Topshiriq
Bir yigit bozorga velosipedda kelib, bozor eshigi yaqinida turgan odamga
velosipedini ushlab turishni iltimos qildi. So’ng yugurib bozor ichiga kirib ketdi.
Velosipedni ushlab nima qilishini bilmay turgan kishini 5 daqiqadan so’ng,
velosiped o’g’irlashda gumon qilib tutib olishdi. Yaxshilik qilmoqchi bo’lgan
kishiga ayblov e’lon qilinib, u uch yilga qamaldi. Bir yildan so’ng jazoni ijro
etish koloniyasida haqiqiy velosiped o’g’risini uchratdi.
- Mahkum nima ish qilishi kerak?
41
Formal tarkibli jinoyatlarda ijtimoiy xavfli qilmish tufayli kelib chiqadigan
oqibat zaruriy belgi hisoblanmaydi. Bunda biror oqibatning kelib chiqishi jinoyat
kvalifikatsiyasiga ta’sir ko’rsatmaydi. Odam o’g’irlash (137-modda), fuqarolarning
turar joyi daxlsizligini buzish (142-modda), vijdon erkinligini buzish (145-modda)
va boshqalar formal tarkibli jinoyatlarga misol bo’ladi.
Kesik tarkibli jinoyatlar jinoyat boshlangan yoki suiqasd qilingan davrdayoq
tamom bo’lgan jinoyat hisoblanadigan qilmishlarga nisbatan ishlatiladi. Bunda
jinoyatning sodir etilgan deb hisoblanishi uning oqibati kelib chiqishidan oldinga
ko’chiriladi. Bunday jinoyatlarga bosqinchilik, talonchilik, tovlamachilik va
boshqalar kiradi.
Jinoyat tarkibining ahamiyati sud’ya tomonidan jinoiy ishning xavflilik
darajasini aniqlash, uni boshqa normalar bilan taqqoslash, aybdorga asosli jazo
berish yoki javobgarlik va jazodan ozod qilishda yaqqol ko’rinadi.
Jinoyatning ob’ekti va uning tasnifi 41
Jinoyatning ob’ekti jinoyat qonunchiligi bilan qo’riqlanuvchi ijtimoiy
munosabatlar hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar inson o’z hayotiy faoliyati
davomida boshqa kishilar bilan o’rnatadigan aloqalari asosida vujudga keladi.
Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil bo’lib, ular iqtisodiy, siyosiy, madaniy, axloqiy,
diniy, huquqiy va boshqa sohalarda vujudga keladi.
Ijtimoiy munosabatlar kishilar o’rtasida huquqiy normalar asosida
shakllanadigan bo’lsa, bunday munosabatlar huquqiy munosabatlar darajasiga
ko’tariladi. Huquqiy munosabatlar davlat, jamiyat va shaxs bilan bog’liq holda
mehnat, oila, davlat boshqaruvi, mulkchilik, moliya, xo’jalik, fuqarolik, ma’muriy,
jinoyat va boshqa huquq sohalarida qaror topadi. O’zida huquqiy normalarni
jamlagan huquq sohalari huquqiy munosabat shaklidagi ijtimoiy munosabatlarni
qat’iy tartibga soladi. Davlat ularni umummajburiylik xususiyatini ta’minlaydi
hamda
huquqiy
ta’sir
choralari
vositasida
qo’riqlaydi.
O’zbekiston
Respublikasidagi mavjud normativ-huquqiy hujjatlardagi barcha ijtimoiy
munosabatlar ham jinoyat tarkibining ob’ekti bo’la olmaydi. Jinoyat kodeksidagi
42
umummajburiy va qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jinoyat tarkibining
ob’ektidir. Kodeksga kiritilmagan munosabatlar ushbu huquq sohasi ob’ekti emas.
Jinoyat kodeksining 2-moddasida shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat
va davlat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligini jinoiy
tajovuzlardan qo’riqlash vazifalar sifatida e’tirof etiladi. Ular jinoyatning ob’ekti
hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlar tizimini tashkil qiladi.
Ijtimoiy munosabatlarda predmet ham muhim ahamiyatga ega. Predmet
ashyo, pul, buyum yoki boshqa shaklda bo’lishi mumkin. Predmet va ob’ektni
aralashtirish mumkin emas. Predmet moddiy xususiyatga ega bo’ladi. U ob’ekt
ham bo’lishi mumkin. Jumladan, talonchilik (166-modda) jinoyatini olib
ko’radigan bo’lsak, o’zganing mulki predmet bo’lishi bilan birga, jinoyatning
ob’ekti ham hisoblanadi. Lekin jinoyat predmeti jinoyat ob’ekti bo’lmasligi ham
mumkin. Vijdon erkinligini buzish (145-modda), mehnat qilish huquqini buzish
(148-modda) va davlatga xoinlik qilish (157-modda) kabi jinoyatlarda jinoyat
predmeti hisoblanuvchi ashyo, pul yoki boshqa buyumlar ahamiyatga ega
bo’lmaydi. Shu bois jinoyat predmetini jinoyatning zaruriy belgisi deb bo’lmaydi.
Jinoyatning tarkibiy elementlaridan biri bo’lgan jinoyatning ob’ekti uchta
shaklga ajratiladi:
-
umumiy ob’ekt;
-
maxsus ob’ekt;
-
bevosita ob’ekt.
Umumiy
ob’ektlar JKning 2-moddasida bayon etilgan ijtimoiy
munosabatlardan iborat bo’ladi. Umumiy ob’ekt barcha jinoyatlar uchun bitta
bo’lib, u ko’proq ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega. Zero, sodir etilgan har qanday
jinoyat ijtimoiy munosabatlarda o’z izini qoldiradi.
Maxsus ob’ekt jinoyatlarning mazmun-mohiyatiga ko’ra bir-biriga yaqin
bo’lgan shakllari yig’indisidan tashkil topadi. Jumladan, qasddan badanga og’ir
shikast yetkazish (104-modda), qasddan badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazish
(105-modda), kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og’ir yoki
o’rtacha og’ir shikast yetkazish (106-modda), zaruriy mudofaa chegarasidan chetga
43
chiqib, qasddan badanga og’ir shikast yetkazish (107-modda), ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib,
qasddan badanga og’ir shikast yetkazish (108-modda), qasddan badanga yengil
shikast yetkazish (109-modda), qiynash (110-modda) jinoyatlari mohiyatiga ko’ra
bir-biriga yaqin bo’lganliklari sababli ular sog’liqqa qarshi jinoyatlar maxsus
ob’ektini tashkil etadi. Jinoyat kodeksining Maxsus qismi maxsus ob’ektni
inobatga olgan holda tuziladi.
Agar umumiy ob’ektda Jinoyat kodeksi Maxsus qismidan o’rin olgan barcha
jinoyatlar nazarda tutilsa, maxsus ob’ektda Maxsus qismning boblarida jamlangan
normalardagi ijtimoiy munosabatlar nazarda tutiladi.
Bevosita ob’ekt jinoiy tajovuz yo’naltirilgan ijtimoiy munosabatdir. Ushbu
munosabat Maxsus qismning alohida normalarida aks etadi. Bevosita ob’ektni
aniqlash jinoyatni kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlash uchun amaliy ahamiyatga
ega bo’ladi. Ba’zan jinoyat sodir etgan shaxs birdaniga bir necha jinoyatni sodir
etishi ham mumkin. Bunda bir necha bevosita ob’ektga zarar yetkaziladi. Ayrim
hollarda bitta jinoyatni sodir etish orqali ikki va undan ortiq bevosita ob’ektga
zarar yetkazilishi ham mumkin. Ko’pincha bosqinchilik (164-modda) jinoyati
misol qilib keltiriladi. Bu jinoyat ikki ob’ektli jinoyat hisoblanadi. Jinoyatning
birinchi
bevosita
ob’ekti
o’zgalarning
mol-mulki
bo’lsa,
ikkinchisi
jabrlanuvchining salomatligi bo’ladi. Harbiy sohadagi jinoyatlar doirasida badanga
shikast yetkazish (283-modda) jinoyati mavjud bo’lib, uning dispozitsiyasida
harbiy xizmat yuzasidan o’z vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki
bajarayotgan vaqtda boshliqni do’pposlash, uning badaniga yengil yoki o’rtacha
og’ir shikast yetkazish ko’rsatilgan. Bunda asosiy ob’ekt harbiy ustav asosidagi
bo’ysinuv tartibi bo’lsa, qo’shimcha bevosita ob’ekt boshliqning salomatligidir. Bu
kabi ikki ob’ektli jinoyatlarga tovlamachilik, qasddan bankrotlikka olib kelish,
bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish va boshqalarni ham misol qilib
keltirishimiz mumkin.
Agar jinoyatning bevosita ob’ektlari bir nechta bo’lsa, ularning bittasi asosiy
ob’ektga aylanadi. Aynan shu ob’ekt Jinoyat kodeksining Maxsus qismi boblaridan
44
biriga kiritish uchun asos bo’ladi. Keyingi ob’ektlar qo’shimcha bevosita ob’ekt
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |