Reja: Davrning ijtimoiy va madaniy ahvoli



Download 27 Kb.
Sana26.06.2021
Hajmi27 Kb.
#101716

O‘rta asr adabiyoti

Reja:

1.Davrning ijtimoiy va madaniy ahvoli.

2.Rim tarixining yangi davri.

3.Vergiliy ijodi.

4.Ovidiy ijodi.

Eramizdan oldingi 31 yilda Yunonistonning g‘arb-janub qirg‘og‘idagi jangdan so‘ng Rim davrining yangi davri boshlandi. Oktavian nomiga muhtasham haykallar o‘rnatiladi va nihoyat unga senatning qarori bilan Oktavianga shu paytga qadar hali tarixda ko‘rilmagan Avgust, ya‘ni muqaddas ma‘budvash degan nom beriladi. Zamonasining anchagina o‘qimishli kishisi va san‘at ishlariga bir daraja yaqin turgan Avgust, adabiyotning kattakon targ‘ibotchisi edi.

San‘at va adabiyot ishlarini uyushtirishda mehnatlari singan va shu yo‘lda Avgustga juda katta xizmat ko‘rsatgan kishilar orasida eng mashhurlari Korvin Massala, Asiniy Pollion, Gay Metsenatdir. Metsenat nomi keyinchalik san‘at va adabiyot homiysi timsoliga aylanib ketgan bu odamning o‘zi ham uncha-muncha she‘r yozar, adabiy harakatlarga yaqindan qatnashar edi. Metsenat Vergiliy hamda Goratsiy kabi shoirlarning ulug‘ talantini payqab, shular ishtirokida maxsus yozuvchilar to‘garagi tashkil qiladi. Rim hayotining badiiy ijod markazi hisoblangan bu to‘garak, yangi imperiya adabiyotining shakllanishi va rivoj topishida benihoyat muhim rol o‘ynaydi. Umuman aytganda, bu davrdagi shoirlarning deyarli hammasi o‘z ijodida Avgust tomonidan o‘rnatilgan yangi tartiblarni olqishlaydilar. Binobarin, respublika tuzumidan imperatorlik sistemasiga o‘tish paytidagi adabiyotning asosiy xususiyati madhiyabozlikdan iboratdir. Ammo, shunga qaramay Oktavian zamonasi, Rim poeziyasining badiiy jihatdan bemisl yuksak darajalarga ko‘tarilgan “oltin davri” bo‘lgan.

Darhaqiqat Avgust saltanati yillarida ijod qilgan Vergiliy, Goratsiy, Ovidiy kabi ulug‘ shoirlar o‘zlarining asarlari bilan Rim poeziyasining klassik davr yunon adabiyotidan qolishmaydigan va keyinchalik jahon adabiyoti taraqqiyotiga kuchli ta‘sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan kamolot bosqichiga olib chiqdilar. Imperiya davrida so‘z erkinligiga xotima berilishi natijasida adabiyotning birmuncha turlari kundan-kunga susayib, keyinchalik tamomila unutiladi. Bu sohada notiqlik san‘ati mavqeini yo‘qotadi.

Respublika yillaridagi siyosiy kurashlar paytida benihoyat gurillab ketgan bu janr o‘zining o‘tmish imkoniyatlaridan mahrum bo‘lib, quruq bir safsatabozlikka, maktab mashqiga aylanib qoladi. Shuningdek, adabiyotning eng ommabop turi hisoblangan dramaturgiya ham Avgust zamonasida ortiq taraqqiy eta olmaydi. Xullas, Oktavian saltanati yillaridagi adabiyotga nisbatan qo‘llaniladigan “oltin davr” iborasini poeziyadan boshqa janrlarga tatbiq etish aslo mumkin emas. Bordi-yu, xuddi respublika yillarida bo‘lgani kabi, imperatorlik davrida ham adabiyotga birmuncha erkinlik berilganida, Avgust siyosatini qoralovchi asarlarning paydo bo‘lishi shubhasiz edi. Ehtimol, bunday asarlar bo‘lgandir, afsuski, ular bizga qadar yetib kelmagan.

Imperatorlik davrining bayroqdori, Rimning eng ulug‘ shoiri Publiy Vergiliy Maron eramizdan oldingi 70 yilda Italiyaning shimoliy qismidagi Mantuya shahri yaqinida tug‘iladi. Vergiliy o‘z asarlarida Avgust saltanatini kuylovchi, uning ishlarini tarannum etuvchi ulug‘ saroy shoiri darajasiga ko‘tariladi. Vergiliy hammasi bo‘lib, uchta asar yozgan. Bular birinchisi – “Bukolikalar” (cho‘pon she‘rlari), ikkinchisi “Georgikalar” (dehqon she‘rlari) va uchinchisi “Eneida” dostonidir. Shoir nomi ostida bizgacha “mayda-chuyda she‘rlar” deb ataluvchi yana bir to‘plam ham yetib kelgan. Vergiliyning jo‘shqin yurak harorati bilan sug‘orilgan misralarida uzoqda kechadigan oddiy dehqon hayoti, darhaqiqat, ajoyib go‘zallik kasb etadi. Vergiliyning dovrug‘i o‘rta asrlarda ham o‘z mavqeida qoladi. Shoirning “Eneida” dostonidagi allaqanday bolaning tug‘ilishi munosabati bilan yer yuzida bahtiyor hayot boshlanishi to‘g‘risidagi hikoyat Vergiliyning buyuk donishmand sifatida ulug‘lanishiga olib keladi. Bu esa Dante o‘zining “Ilohiy komediya” asaridagi oxirat safarida dona murabbiyning ulug‘ timsoli o‘laroq Vergiliyni hamroh tanlaydi: bu esa shoirning buyukligidan darak beradi.



Avgust zamonasining oxirgi ulug‘ shoiri, elegiyanavis shoirlarning eng so‘nggi buyuk vakili Publiy Ovidiy Nazondir. Shoir adabiy faoliyati uch qismdan iborat. Uning ijodi “Ishqiy elegiyalar” to‘plami bilan boshlanadi. “Qahramon ayollar” yoki “Maktublar” deb atalgan. Asarda 21 maktub bor shundan o‘n sakkiztasi ayollar tilidan yozilgan. Ovidiy ijodining eng otashin muhiti, shubhasiz A.S.Pushkin bo‘lgan. Pushkin “Metamorfozalar” avtorining ajoyib poetik mahoratini, ayol kishining ichki dunyosini chuqur his qilish qobiliyatini, yuksak baholaydi. Rim shoirining ijodiga berilgan yuksak baho hozir ham o‘z kuchini yo‘qotgan emas. Dillarni maftun etuvchi ajoyib samimiyat, teran, hayajonli, tuyg‘u va hissiyotlar – chindan ham Ovidiy asarlarining asosiy fazilatidir.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish