O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Jinoyat tarkibining turlari 38 
Jinoyat tarkibi o’z elementlari bilan birga turlarga ham ajratiladi. Uning 
bunday turlarga ajratilishi jinoyat tarkibining mohiyatini yanada yaxshiroq anglash 
imkonini beradi.
Nisbatan keng tarqalgan amaliyotga ko’ra jinoyat tarkibi uchta mezon 
asosida turlarga ajratiladi:
-
Jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra; 
-
Jinoyat tarkibining tuzilishiga ko’ra; 
-
Jinoyat tarkibi ob’ektiv tomonining tuzilishiga ko’ra. 
4-rasm. Jinoyat tarkibining turlari 
Jinoyat sodir etilishi xavfli oqibatlarni keltirib chiqaradi. Oqibat asosida 
qilmishning ijtimoiy xavfliligi namoyon bo’ladi. Shuningdek, jinoyatlarni sodir 
etuvchilar ham bitta ijtimoiy guruhga kirmaydi. Shu bois ijtimoiy xavflilik 
darajasiga qarab jinoyat tarkibi ajratiladi. Yuridik adabiyotlarda ijtimoiy xavflilik 
darajasiga ko’ra jinoyat tarkibining uchta turga ajratish amaliyoti ko’proq 
uchraydi. Ular quyidagilardir: 
Jinoyatlarning 
ijtimoiy xavflilik 
darajasiga ko’ra 
asosiy (oddiy) 
tarkibli 
og’irlashtiruvchi 
tarkibli 
yengillashtiruvchi 
tarkibli 
Jinoyat 
tarkibining 
tuzilishiga ko’ra 
oddiy tarkibli 
murakkab 
tarkibli 
al’ternetiv 
(muqobil) tarkibli
Jinoyat tarkibi 
ob’ektiv tomonining 
tuzilishiga ko’ra 
moddiy 
tarkibli 
formal tarkibli 
kesik tarkibli 


39 
-
asosiy (oddiy) tarkibli; 
-
og’irlashtiruvchi tarkibli; 
-
yengillashtiruvchi tarkibli. 
Oddiy tarkibli jinoyatlarda jinoyatning nomi aytiladi va uning 
og’irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi belgilari bo’lmaydi. Bunga ehtiyotsizlik 
orqasida odam o’ldirish (102-modda), ko’p xotinli bo’lish (126-modda), urushni 
targ’ib qilish (150-modda), O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish 
(158-modda) kabi jinoyatlarni misol qilib olishimiz mumkin. Ushbu jinoyatlarda 
jinoyat tarkibining barcha elementlari bitta bo’ladi. Shuning uchun oddiy tarkibli 
jinoyatlar hisoblanadi. 
Og’irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi tarkibli jinoyatlarda qo’shimcha 
belgilar bo’lib, ular jinoyatni og’ir yoki yengillik darajasini belgilab beradi. 
Og’irlashtiruvchi tarkibli jinoyatlarda Jinoyat kodeksi bilan ta’qiqlangan 
jinoyatlarni qasd shaklida, g’arazli maqsadlarda, past niyatlarda, zo’rlik, qo’rqitish, 
ruhiy bosim o’tkazish yo’li bilan, voyaga yetmaganlardan foydalangan holda 
amalga oshirish va boshqa holatlar jinoyatning ob’ektiv yoki sub’ektiv tomonida 
paydo bo’ladi. Odatiy holatlarda normalarning birinchi qismida jinoyatning oddiy 
tarkibi ko’rsatilib, keyingi qismlarda og’irlashtiruvchi holatlar aks ettiriladi.
Yengillashtiruvchi 
tarkibli 
jinoyatlarda 
jinoyatning 
xavfliligini 
kamaytiruvchi holatlar mavjud. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam 
o’ldirish (106-modda), zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan 
badanga og’ir shikast yetkazish (107-modda) kabi jinoyatlar yengillashtiruvchi 
tarkibli jinoyatlar tarkibiga kiritiladi.
Jinoyat tarkibining tuzilishiga ko’ra, oddiy tarkibli, murakkab tarkibli va 
al’ternetiv (muqobil) tarkibli jinoyatlarga ajratiladi. 
Oddiy tarkibli jinoyatlar yuqorida ta’kidlanganidek, elementlari ko’p 
bo’lmaydi.
Murakkab tarkibli jinoyatlarda bir necha ob’ektlar yoki harakat belgilari 
ko’zga tashlanadi. Jumladan, bosqinchilik (164-modda) jinoyatini oladigan 


40 
bo’lsak, bunda o’zganing mulki va uning hayoti yoki sog’lig’i tajovuz ostida 
qoladi. Bunda ob’ektlar ikkita bo’lib, jinoyatning murakkabligini hosil qiladi. 
Al’ternativ tarkibli jinoyatlar dispozitsiyasida bir necha harakatlar 
ko’rsatiladi. Qilmishni jinoyat deb topish uchun ulardan xohlagan bittasining sodir 
etilishi jinoyat sodir etilgan deb topilishi uchun asos bo’ladi. Bunda JKning 136-
moddasidagi ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga 
to’sqinlik qilish jinoyatini misol qilishimiz mumkin. Moddaning oddiy 
dispozitsiyasining o’zidayoq ikkita harakat asoslari ko’rsatilgan. Tasvirlov 
dispozitsiyasida ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga 
majbur qilish yoxud ayolni erkiga xilof ravishda u bilan nikohda bo’lish uchun 
o’g’irlash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to’sqinlik qilish harakatlari aks 
ettirilgan bo’lib, ulardan birortasining sodir etilishi javobgarlik kelib chiqishiga 
sababchi bo’ladi. 
Jinoyat tarkibining oqibati, ya’ni ob’ektiv tomonining tuzilishiga ko’ra 
quyidagilarga ajratiladi: 
-
moddiy tarkibli jinoyatlar; 
-
formal tarkibli jinoyatlar; 
-
kesik tarkibli jinoyatlar.
Moddiy tarkibli jinoyatlar ijtimoiy xavfli qilmish bilan birga ijtimoiy xavfli 
oqibatni kelib chiqishini ham ko’rsatadi, ya’ni jinoyatning sodir etilishi oqibatni 
kelib chiqishi orqali namoyon bo’ladi. Qasddan odam o’ldirish, badanga qasddan 
og’ir shikast yetkazish kabi jinoyatlar bunga misol bo’ladi. 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish