51
Jinoyat sub’ektining aqli rasoligi yana bir muhim belgi bo’lib, faqat jismoniy
shaxsgina o’z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi va harakatlarini
boshqara olishi mumkin. O’z xatti-harakatining ijtimoiy
xavflilik xususiyatini
anglay olmaydigan va uni boshqara olmaydigan shaxslar aqli noraso shaxs
hisoblanadi. Ularga jinoiy javobgarlik qo’llanilmaydi. Ayrim hollarda jinoyatni
sodir etgan shaxslar javobgarlikdan qutulish uchun o’zlarini aqli noraso qilib
ko’rsatish amaliyoti ham uchrab turadi. Bunday
hollarda sud-psixologik
ekspertizasi o’tkaziladi va masalaga oydinlik kiritiladi.
Mavsumiy ruhiy xastalikka uchrash, bolalikdan ruhiy nosog’lomlik, ishlab
chiqarish jarayonida yoki halokat tufayli ruhiy nosog’lom bo’lib qolish kabi aqli
norasolik ko’rinishlarini faqat ekspertiza aniqlay oladi. JKning 18-moddasiga
ko’ra, aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan
sud tomonidan tibbiy yo’sindagi majburlov choralari tayinlashi mumkin.
Tibbiy mezonlar ruhiy xastaliklarni quyidagi belgilariga asoslanadi:
a) surunkali ruhiy xastalik;
b) ruhiy holatning vaqtincha buzilganligi;
v) aqli zaiflik;
g) boshqa tarzdagi ruhiy xastalik.
Jinoyat kodeksining 18
1
–moddasida aqli norasolikni
istisno etmaydigan
tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsning javobgarligi o’rin olgan. Unda jinoyat sodir
etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o’z harakatlarining ahamiyatini to’liq
darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs
javobgarlikka tortilishi belgilangan. Moddaning ikkinchi qismida buning uchun
sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qo’llanilishi
mumkinligi belgilangan.
Aqli norasolikning yuridik mezonlari shaxsning o’z harakatlari ahamiyatini
anglay olmasligi va uni boshqara olmasligida namoyon bo’ladi.
Shaxsni aqli
noraso deb topish uchun tibbiy va yuridik mezonlarning bir vaqtda mavjud
bo’lishligi talab etiladi.
52
Jinoyat-protsessual jarayonlarida shaxsning jinoyat sodir etish paytida
mastlik holatida bo’lganligi ko’p uchraydigan hodisa hisoblanadi. JKning 19-
moddasiga ko’ra, mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari,
psixotrop yoki odamning aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’sirida
jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, ba’zan shaxslarning
aqliy rivojlanish
holatida tengdoshlariga nisbatan orqada qolish holatlari ham ro’y beradi. Bunda
aqliy rivojlanishda orqada qolgan shaxslar aqli rasolarga tenglashtiriladi, ammo
sud tomonidan jazo tayinlanishida bu holat inobatga olinib,
shartli jazo tayinlash
yoki jazodan ozod qilish masalalari ko’rib chiqiladi.
O’z qilmishi va uning oqibatini anglash, xatti-harakatini baholay olish
insonning ma’lum bir yoshga yetganida to’liq shakllanadi. Hayotiy tajriba nima
to’g’ri, nima noto’g’ri ekanligini shaxs ongida shakllantirib boradi.
Umumiy tartibga ko’ra, jinoiy javobgarlik 16 yoshdan belgilanadi.
Aynan
shu yoshda shaxs o’z fe’l-atvori jamiyat uchun zararli yoki foydali ekanligini
yaxshi anglaydi. Lekin ayrim jinoyatlarni bu yoshga to’lguncha ham tushunib
yetadi. Jumladan, qasddan odam o’ldirish jinoyatining ikkinchi qismida ko’zda
tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 13 yoshdan javobgarlik belgilangan.
Jinoyat kodeksining 17-moddasida jinoiy
javobgarlikka tortish yoshi
bo’yicha me’yorlar mavjud. 13 yosh uchun bitta, 14 yoshlilar uchun qasddan odam
o’ldirish, qasddan badanga shikast yetkazish, nomusga tegish, bosqinchilik,
tovlamachilik,
talonchilik, o’g’rilik kabi jinoyatlarni sodir etganlik uchun
Do'stlaringiz bilan baham: