1 BOB. JINOYAT HUQUQINING TUSHUNCHASI, PREDMETI VA
VAZIFALARI
O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining predmeti va vazifalari
Jinoyat huquqi – O’zbekiston milliy huquq tizimining mustaqil tarmog’i
bo’lib, qilmishni jinoyat sifatida e’tirof etish, javobgarlik va jazoni belgilash bilan
bog’liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tarmog’i hisoblanadi.
Ushbu huquq sohasi haqida berilgan ta’rif va tavsiflar anchagina ko’p bo’lib, ular
jinoyat huquqining mazmun-mohiyatini ochib berishga yordam beradi.
Jinoyat huquqi to’g’risida bildirilgan qarashlar ham xilma-xil bo’lib,
jumladan, M.Rustamboevning fikricha, jinoyat huquqi tushunchasi qonunchilik
sohasi, huquq tarmog’i, yuridik fan va o’quv tarmog’i ma’nolarida qo’llaniladi
1
.
Uning har qanday ma’nodagi shaklini o’rganish jinoyat huquqi fanini yanada
yaxshiroq anglash uchun ahamiyatlidir.
Ushbu huquq sohasi umumiy va maxsus qismlarga ajratiladi. Jinoyat
kodeksining Umumiy qismi jinoyat huquqining vazifa va printsiplari, uning amal
qilish doirasi, javobgarlik asoslari, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi
holatlar, jazo, javobgarlik va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligi,
tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini o’z ichiga oluvchi huquqiy munosabatlarni
qamrab oladi. Ushbu qism o’zida nazariy tushunchalarni aks ettiradi hamda
Maxsus qismda bayon etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish uchun asos
vazifasini o’taydi.
Jinoyat huquqi o’z predmeti, vazifalari, o’rganish metodlari, printsiplariga
ega. Har qanday fan o’z o’rganish doirasiga ega bo’lgani kabi jinoyat huquqi ham
yuridik fan sifatida ijtimoiy munosabatlar doirasida qaror topadi. Fanning predmeti
jinoyat huquqiy normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir.
Mazkur munosabatlar shaxsga, tinchlik va xavfsizlikka, mulkchilikka, atrof
muhitga, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat
tartibiga, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga hamda harbiy xizmatni o’tash
1
Rustamboev M. Jinoyat huquqi. Darslik. –T.: ILM ZIYO, 2006. –18 bet.
7
tartibiga qarshi qaratilgan tajovuzlar natijasida kelib chiqadi. Bu jihatdan jinoyat
huquqi ma’muriy huquqbuzarlik sohasining predmetiga o’xshash munosabatlarni
qamrab olayotgandek taassurot paydo bo’ladi. Haqiqatdan har ikki soha o’rtasida
o’xshashliklar mavjud, lekin jinoyat huquqi tufayli kelib chiqadigan oqibatlarning
og’irligi sohani ajratib turadi.
Jinoyat huquqi sohasi predmetining o’ziga xos jihati shundan iboratki,
Jinoyat kodeksiga kiritilmagan ijtimoiy munosabatlar fanning predmeti
hisoblanmaydi. Fan faqat Jinoyat kodeksi bilan chegaralangan munosabatlarga
ta’sir o’tkazadi. Jinoyat kodeksida ko’zda tutilmagan ijtimoiy xavfli qilmishning
sodir etilishi uchun jinoiy jazo berilishi ta’qiqlanadi. Bundan kelib chiqadiki,
jinoyat huquqi fani uchun predmetning asosi Jinoyat kodeksining huquqiy
normalarida aks etadi.
Jinoiy huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismiga
kiradi. Bu munosabatlar salbiy yoki ijobiy xususiyatlarga ega bo’ladi. Jinoyat sodir
etilishida aybdor bo’lgan shaxslar o’z xatti-harakati yoki harakatsizligi natijasida
kelib chiqqan ijtimoiy og’ir oqibat uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Haqli
ravishda jinoyatning og’ir-yengilligiga qarab jinoiy jazo beriladi. Bu uning salbiy
xususiyatlarini ifodalaydi.
Jinoyat huquqi faqat jazo berish maqsadlarini ko’zlamaydi. Uning
rag’batlantiruvchi, ya’ni ijobiy xususiyatlari ham mavjud. Agar jinoyat sodir
etilishida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi jinoyat sodir etishdan
ixtiyoriy ravishda qaytgan, jinoyat ochilishiga yordam bergan, aybiga chin
ko’ngildan pushaymon bo’lgan hamda javobgarlik va jazodan ozod qilish, shartli
hukm qilish, muddatidan oldin jazodan ozod qilish bilan bog’liq holatlarda ushbu
xususiyatlar namoyon bo’ladi. Shu bois jinoyat huquqi predmeti rag’batlantiruvchi
xususiyatga ega ijtimoiy munosabatlarni ham o’z ichiga oladi.
Jinoyat huquqi tartibga solish va muhofaza qilish uslublariga ega.
Fanning vazifalari Jinoyat kodeksining 2-moddasida bayon etilgan.
Vazifalarni quyidagi qismlarga ajratish mumkin, ya’ni: shaxs, uning huquq va
erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik va insoniyat
8
xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo’riqlash; jinoyatlarning oldini olish;
fuqarolarni konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash.
Jinoyat huquqining asosiy vazifasi ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadlarida
jinoyatchilikka qarshi kurashdan iborat. Kurash jarayonida ijtimoiy munosabatlar
himoya qilinadi. Olib borilgan protsessual harakatlar natijasida jinoyatchining
jinoiy faoliyatiga chek qo’yiladi. Unga jazo va boshqa ta’sir chorasining
qo’llanilishi jamiyat a’zolariga ruhiy ta’sir o’tkazadi. Bunda ozodlikdan mahrum
qilish jazosining ahamiyati sezilarli ahamiyatga ega bo’ladi. Jinoyat uchun
jazoning muqarrarligi huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo’lgan fuqarolarni es-
hushini yig’ib olishga majbur qiladi. Ularda Konstitutsiya va qonunlarimizga
nisbatan itoatkorlik ko’nikmalarini shakllantiradi. Mazkur vazifalar ko’proq
umumiy xarakter kasb etadi.
JKning 2-moddasining ikkinchi qismida maxsus xususiyatga ega vazifalar
ham o’rin olgan. Unda umumiy xususiyatli vazifalarni bajarish uchun Jinoyat
kodeksida sodir etilgan qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligi, ularni
jinoyat printsiplariga mos kelish-kelmaslik darajasi va uning uchun belgilanadigan
javobgarlik asoslari aniqlanadi. Bunda qilmishni sodir etgan shaxslarga nisbatan
qo’llash mumkin bo’lgan jazo va boshqa ta’sir choralari belgilanadi. Tasavvur
hosil qilish uchun biror faktni olamiz. Aytaylik, 19 yoshga to’lgan A.ismli fuqaro
dehqon bozoridagi B. ismli tadbirkorga tegishli kiyim-kechak do’koniga
o’g’rilikka kirdi va u yerdan qiymati 8 million so’mlik tovarlarni yashirincha
talon-taroj qilib, uni o’z ehtiyojlari uchun ishlatib yubordi. Mazkur holatni jinoyat
sifatida e’tirof etish uchun jinoyat huquqi qilmishning tarkibini tashkil qiluvchi
o’zganing mulkni talon-taroj qilinishi, harakat bilan sodir etilganligi, sub’ektning
qonun bilan belgilangan yoshga yetganligi, aqli rasoligi, qasddan sodir etilganligi
bilan bog’liq vaziyatni oydinlashtiradi. Sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibining
barcha alomatlarining mavjudligi shaxsni javobgarlikka tortish uchun asos
bo’lmasligi mumkin. Xususan, qo’shnining bog’idan bitta olmaning o’g’irlanishi
A.ismli shaxsning do’konni o’marganidan farq qiladi. Har ikki holatda ham JKning
169-moddasida ko’zda tutilgan alomatlar mavjud, lekin ularning ijtimoiy xavfliligi
9
turlichadir. Ularga jazo berilishi jinoyat printsiplari vositasida aniqlanadi.
Qilmishning xavflilik darajasi jazo yoki boshqa ta’sir chorasi qo’llanishini ham
belgilaydi.
Jinoyat huquqining vazifalari bular bilan tugab qolmaydi. Zotan, mazkur
huquq sohasi fan sifatida jinoyat, javobgarlik, jazo asoslarini o’rganish,
jinoyatchilikning oldini olish, jamiyat a’zolarini tarbiyalash bilan cheklanib
qolmasdan, tadqiqotchi, o’quvchi, talaba va oddiy qiziquvchilarga o’rgatish
vazifalarini ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |