28
Davlat va huquq nazariyasi
huquqbuzarliklarni intizomiy, fuqaroviy,
ma’muriy va jinoiy turlariga ajratadi. Intizomiy huquqbuzarlik mehnat sohasida,
shuningdek davlat va xizmat vazifasini bajarish jarayonida o’rnatilgan tartib-
qoidalarni buzilishi natijasida kelib chiqadi. Mehnat kodeksida intizomiy
huquqbuzarliklar uchun qo’llaniladigan jazolar bilan bog’liq huquqiy me’yorlar
o’rnatilgan. Kodeksning 181-moddasida xodim mehnat
intizomini buzganligi
uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazolarni qo’llashi mumkinligi belgilangan:
1) hayfsan;
2) o’rtacha oylik ish haqining o’ttiz foizi (ayrim hollarda ellik foizi)dan ortiq
bo’lmagan miqdorda jarima;
3) mehnat shartnomasini bekor qilish.
Intizomiy huquqbuzarliklar uchun jazolar xodim ishlayotgan korxona,
tashkilot va muassasa rahbari tomonidan qo’llanishi mumkin. Harbiy qismda yoki
jazoni ijro etish muassasasida intizom buzilgan deb hisoblanganda, shu qism yoki
muassasa rahbari jazoni qo’llash masalasini hal qiladi.
Fuqaroviy huquqbuzarliklar mulkiy, shaxsiy va nomulkiy shaxsiy
munosabatlar buzilishidan kelib chiqadi. Fuqaroviy huquqbuzarliklar uchun
huquqni
tan olish, huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquq buzilishi
harakatlarini oldini olish, bitim yoki hujjatni haqiqiy emas deb topish, burchni
aslicha
bajarishga majbur qilish, zararni undirish, neustoyka (jarima yoki penya)
undirish, ma’naviy ziyonni qoplash, huquqiy munosabatni bekor qilish yoki
o’zgartirish hamda qonunda ko’rsatilgan boshqa choralarni qo’llash amaliyoti
ko’zda tutiladi. Jarima va zararni qoplash jazo sifatida qo’llaniladi.
Fuqaroviy
huquqbuzarliklar uchun sanktsiyalarni sud va boshqa organlar qo’llashlari
mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik boshqa huquqbuzarliklarga qaraganda jinoyat bilan
bog’liq holatlarga yaqin turadi. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidgi kodeksning 10-
moddasida ma’muiy huquqbuzarlik tushunchasiga ta’rif berilgan. Unga ko’ra,
qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan,
shaxsga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat
29
tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g’ayrihuquqiy, aybli (qasd yoki
ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Ma’muriy huquq boshqaruv munosabatlarini tartibga soluvchi huquq sohasi
bo’lib, ma’muriy sohaga qarshi qaratilgan tajovuz ma’muriy
javobgarlik bilan
birga, ayrim hollarda jinoiy javobgarlikni ham keltirib chiqaradi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qo’llaniladigan jazo aybdorni tuzalish
yo’liga kirishi uchun jinoiy jazo qo’llanilishi uchun bosqich vazifasini ham o’tashi
mumkin. Jumladan, Jinoyat kodeksida belgilangan qasddan badanga yengil shikast
yetkazish (109-modda), voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni
moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash (122-modda), ota-onani moddiy
ta’minlashdan bo’yin tovlash (123-modda), tilanchilik qilish (127
1
-modda), tuhmat
(139-modda), haqorat qilish (140-modda) kabi jinoyatlar uchun avval ma’muriy
jazo berilganligi ahamiyatga ega bo’ladi.
Huquq nazariyasi jinoyatni boshqa huquqbuzarliklardan o’z ob’ekti, ijtimoiy
xavflilik darajasi, huquqqa xiloflilik shakli va yetkazilgan
zarar miqdorini asosiy
farq sifatida tavsiya etadi.
Huquqbuzarlikning har qanday shakli davlat, jamiyat va shaxs manfaatlariga
zarar yetkazadi. Yetkazilgan zarar miqdori, ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyatda
yuqori bo’ladi.
Huquqbuzarliklarning boshqa turlari “sudlanganlik” huquqiy oqibatini
keltirib chiqarmaydi. Jinoyatning sodir etilib, jazodan so’ng qaytadan jinoyat sodir
Do'stlaringiz bilan baham: