantik fikrlar bilan shoir Husayn Boyqaro xususidagi o’z qarashlarini yakunlaydi.
Mumtoz adabiyotimiz tarixida yaratilgan masnaviylarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
1)lirik masnaviy (shoirning lirik kechinmalari,his-tuyg’ulari ifoda etiladigan she’r shakli);
2)epik masnaviy yoki doston (sujet asosiga quriladigan katta hajmli asar).
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidan o’rin olgan masnaviy lirik masnaviy bo’lib,”G’aroyib us-sig’ar” devoniga kiritilgan.Masnaviy she’riy maktub tarzida yozilgan va hajman 148 baytdan iborat.Navoiyshunoslikda ushbu masnaviy tarjimayi hol xususiyatiga egaligidan “Hasbi hol”,noma janriga mansubligidan “Navoiyning Sayyid Hasanga she’riy maktubi” deb ham yuritiladi.Masnaviyda Alloh hamdi va Payg’ambar na’tidan so’ng Sayyid Hasan Ardasher shaxsiga ta’rif-u tahsinlar aytiladi,uning fazl-u kamoloti,vafodorligi va saxovati madh etiladi:
Vafo anga pasha,saxo anga fan,
Vafoyu saxo koni Sayyid Hasan.
Keyingi baytlarda shoir maktub yozishdan asosiy maqsadini bayon qilib,uning boshiga musofirlik-Vatan tarki tushganligini ma’lum qilad va ushbu safarning sabablari sifatida Xurosonda ijod qilish uchun imkoniyatning yo’qligini,yurtdagi notinchlik va ilm egallashga bo’lgan ehtiyojni sanab o’tadi.Uning,shuningdek,so’z ta’rifi,she’r va shoirlik,badiiy ijod bilan bog’liq masalalar ham qalamga olingan.Masnaviy mutaqorib bahrining mutaqoribi musammani mahzuf (afoyili va taqti’i : (V- -V/V- -V/V- -V/V-) vaznida yozilgan.
Asarda kambag’al chorakor dehqon mehnatidan o’z manfaatlari uchun foydalangan,ularni aldab katta zarar yetkazgan Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasi shoir tomonidan o’tkir,ta’sirchan misralarda fosh etiladi.”Tanobchilar”satiric hikoyasi amaldorlar zulmiga yo’liqqan dehqon arz-dodi bilan boshlanadi:
Bo’ldi taajjub qiziq hangomalar,
Arz etayin emdi yozib nomalar.
O’n iki oyda keladur bir tanob,
O’zgalara rohat-u menga azob.2
Jahon mutafakkirlari tomonidan Rumiyga bashariyat shoiri deb tasnif berilishi,uning “Masnaviy” asari esa Qur’ondan keyin turuvchi kitob,tasavvuf qomusi,ma’naviyat dengizi yoki dunyo kitobi deb baholanishiyoq bu asarning qadri va nufuzi nechog’ligidan dalolatdir.Sovet davrida mistik shoir deb qoralangan va o’rganilmagan Jaloliddin Rumiy ijodiga,xususan,uning “Ma’naviy masnaviy” asariga bugun O’zbekistonda jiddiy munosabat shakllanmoqda.Masnaviyning she’riy va sharhiy tarjimasi ham nashrdan chiqqan.Rumiy she’riyati Sharq she’riyatining eng yuksak cho’qqisi hisoblanadi.Rumiyga o’xshab inson qalbini tadqiq qilgan,inson ruhiyati,insonning ma’naviy kuchini she’riyatda ifodalagan shoir G’arb-u Sharqda kam topilishini aytishadi-mutaxassislar.Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul:”Rumiy she’riyatining o’ziga xos bir jihati shundan iboratki,siz birinchi navbatda o’zingizda insonga ishonchni mustahkamlaysiz va insonning ilohiyligini Rumiy judayam teran tarzda ochib beradi.Rumiy she’riyatining quyoshi-Ishq.Insonni bir haqiqat yoki insonni bir ishq atrofida birlashtirish bo’lsa,Rumiyning she’riyati shu ishni amalga oshira oldi.Biz aytamiz,komil inson bo’lish uchun tasavvufni bilish kerak,dinni bilish kerak,falsafani bilish kerak,tarixni va hokazo.Shularni hammasini Rumiy o’z ijodida sintezlashtirgan.Insonni Rumiy she’riyati adashishlardan,yuzakiliklardan,sayozliklardan xalos qiladi.Shu uchun bu qancha tarixiy she’riyat bo’lsa,xuddi shuncha zamonaviy she’riyat”.Jahon madaniyatidagi eng buyuk yodgorliklardan biri hisoblangan Jaloliddin Rumiyning “Ma’naviy masnaviy”kulliyoti to’liq 6 daftardan,aniqrog’i 54 ming misradan iborat bo’lib,u mavlono tomonidan 10 yil mobaynida yozib tugatilgan.Xo’sh,Rumiy “Masnaviy”sida nima ifodalanganki,yetti asrdan ortiq vaqt o’tsa ham,u haqidagi mulohaza-yu munozaralar hamon tugallanmay hamon davom etmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |