45
Jismoniy yoki ruhiy zo’rlik ishlatilishi, yengib bo’lmas kuch ta’sirida sodir
etilgan jinoiy holatlar shaxsni javobgarlikka tortilishidan ozod qiladi.
Bu kabi
holatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar tizimida uchraydi.
Qo’rqitish, jismoniy va ruhiy zo’rlik ishlatish, gipnoz natijasida sodir
etiladigan harakat yoki harakatsizliklar javobgarlik va jazo masalalarida inobatga
olinadi.
Qilmishning ijtimoiy xavfliligini o’rganishda har bir harakat yoki
harakatsizlikni nima maqsadda yoki nima asosida amalga oshirilganligini aniqlash
zarur bo’ladi.
Ijtimoiy xavfli oqibat jinoyat ob’ektiv tomonining
zaruriy belgilaridan biri
bo’lib, ko’plab jinoyatlar dispozitsiyasida to’g’ridan-to’g’ri aks etadi. Jumladan,
hayotga va sog’liqqa qarshi jinoyatlarda jinoyat nomining o’zida buni ko’rishimiz
mumkin. Qasddan odam o’ldirish (97-modda), qasddan badanga og’ir shikast
yetkazish (104-modda) jinoyatlari buning misolidir.
Insonning har qanday harakat yoki harakatsizligi zararli oqibat keltirib
chiqaradi yoki uning real xavfini vujudga keltiradi. Yetkazilgan zarar javobgarlik
masalasiga ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy xavfli qilmishning
oqibatlari moddiy va
moddiy bo’lmagan guruhga ajratiladi. Moddiy oqibatli jinoyatlar mulkiy yoki
moddiy xususiyatlarga ega bo’lgan zararni aks ettiradi. Moddiy bo’lmagan
oqibatlar ma’naviy-axloqiy sohaga yetkazilgan zararda ifodalanadi.
Jinoyat tarkibining ob’ektiv tomoni ijtimoiy xavfli qilmish va ijtimoiy xavfli
oqibat o’rtasidagi sababiy bog’lanishni ham o’z ichiga oladi. Sababiy bog’lanish
jinoyat ob’ektiv tomonining uchinchi zaruriy belgisi hisoblanadi. Jinoiy harakat
yoki harakatsizlik oqibati vujudga kelganda sababiy bog’lanish masalasi ba’zan
ekspertizani talab etadi. Lekin sababiy bog’lanishni doim ekspertiza orqali aniqlash
amaliyoti yo’lga qo’yilmagan. Chunki jinoyatlar turli uslublarda amalga
oshirilganligi bois hamma jinoyatlarni ham sababiy bog’lanishini aniqlash talab
etilmaydi.
Sababiy bog’lanish sodir etilgan jinoyatlarni to’g’ri
kvalifikatsiya qilishda
o’rganiladi. Bunda shaxsning qilmishi kelib chiqqan oqibatga aloqadorlik masalasi
46
ko’riladi. Amaliyotda buni aniqlash uchun voqealar ketma-ketligidan foydalanish
kuzatiladi. Bunda qilmish bilan kelib chiqqan oqibat o’rtasida vaqt bo’yicha
muvofiqlik asosiy mezondir.
Ijtimoiy xavfli qilmish aniq bir oqibat kelib chiqishi darajasida sodir etilishi
yana bir muhim shart bo’lib, sabab natijaga olib kelishi imkoniyati mavjud bo’lishi
lozim. O’z navbatida oqibat sabab kelib chiqishining mantiqiy yakunini tashkil
etishi kerak. Agar amalga oshirilgan harakat yoki harakatsizlik ijtimoiy xavfli
oqibatning muqarrar kelib chiqishiga asos bo’lmasa, sababiy bog’lanish chuqur
tahlil etilishi kerak bo’ladi.
Jinoyatning sodir etish joyi, vaqti, usuli, sharoiti, vositalari va qurollari
jinoyat ob’ektiv tomonining fakul’tativ belgilaridir. Mazkur belgilar juda ko’p
hollarda jinoyat kvalifikatsiya qilinishida zarur hisoblanadi. Buning uchun ushbu
belgilar jinoyatning dispozitsiyasida aks etishi talab etiladi.
Fakul’tativ belgilar ichida jinoyat sodir etish vositasi va quroli masalasi
muammoga jiddiy yondashishni talab etadi. Ularni jinoyat predmetidan farqlash
lozim. Jinoyat sodir etish vositasi jinoyatni amalga oshirish paytida foydalanilgan
predmet, elektr toki va boshqa vositalardan iborat bo’ladi. Jinoyat sodir etish quroli
jinoyat sodir etilishiga bevosita aloqador bo’ladi. Jinoyat
sodir etish vosita va
qurollari jinoyatga suiqasd qilish va uning tamom bo’lishida katta ahamiyatga ega
bo’ladi. Jinoyat sodir etishda foydalanilgan vosita va qurolni bir-biridan farqlash
jazo me’yorini aniq belgilashda qo’l keladi.
Jinoyatning predmeti turli buyum, ashyo, pul yoki boshqa narsalar bo’lishi
mumkin. Jinoyat sodir etish vositasi va kurollari ham jinoyat predmeti bo’lib, ular
o’z ishlatilish o’rniga ko’ra vosita va qurolga aylanadi. Jinoyat predmeti
tushunchasi jinoyatda foydalanilgan ashyolar tufayli ijtimoiy munosabatlarga zarar
yetkazilishi nuqtai nazaridan o’rganiladi. Jinoyat predmeti jinoyat tarkibining
zaruriy belgisi qatoriga kiritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: