13
asosida shakllanadi hamda kishilar ijtimoiy hayotida katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Axloqqa zid xatti-harakatlar uchun jamiyat kurashadi.
Huquq davlat organlari
tomonidan vujudga keltiriladi, umummajburiy
kuchga ega bo’ladi va davlat tomonidan qo’riqlanadi. Huquqning shakllanishida
jamiyatda qaror topgan axloqiy munosabatlar ham o’z o’rniga ega. Shuningdek,
huquqiy me’yorlar ishlab chiqilishida axloqiy qadriyatlar
bilan birga mamlakatda
yashovchi xalqlarning milliy o’ziga xosligi, mentaliteti, dini kabi omillar ham
inobatga olinadi. Lekin axloqiy me’yorlar huquqiy normalar asosini belgilab
beradi, deyish ham to’g’ri emas. Sabab bir davlat hududida
axloq tamoyillari va
qadriyatlari uning turli chekkalarida turlicha darajada amal qiladi.
Huquq va axloqning amal qilish chegaralarini belgilash mumkin bo’lsa,
bunda axloqning ustunligini ko’ramiz. Huquq ijtimoiy hayotning barcha sohalarini
qamrab olish imkoniga ega emas.
Huquq printsiplari jamiyatning ma’naviy-axloqiy omillari bilan huquqiy
me’yorlarining o’zaro muvofiqlashuviga xizmat qiladi. Printsiplar bunda
bog’lovchi vazifasini o’taydi. Javobgarlik, jazo masalalarida
muammoni jamiyat
foydasiga o’zgartirish uchun asos vazifasini bajaradi.
Davlat va huquq nazariyasiga oid adabiyotlarda printsiplar turli mezonlar
asosida tasniflanadi. Ular qay yo’sinda tasniflanishidan qat’iy nazar, o’z mazmun-
mohiyatini o’zgartirmaydi. Jinoyat huquqi printsiplari 4-10-moddalarida o’z aksini
topgan.
Qonuniylik.
Ushbu printsip sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga
sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari Jinoyat kodeksi
bilan belgilanishini
o’zida ifoda etadi. Shuningdek, hech kim sudning hukmi bo’lmay turib, jinoyat
sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi
mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxs qonunda belgilangan
huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi. Jinoyat kodeksining 4-
moddasida bayon etilgan ushbu qoidalar jinoyat huquqiy
munosabatlarining faqat
qonunga bo’ysunishini ifoda etadi. Qilmishni jinoyat deb e’tirof etish,
14
javobgarlikni belgilanishi, jazoning tayinlanishi bilan bog’liq barcha jarayonlar
Jinoyat kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Kodeksda nazarda tutilmagan qilmishlar jinoiy jazoga tartilish uchun asos
bo’lmaydi. Qonuniylik printsipida aybsizlik prezumptsiyasi
asoslari ham aks
ettirilgan. Shuningdek, ushbu printsip jinoyat qonunchiligi normalarini analogiya
bo’yicha kvalifikatsiya qilinishiga yo’l qo’ymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: