O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Ayb tushunchasi va uning shakllari



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Ayb tushunchasi va uning shakllari
Ayb – shaxsning sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatlariga 
bo’lgan ruhiy munosabatidir. Aybning shakllari haqida JKning 5-bobida huquqiy 
me’yorlar o’rnatilgan. Uni quyidagi sxema orqali ifodalashimiz mumkin: 
8-rasm. Aybning shakllari 
Sxemadan ko’rinib turibdiki, aybning qasd va ehtiyotsizlik shakli ham 
farqlanuvchi qismlarga ega.
aybning shakllari
qasd
to'g'ri qasd
egri qasd
murakkab aybli 
jinoyat
ehtiyotsizlik
o'z-o'ziga 
ishonish
beparvolik


56 
Jinoyatni qasddan sodir etishga JKning 21-moddasida qat’iy me’yor 
o’rnatilgan. Uni qisqartirib shunday ta’riflash mumkin: bajarilgan jinoyatni sodir 
etgan shaxs o’z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va shunday 
qilmishni sodir etishni istagan bo’lsa, jinoyat qasddan sodir etilgan hisoblanadi.
Qasddan sodir etilgan jinoyatlarning to’g’ri qasd va egri qasd shakllari 
mavjud. Agar shaxs o’z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan, 
uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko’zi yetgan va ularning yuz berishini istagan 
bo’lsa, jinoyat to’g’ri qasddan sodir etilgan hisoblanadi.
Egri qasd bundan biroz farqlanib, shaxs o’z qilmishini ijtimoiy xavflilik 
xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko’zi yetgan va ularning 
yuz berishiga ongli ravishda yo’l qo’ygan bo’lsa, jinoyat egri qasddan sodir etilgan 
deb topiladi.
Qasddan sodir etilgan jinoyatlarning xususiyatlariga e’tibor beradigan 
bo’lsak, to’g’ri va egri qasdda tafakkuriy holatning, ya’ni shaxs o’z qilmishini 
ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko’zi 
yetganligi bir xilda ekanligini ko’ramiz. Irodaviy holatda qasdning ikki turi 
farqlanadi: to’g’ri qasd holatida shaxs jinoiy oqibatning yuz berishini istaydi; egri 
qasdda jinoiy oqibatning yuz berishiga ongli ravishda yo’l qo’yadi.
To’g’ri qasdda oqibat yuz berishiga nisbatan istak yuqori bo’ladi, egri 
qasdda jinoiy oqibat kelib chiqishiga befarqlik bilan qaralib, unga ongli ravishda 
yo’l qo’yiladi. Egri qasdni aniqlash uchun jinoiy qilmish sodir etilgandan keyingi 
vaqt oralig’ini kuzatish lozim.
Jinoyatning ehtiyotsizlik shakllari beparvolik va o’z-o’ziga ishonishdan 
iborat bo’ladi. JKning 22-moddasi dispozitsiyasida har ikki shaklga baho berilgan. 
Jumladan, agar jinoyat sodir etgan shaxs o’z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan 
ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko’zi yetib, ehtiyotkorlik 
choralariga ongli ravishda rioya etmagan holda, bunday oqibat kelib chiqmasligiga 
asossiz umid qilgan bo’lsa, bunday jinoyat o’z-o’ziga ishonish oqibatida sodir 
etilgan jinoyat deb topiladi. Bunga avtomobil boshqarib ketayotgan shaxs o’z 


57 
qobiliyatiga ishongan holda tezlikni oshirishi tufayli jinoiy oqibatni keltirib 
chiqarishi mumkinligini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Ehtiyotsizlikning beparvolik shakli o’z-o’ziga ishonishdan farq qiladi. Agar 
jinoyatni sodir etgan shaxs o’z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli 
oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko’zi yetmasada, lekin ko’zi yetishi 
lozim va mumkin bo’lsa, bunday jinoyat beparvolik oqibatida sodir etilgan 
hisoblanadi. Bunga davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo’qotish 
(163-modda), o’qotar qurol yoki o’q-dorilarni beparvolik bilan saqlash (249-
modda) jinoyatlarini misol qila olamiz. 
Jinoyat qonunchiligida murakkab aybli jinoyatlar tushunchasi ham mavjud. 
Bunda qasd va ehtiyotsizlikning bir-biriga birikib ketish holatiga guvoh bo’lamiz. 
Amaliyotda shunday holatlar ham uchraydiki, jinoiy qilmishda qasd va 
ehtiyotsizlik elementlari ham uchraydi. Bunday holatlar bo’yicha JKning 23-
moddasida aniqlik kiritilgan. Unga ko’ra, shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi 
natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va 
shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog’lagan bo’lsa, bunday 
jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. Bunga jinoyat qonunidagi odam savdosi 
(135-modda III qism b) bandi), terrorizm (155-modda III qism a) bandi), sifatsiz 
yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o’tkazish 
maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o’tkazish, 
shuningdek, dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida 
realizatsiya qilish (186
3
-modda III qism v) bandi) kabi jinoyatlarni misol qila 
olamiz.
Aybning ahamiyati jinoyatni boshqa huquqbuzarliklardan farqli jihatlarini 
ajratishda yordam beradi. Shuningdek, bir-biriga o’xshash jinoyatlarni 
kvalifikatsiya qilishda o’ziga xos jihatlarini aniqlab beradi.
Qasd va ehtiyotsizlik shakllari jazo tayinlanishida hamda jinoyatlarni 
ijtimoiy xavfliligiga ko’ra turlarga ajratish mezonlaridan biri vazifasini o’taydi. 
Qasddan sodir etilgan jinoyatlar ehtiyotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan 
ijtimoiy xavfliligi bilan ahamiyatlidir. 


58 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish