O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
 
XAMRAQULOV ZAFARJON YIGITALIYEVICH 
 
 
 
 
JINOYAT HUQUQI
fanidan 5111600- Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq
ta’limi yo’nalishi bakalavriat talabalari uchun o’quv qo’llanma 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2020 
 



UO’K:
KBK:
Mazkur qo’llanma pedagogika ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 5111600 
– Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishining bakalavriat 
talabalari uchun mo’ljallangan. Qo’llanmada jinoyat qonunchiligi asoslari, jinoyat 
huquqi tizimi, tarkibi, javobgarlik, jazo, voyaga yetmaganlar javobgarligi, tibbiy 
yo’sindagi majburlov choralari hamda jinoyatlarning turlari o’rganiladi. Undan 
o’qituvchilar, magistrlar va mustaqil o’rganuvchilar foydalanishlari mumkin.
Qo’llanma Qo’qon davlat pedagogika instituti Ilmiy kengashining 2020 yil ----
-dagi №--- - yig’ilish qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan.
Muallif:
 
Xamraqulov Z.Y. 
Qo’qon davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi.
Mas’ul muharrir:
N.Siddiqov 
QDPI dotsenti, yuridik fanlari nomzodi
 
 
Taqrizchilar:
M.O’rozaliev 
TDYuU dotsenti, yuridik fanlari doktori (DSs) 
U.Shokirov 
O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sud’yasi
 



KIRISH
O’zbekiston Respublikasida erkin, demokratik davlat barpo etish inson 
huquq va erkinliklarini himoyalashni, davlat va jamiyat hayotida qonun 
ustuvorligiga erishishni talab etadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan 
islohotlarning tub mohiyati inson omilini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, barcha 
demokratik o’zgarishlar ushbu asosda amalga oshirilmoqda. Jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy sohalarini yangilanishlarga olib kelishga yo’naltirilgan islohotlar 
davlatning qudratli huquqiy mexanizmi bilan qo’riqlanishi vositasida ro’yobga 
chiqariladi.
Huquqning qo’riqlovchi funktsiyasi davlat siyosati samaradorligini 
ta’minlashda yetakchi ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday hollarda javobgarlik 
asoslarini belgilovchi huquq sohalarining o’rni ko’zga tashlanadi. Jinoyat huquqi 
bunday huquq sohalari ichidagi yeng ahamiyatli tarmoq hisoblanadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotdagi qonun ustuvorligining ta’minlanishi 
ko’p jihatdan jinoyat huquqining davlat va jamiyatda amal qilish darajasiga 
bog’liqdir. Jinoyat huquqi shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat 
manfaatlarini, mulk, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligini jinoiy 
tajovuzlardan qo’riqlash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni 
Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash vazifalarini bajaradi. 
Mazkur qonunchilik doirasida qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz 
qilganlik uchun belgilanadigan jazolar o’zining og’ir salbiy oqibatlar keltirib 
chiqarishi bilan ajralib turadi.
Jinoyat kodeksi jazolari liberallashib boradigan qonunchilik hujjati 
hisoblanib 1994 yil 22 sentyabrdan boshlab hozirgacha 300 dan ortiq o’zgartish va 
qo’shimchalar bo’yicha 70 ga yaqin qonunlar qabul qilingan. Yangi kiritilgan 
huquqiy 
normalar 
mamlakatimizdagi 
fuqarolik 
jamiyatini 
rivojlantirish 
maqsadlariga uyg’unlashtirilgan bo’lib, ularning asosiy qismi jazolarning 
yengillashtirilganligi xususiyatlari bilan ajralib turadi. O’zgartish va qo’shimchalar 
jinoyatchilikka qarshi kurashda adolat tantanasini ta’minlash maqsadlariga 



qaratilgan. Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlarni dekriminallashtirish, 
jazolarning ozodlikni mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan turlarini amaliyotga 
ko’proq qo’llash sud-huquq tizimi islohotlarining bugungi bosqichida dolzarb 
ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga 
yo’llagan Murojaatnomasida “jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish va 
liberallashtirish bo’yicha ishlarni davom ettirish lozim”ligi xususida zarur 
topshiriqlar berishdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 
maydagi PQ-3723-sonli “Jinoyat va Jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini 
tubdan 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 
Qarori 
asosida 
“O’zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual qonunchiligini 
takomillashtirish kontseptsiyasi” ishlab chiqildi.
Kontseptsiya 
jinoyat 
qonunchiligini 
xalqaro 
standartlar 
bilan 
muvofiqlashtirish, jinoiy jazolar tizimi va ularni tayinlash tartibini qayta ko’rib 
chiqish, jazoni yengillatish yoki jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishni ko’zda 
tutuvchi normalarni kengaytirish, xavfliligi yuqori bo’lmagan jinoyatlarni 
dekriminallashtirish kabi vazifalarni o’zida aks ettirgan. Kontseptsiya vositasida 
jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish, inson huquq va 
erkinliklari himoyalanishining kafolatlash nazarda tutilgan.
Jamiyatimizda jinoyatchilikni kamaytirish, aholining huquqiy savodxonligi, 
huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadlarida jinoyat huquqi asoslarini 
xalqimizga yetkazish hozirgi davrda dolzarb ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. 
Sodir etilgan jinoyat uchun qo’llaniladigan jazolar og’ir oqibatlar keltirib 
chiqarishiga yo’l qo’ymaslik uchun jinoyat qonunchiligini fuqarolarimizga to’g’ri 
yetkazilishini yo’lga qo’yishimiz zarur. Qonunchilik asoslarini yosh avlod ongiga 
singdirish uchun pedagog mutaxassislar tayyorlanadigan ta’lim muassasalarida 
ushbu huquq sohasi samarali o’qitilishini ta’minlashimiz talab etiladi.
Pedagogik ta’limning 5111600 – Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq 
ta’limi yo’nalishi talabalari uchun jinoyat huquqi bo’yicha esa darslik va 
qo’llanmalar ayni paytlarda yetarli emas. Shu kungacha jinoyat huquqi bo’yicha 



huquqshunos olimlardan M.Usmonaliev, M.Rustamboev, Y.Karaketov, F.Tohirov, 
B.Ahrorov, To’xtamurod Rustam, S.Saxaddinov, D.Kenjaboev va boshqalar 
tomonidan oliy yuridik ta’lim yo’nalishidagi talabalar uchun darslik va 
qo’llanmalar tayyorlangan. Ularning mehnatlarini e’tirof etgan holda shuni 
qo’shimcha qilamizki, jinoyat huquqiga oid darslik va qo’llanmalar yuridik ta’lim 
muassasalarida keng o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, ushbu o’quv predmetini
o’rganadigan bo’lajak pedagoglar uchun ayrim muammolarni keltirib chiqarishi 
tabiiy. Shu bois pedagogik ta’lim muassasalarida mazkur fanni soddalashtirilgan 
holga keltirib, talabalar va magistrlarga taqdim etishni zarur deb topdik.
Qo’llanmada huquqshunos olimlarimizning asarlaridagi ilmiy-nazariy 
qarashlardan, 
shuningdek 
Jinoyat 
kodeksi, 
Jinoyat-protsessual 
kodeksi, 
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, Oliy sud qarorlari va boshqa 
manbalardan foydalanilgan.
Qo’llanmaning maqsadi talabalarning jinoyat qonunchiligi bo’yicha nazariy 
bilimlarini kengaytirishdan iborat. Shuningdek, hayotda uchraydigan voqeliklar 
yordamida amaliy ko’nikmalar rivojlantirilishiga harakat qilingan.




Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish