Jinoyat huquqining boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Yuridik fanlar o’z ahamiyati jihatidan ijtimoiy fanlar orasida ajralib turadi.
Ularning har biri huquqiy normalar vositasida ijtimoiy munosabatlarning ma’lum
bir sohasini tartibga soladi.
Jinoyat huquqi huquqshunoslikning muhim tarmog’i hisoblanib, jinoyat va
jinoyatchilik sohasining umumiy xususiyatlari, belgilari, normalari va rivojlanish
qonuniyatlarini o’rganadi. Jinoyat huquqi o’z normalari, institutlari bilan jinoyat
huquqi sub’ektlarining xatti-harakati va harakatsizligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Ushbu huquq Jinoyat kodeksi normalarida aks etgan harakat yoki harakatsizliklarni
amalga oshirishni ta’qiqlaydi.
Jinoyat huquqining normalari shakllanishiga O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, xalqaro standartlar va boshqa normativ hujjatlarda aks etgan
me’yorlar ta’sir ko’rsatadi. Normativ hujjatlar Jinoyat kodeksida belgilangan
Topshiriq
O’zbekiston fuqarosi ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga borib, Tojikiston
fuqarolari bilan bir joyda bo’lib turgan vaqtida Turkiya davlatida turib,
odamlarni jihodga da’vat qilayotgan millati o’zbek, Qirg’iziston fuqaroligiga
ega bo’lgan, shartli ismi Abdulloh nomli kishi bilan tojikistonliklar orqali
internet vositasida tanishdi. Uning telefon orqali jo’natgan ekstremistik
g’oyalar aks etgan elektron fayllarini Qozog’istondagi tanishlariga ijtimoiy
tarmoqlar orqali jo’natib turdi.
- Uning qilmishi qaysi davlat qonunchiligi bilan kvalifikatsiyalanadi?
10
sanktsiyalarni bevosita o’zida aks ettirmaydi. Ular Jinoyat kodeksi bilan
tayinlanadigan sanktsiyaning gipotezasi va dispozitsiyasiga taalluqli me’yorlarni
o’zida saqlaydi. Jumladan, JKning 226-moddasi “Ma’muriy nazorat qoidalarini
buzish” deb nomlanadi, ammo ushbu nazorat qoidalari nimalardan iborat ekanligi
kodeksda bayon etilmaydi. Bu kabi misollarni JKning 144, 146, 148, 174, 200, 204
va boshqa normalari dispozitsiyasida ham ko’rishimiz mumkin.
Jinoyat huquqining normalari ko’proq imperativ xususiyatga ega bo’lib,
sub’ektlarning xohish-irodasidan ustun turadi. Yarashilganlik munosabati bilan
javobgarlik va jazodan ozod qilish imkonini beruvchi moddalarda tomonlarning
tengligini ta’minlashga yordam beruvchi me’yorlar ham o’rnatilgan.
Huquqning ma’naviyat, axloq, din, ruhiyat tushunchalari bilan o’zaro
aloqadorligi fonida jinoyat huquqi ham boshqa fanlar bilan aloqadordir. Xususan,
qilmishni jinoyat sifatida e’tirof etish uchun shaxsning aqli rasoligi, jinoyatni sodir
etishda qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi aybning mavjudligi jinoyatning sodir
etilishiga ruhiy munosabat masalalarini hal etishda, shuningdek, qilmishning
jamiyatga nisbatan xavflilik darajasini aniqlashda ijtimoiy fanlar yordam beradi.
Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda tergovchi, prokuror va sud’yaga ushbu fan
sohasidagi bilimlar qo’l keladi. Shuningdek, jinoyat-protsessual huquqi jarayonga
ekspert va mutaxassisni ham jalb etishning huquqiy asoslarini belgilagan.
Ayblanuvchilar jinoiy javobgarlikdan qochish yoki jazoni yengillashuviga umid
qilib tergov jarayonida turli vajlarni keltirishadi. Shulardan ayrimlarida o’z xatti-
harakatini boshqara olmay qolgan holatga (fanda affekt holat deyiladi) tushib
qolgani sababli jinoyatni qanday sodir etganligini eslay olmasligini aytishadi.
Ba’zan haqorat, kamsitish, ruhiy yoki jismoniy tazyiq o’tkazilganligi tufayli
jinoyatga qo’l urganliklarini ta’kidlashadi. Umuman bunday vaziyatga tushib
qolgan har qanday shaxs ham nimadir qilib bo’lsada, javobgarlik va jazodan omon
chiqishga harakat qilishi tabiiy hol, albatta. Bunday holatlarda aniq xulosalarga
kelish uchun psixologiya, etika, sotsiologiya kabi fanlarning qonuniyatlaridan
foydalanishga to’g’ri keladi. Arxeologiya, numizmatika (tangashunoslik),
lingvistika singari fanlarga oid bilimlar talab etiladigan vaziyatlar ham jinoyat
11
huquqi doirasida paydo bo’lishi mumkin. Ashyoning madaniy qiymati,
tangalarning qadimiyligi, ishlatilgan so’zlarning salbiy mazmuni kabi masalalarda
jinoyat huquqi mazkur fanlarga bog’lanishga majburdir.
Jinoyat huquqining boshqa fanlar bilan aloqadorligi, nafaqat ijtimoiy, balki
tabiiy fanlar doirasida ham mavjud bo’ladi. Moddalarning tarkibi, xususiyatlari,
ularning zararlilik darajasi, o’simliklarning biologik xossalari, inson fiziologiyasi,
hududning sanitariya holati, fizika va mexanika qonuniyatlari, portlash kuchi kabi
komponentlar ham borki, ularsiz jinoyatni aniqlash mumkin bo’lmay qoladi.
Buxgalteriya,
audit
bilan
bog’liq, ba’zan rasmning originalligi,
taqinchoqning qalbakiligi singari jinoiy ish uchun ahamiyatli masalalar chiqadiki,
bunda boshqa fanlarga ehtiyoj ortib ketadi.
Jinoyat huquqining geografiyaga aloqador xususiyatlari muhim ahamiyatga
ega. Bu JKning ikkinchi “Kodeksning amal qilish doirasi” bobidan o’rin olgan
moddalar doirasida ko’zga tashlanadi. Ba’zan shunday holatlar ham bo’ladiki,
sodir etilgan harakat yoki harakatsizlikning o’rni jinoyatni kvalifikatsiya
qilinishiga ta’sir ko’rsatadi.
Jinoyat huquqi qilmishni jinoyat ekanligini aniqlash, javobgarlikka tortish,
jazo belgilash, javobgarlik va jazodan ozod qilish bilan bog’liq bo’lgan huquqiy
munosabatlarni o’rganadi. Boshqa yuridik fanlardan o’zining ta’sir choralari va
jazolarining og’irligi bilan alohida ajralib turadi.
Jinoyat huquqi dialektika, analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya,
qiyoslash kabi uslublardan foydalanishi jihatdan boshqa yuridik fanlar bilan
umumiylikka ega. Davlat va huquq nazariyasi jinoyat huquqi o’rganadigan nazariy
masalalarni tadqiq etadi. Jumladan, huquqiy munosabat, huquq normasi,
javobgarlik, jazo kabi tushunchalarning nazariy asoslari jinoyat huquqi manbalari
yordamida o’rganilmaydi. Shuningdek, jinoyat huquqining maxsus qismidagi
normalar davlat va huquq nazariyasining o’rganish ob’ektiga kirmaydi.
Konstitutsiyaviy huquq, oila huquqi, mehnat huquqi, fuqarolik huquqi
ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi o’z tizimlariga ega bo’lib, ularda
vakolat beruvchi normalar nisbatan ko’proqdir. Ushbu huquq sohalari huquq
12
sub’ektlariga huquq va erkinliklar beradi. Majburiyat yuklovchi va ta’qiqlovchi
normalar mavjudligiga qaramay, ushbu huquq sohalari fuqarolar uchun jinoyat
qonunchiligi darajasida og’ir oqibatlar keltirib chiqarmaydi. Ularda huquqiy
munosabatlar taraflarning teng huquqliligiga asoslanadi. Mazkur sohalardagi
huquq va erkinliklarga qarshi qaratilgan tajovuzlarning ijtimoiy xavflilik darajasi
yuqori bo’lsa, jinoyat huquqi himoyalash funktsiyasini bajarishga kirishadi.
Yuridik fanlar tizimidagi javobgarlik intizomiy, fuqaroviy, ma’muriy va
jinoiy javobgarlik shakllariga bo’linadi. Shunga mutanosib ravishda intizomiy,
fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy jazolar qo’llaniladi. Ular orasida jinoiy jazolar og’ir
oqibat keltirib chiqarish darajasi bo’yicha boshqalaridan keskin farqlanadi.
Jinoyat huquqi boshqa yuridik fanlar uchun moddiy fan vazifasini ham
bajaradi.
Jumladan,
jinoyat-protsessual
huquqi,
jinoyat-ijroiya
huquqi,
kriminologiya, kriminalistika fanlari o’z asoslarini jinoyat huquqidan oladi. Jinoyat
huquqining normalari ushbu huquq sohalarini shakllanishi uchun manba bo’lib
xizmat qiladi. Shuningdek, jinoyat huquqi ham mazkur fanlarsiz o’z mohiyatiga
ega bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |