O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

1-rasm. Jinoyatning belgilari 
Jinoyatning belgilaridan birortasining bo’lmasligi uning jinoyat deb topishga 
yo’l qo’ymaydi. Zotan, bu belgilarning har biri sodir etilgan qilmishni jinoyat deb 
topish uchun ahamiyatlidir.
Jinoyatning birinchi belgisi qilmishning ijtimoiy xavfliligidir. Jinoyat 
kodeksida ijtimoiy xavfli qilmish tushunchasiga ham ta’rif berilgan. Unga ko’ra, 
Jinoyat kodeksi bilan qo’riqlanadigan ob’ektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday 
zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish 
Jinoyatning belgilari
ijtimoiy xavflilik
huquqqa xiloflilik
aybning mavjudligi
jazoga sazovorlik


22 
hisoblanadi. Qilmishlarni jinoyat tushunchasi bilan aralashtirish mumkin emas. 
Xususan, qilmish huquqbuzarlikning barcha elementlariga egaligidan tashqari, 
unda jinoyat tarkibining ob’ektiv va sub’ektiv alomatlari ham namoyon bo’lishi 
zarur. Qilmishning ijtimoiy xavfliligi jinoyatni sodir etish usuli, joyi, vaqti, 
yetkazilgan zararning miqdori, aybning darajasi, jamiyatga o’tkazadigan ta’siri 
singari holatlarga bog’liq bo’ladi.
Jinoyat huquqi nazariy qarashlarida jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va 
xavflilik xususiyatlari bir-biridan ajratiladi. Xususan, uning xavflilik xususiyati 
jinoyatning sifatini, ijtimoiy xavflilik darajasi miqdor ko’rsatkichlarini anglatadi. 
Qilmishda ijtimoiy xavflilik formal belgilarining mavjudligi uning jinoyat sifatida 
e’tirof etish uchun yetarli emas. JKning 36-moddasida jinoyat sifatida nazarda 
tutilgan qilmishning alomatlari mavjud bo’lgan, ammo kam ahamiyatli, ijtimoiy 
xavfli bo’lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmasligi haqidagi qoida 
mavjud. Qilmishning kam ahamiyatliligini aniqlash uchun yetkazilgan zarar va 
zarar yetkazishning real xavfi inobatga olinadi. Agar tergov yoki sud jarayonida 
qilmish kam ahamiyatli deb topilsa, jarayon tugatilishi, jinoiy ish yopilishi yoki 
boshqa yo’sindagi protsessual jarayonda davom ettirilishi kerak. Qilmishning 
ijtimoiy xavfliligi belgisi jinoyatni boshqa huquqbuzarlikdan farqlovchi unsur 
hisoblanadi.
Huquqqa xiloflilik – jinoyatlarning ikkinchi belgisi. Ba’zan yuridik 
adabiyotlarda “huquqqa xiloflilik” atamasi o’rniga “qonunga xiloflilik” atamasi 
ham uchraydi. Qonunga xiloflilik huquqbuzarlikni faqat qonunga bog’lab 
qo’yishga olib keladi. Bunda farmon, qaror, ustav, nizom va boshqa qonunosti 
hujjatlarida ifodalangan normalarning ahamiyati inobatga olinmay qoladi. Shuning 
uchun “huquqqa xiloflilik” atamasining ishlatilishi mantiqan to’g’ri bo’ladi. 
Huquqqa xiloflilik qilmishning jinoyat qonunchiligi bilan ta’qiqlanganligini 
ifodalaydi. Ushbu belgi jinoyatning ijtimoiy xavflilik, aybning mavjudligi va 
jazoga sazovorlik belgilarini o’zaro uyg’unlashtiradi. Huquqqa xiloflilik jinoyat 
huquqida analogiyaning qo’llanilishiga yo’l qo’ymaydi.


23 
Fuqarolarning xatti-harakati har doim ham jinoyat deb topilmasligi mumkin. 
Bunda jinoyat ob’ektlariga yetkazilgan zarardan kelib chiqib, davlat Jinoyat 
kodeksini tuzadi hamda unga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi. Ijtimoiy xavfli 
qilmish kodeksga kiritilgandan boshlab “jinoyat” maqomiga ega bo’ladi va 
huquqqa xiloflilik holati kelib chiqadi.
Jinoiy qilmish vaqt o’tgan sari o’z ijtimoiy xavfliligini yo’qotishi mumkin. 
Shuningdek, 
kodeksga 
o’zgartish va qo’shimchalar kiritilib, jinoyat 
dekriminallashtirilishi mumkin. Bunday hollarda huquqqa xiloflilik ahamiyatini 
yo’qotadi, ya’ni qilmish jinoyat deb topilmaydi.
Ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflilik qilmishning jinoiyligi va jinoiy 
javobgarlik asoslarini belgilaydi. Bunda aybning mavjudligi belgisi ham ishtirok 
etadi. Mazkur belgi jinoyat tushunchasiga berilgan ta’rifda ham tilga olinadi.
Ayb – jinoyat sodir etuvchi shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi va uning 
oqibatiga bo’lgan ruhiy munosabati hisoblanadi. Jinoyat qonunchiligida “Aybsiz 
holda zarar yetkazish” (24-modda) normasi mavjud. U shaxsning o’z qilmishini 
ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham 
bo’lmagan yoki ijtimoiy xavfli oqibatlarga ko’zi yetmagan va ko’zi yetishi 
mumkin va lozim ham bo’lmagan holatda zarar yetkazsa, aybsiz holatda zarar 
yetkazgan deb topish asoslarini belgilaydi.
Aybning 
bor-yo’qligini 
aniqlash 
uchun 
sodir 
etilgan 
jinoyatda 
huquqbuzarning qasd yoki ehtiyotsizlikda ifodalanuvchi munosabatini aniqlash 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish