Jinoyatni sodir etish bosqichlari Jinoyat sodir etish bosqichlari tushunchasi va uning turlari



Download 45,35 Kb.
bet1/14
Sana08.01.2022
Hajmi45,35 Kb.
#333496
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
jinoyatni sodir etish bosqichlari


Aim.Uz

Jinoyatni sodir etish bosqichlari



  1. Jinoyat sodir etish bosqichlari tushunchasi va uning turlari

Jinoyat ijtimoiy xavfli qilmish sifatida jinoyatchining u yoki bu qasdi muayyan vaqt (jinoiy niyatning paydo bo‘lishidan boshlab toki uni to‘liq amalga oshirish va jinoiy maqsadga erishishgunga qadar bo‘lgan davr) oralig‘ida amalga oshiriladigan harakat (harakatsizlik) sifatida tushiniladi.

Jinoyatning tamom bo‘lganligini aniqlash sodir etilgan jinoyat tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.

Jinoyat sodir etish bosqichlari bu qasddan jinoyat sodir etishning muayyan bosqichi bo‘lib, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatga suiqasd qilish va tamom bo‘lgan jinoyatlarda ifodalanadi.

A.S.Yakubovning fikriga ko‘ra, jinoyat sodir etishning dastlabki bosqichi qasdning shakllanish bosqichi hisoblandi.

Jinoyat sodir etish bosqichi sifatida qasdning shakllanishi va aniqlanishi:

birinchidan, jinoyatni jinoiy bo‘lmagan qilmishlardan ajratish imkonini beradi;

ikkinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning profilaktik faoliyati samaradorligiga ko‘maklashadi.

Ijtimoiy xavflilik nafaqat tamom bo‘lgan, balki tamom bo‘lma-gan jinoyatlarning ham asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Bu ji-noyatlar uchun javobgarlik belgilash orqali qonun shaxsning huquq va erkinliklarini, mol-mulkini, jamoat tartibi va xavfsizligini, O‘zbekis-ton Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumi va qonun himoyasida bo‘lgan boshqa obyektlarni himoya qiladi.

Barcha jinoiy qilmishlarda ham jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi mavjud bo‘lmaydi. Jinoyat ehtiyotsizlik orqasida, jumladan, harakatsizlik bilan jinoyatlar sodir etilganida, jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd bosqichlari mavjud bo‘lmaydi. Biroq ayrim jinoyatlarda harakatsizlik orqali jinoyatga suiqasd qilinishi mumkin. (Masalan, onaning o‘z chaqalog‘ini o‘ldirish maqsadida ovqatlantirmasligi).

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish dastlabki yoki tugallanmagan jinoiy qilmishda ifodalanadi. Bu qilmishlarning tugal-langan jinoyatdan unda Maxsus qism moddasida ko‘rsatilgan jinoyat belgilari to‘liq bajarilmaydi: obyektiv tomonni ifodalovchi belgilar-ning to‘liq bajarilmasligi yoki ijtimoiy xavfli oqibatning yo‘qligi bilan farq qiladi. Tugallangan jinoyatlarda qilmishning jinoiyligini ifodalov-chi barcha belgilar mavjud bo‘ladi.

Tamom bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlik masalasi, shaxs-ning jinoiy faoliyati o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyatga tayyor-garlik ko‘rish yoki suiqasd qilish bosqichida to‘xtatilgan bo‘lsagina vujudga keladi.

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd uchun javobgarlikka tortish uchun jinoyat qasddan bo‘lishi kerak. Egri qasdda jinoyat sodir etishning ushbu ikki bosqichi bo‘lmaydi. Chunki jinoyatga tayorgarlik ko‘rish va suiqasd qilishda shaxsning jinoyat sodir etish istagi natijaga erishishga qaratilgan ongli va maqsadli harakatlardan iborat bo‘ladi. Masalan, odam o‘ldirishga suiqasd qilish faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi, qachonki shaxs o‘lim yuz berishini anglagan va istagan bo‘lgandagina suiqasd bo‘lishi mumkin.

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish faqat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan jinoyatlarda mavjud bo‘ladi. Egri qasd bilan sodir etilgan jinoyatlarda esa jinoyatga tayorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish boqichlari bo‘lmaydi. Jinoyatchi jinoiy oqibat yuz berishini xohlamagan holda jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishi yoki suiqasd qilishi mumkin emas. Bunday hollarda jinoiy oqibat uning harakat ishning maqsadini tashkil qilmaydi. Jinoyatning qasddan sodir etilishi har ikki bosqich uchun ham zaruriy belgi hisoblanadi.

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish har qanday jinoiy oqibatning yuz berishini istisno etadi. Aynan jinoiy oqibatning yuz bermaganligi tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan jinoyatlar o‘rtasi-dagi farqni belgilab beradi.




Download 45,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish