1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
XAMRAQULOV ZAFARJON YIGITALIYEVICH
JINOYAT HUQUQI
fanidan 5111600- Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq
ta’limi yo’nalishi bakalavriat talabalari uchun o’quv qo’llanma
TOSHKENT – 2020
2
UO’K:
KBK:
Mazkur qo’llanma pedagogika ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 5111600
– Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishining bakalavriat
talabalari uchun mo’ljallangan. Qo’llanmada jinoyat qonunchiligi asoslari, jinoyat
huquqi tizimi, tarkibi, javobgarlik, jazo, voyaga yetmaganlar javobgarligi, tibbiy
yo’sindagi majburlov choralari hamda jinoyatlarning turlari o’rganiladi. Undan
o’qituvchilar, magistrlar va mustaqil o’rganuvchilar foydalanishlari mumkin.
Qo’llanma Qo’qon davlat pedagogika instituti Ilmiy kengashining 2020 yil ----
-dagi №--- - yig’ilish qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan.
Muallif:
Xamraqulov Z.Y.
Qo’qon davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi.
Mas’ul muharrir:
N.Siddiqov
QDPI dotsenti, yuridik fanlari nomzodi
Taqrizchilar:
M.O’rozaliev
TDYuU dotsenti, yuridik fanlari doktori (DSs)
U.Shokirov
O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sud’yasi
3
KIRISH
O’zbekiston Respublikasida erkin, demokratik davlat barpo etish inson
huquq va erkinliklarini himoyalashni, davlat va jamiyat hayotida qonun
ustuvorligiga erishishni talab etadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan
islohotlarning tub mohiyati inson omilini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, barcha
demokratik o’zgarishlar ushbu asosda amalga oshirilmoqda. Jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy sohalarini yangilanishlarga olib kelishga yo’naltirilgan islohotlar
davlatning qudratli huquqiy mexanizmi bilan qo’riqlanishi vositasida ro’yobga
chiqariladi.
Huquqning qo’riqlovchi funktsiyasi davlat siyosati samaradorligini
ta’minlashda yetakchi ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday hollarda javobgarlik
asoslarini belgilovchi huquq sohalarining o’rni ko’zga tashlanadi. Jinoyat huquqi
bunday huquq sohalari ichidagi yeng ahamiyatli tarmoq hisoblanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotdagi qonun ustuvorligining ta’minlanishi
ko’p jihatdan jinoyat huquqining davlat va jamiyatda amal qilish darajasiga
bog’liqdir. Jinoyat huquqi shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat
manfaatlarini, mulk, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligini jinoiy
tajovuzlardan qo’riqlash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni
Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash vazifalarini bajaradi.
Mazkur qonunchilik doirasida qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz
qilganlik uchun belgilanadigan jazolar o’zining og’ir salbiy oqibatlar keltirib
chiqarishi bilan ajralib turadi.
Jinoyat kodeksi jazolari liberallashib boradigan qonunchilik hujjati
hisoblanib 1994 yil 22 sentyabrdan boshlab hozirgacha 300 dan ortiq o’zgartish va
qo’shimchalar bo’yicha 70 ga yaqin qonunlar qabul qilingan. Yangi kiritilgan
huquqiy
normalar
mamlakatimizdagi
fuqarolik
jamiyatini
rivojlantirish
maqsadlariga uyg’unlashtirilgan bo’lib, ularning asosiy qismi jazolarning
yengillashtirilganligi xususiyatlari bilan ajralib turadi. O’zgartish va qo’shimchalar
jinoyatchilikka qarshi kurashda adolat tantanasini ta’minlash maqsadlariga
4
qaratilgan. Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlarni dekriminallashtirish,
jazolarning ozodlikni mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan turlarini amaliyotga
ko’proq qo’llash sud-huquq tizimi islohotlarining bugungi bosqichida dolzarb
ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga
yo’llagan Murojaatnomasida “jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish va
liberallashtirish bo’yicha ishlarni davom ettirish lozim”ligi xususida zarur
topshiriqlar berishdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14
maydagi PQ-3723-sonli “Jinoyat va Jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini
tubdan
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to’g’risida”gi
Qarori
asosida
“O’zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual qonunchiligini
takomillashtirish kontseptsiyasi” ishlab chiqildi.
Kontseptsiya
jinoyat
qonunchiligini
xalqaro
standartlar
bilan
muvofiqlashtirish, jinoiy jazolar tizimi va ularni tayinlash tartibini qayta ko’rib
chiqish, jazoni yengillatish yoki jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishni ko’zda
tutuvchi normalarni kengaytirish, xavfliligi yuqori bo’lmagan jinoyatlarni
dekriminallashtirish kabi vazifalarni o’zida aks ettirgan. Kontseptsiya vositasida
jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish, inson huquq va
erkinliklari himoyalanishining kafolatlash nazarda tutilgan.
Jamiyatimizda jinoyatchilikni kamaytirish, aholining huquqiy savodxonligi,
huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadlarida jinoyat huquqi asoslarini
xalqimizga yetkazish hozirgi davrda dolzarb ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.
Sodir etilgan jinoyat uchun qo’llaniladigan jazolar og’ir oqibatlar keltirib
chiqarishiga yo’l qo’ymaslik uchun jinoyat qonunchiligini fuqarolarimizga to’g’ri
yetkazilishini yo’lga qo’yishimiz zarur. Qonunchilik asoslarini yosh avlod ongiga
singdirish uchun pedagog mutaxassislar tayyorlanadigan ta’lim muassasalarida
ushbu huquq sohasi samarali o’qitilishini ta’minlashimiz talab etiladi.
Pedagogik ta’limning 5111600 – Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq
ta’limi yo’nalishi talabalari uchun jinoyat huquqi bo’yicha esa darslik va
qo’llanmalar ayni paytlarda yetarli emas. Shu kungacha jinoyat huquqi bo’yicha
5
huquqshunos olimlardan M.Usmonaliev, M.Rustamboev, Y.Karaketov, F.Tohirov,
B.Ahrorov, To’xtamurod Rustam, S.Saxaddinov, D.Kenjaboev va boshqalar
tomonidan oliy yuridik ta’lim yo’nalishidagi talabalar uchun darslik va
qo’llanmalar tayyorlangan. Ularning mehnatlarini e’tirof etgan holda shuni
qo’shimcha qilamizki, jinoyat huquqiga oid darslik va qo’llanmalar yuridik ta’lim
muassasalarida keng o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, ushbu o’quv predmetini
o’rganadigan bo’lajak pedagoglar uchun ayrim muammolarni keltirib chiqarishi
tabiiy. Shu bois pedagogik ta’lim muassasalarida mazkur fanni soddalashtirilgan
holga keltirib, talabalar va magistrlarga taqdim etishni zarur deb topdik.
Qo’llanmada huquqshunos olimlarimizning asarlaridagi ilmiy-nazariy
qarashlardan,
shuningdek
Jinoyat
kodeksi,
Jinoyat-protsessual
kodeksi,
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, Oliy sud qarorlari va boshqa
manbalardan foydalanilgan.
Qo’llanmaning maqsadi talabalarning jinoyat qonunchiligi bo’yicha nazariy
bilimlarini kengaytirishdan iborat. Shuningdek, hayotda uchraydigan voqeliklar
yordamida amaliy ko’nikmalar rivojlantirilishiga harakat qilingan.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |