25
qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir
etilib,
besh yildan ortiq muddat
ga ozodlikdan mahrum
qilish tarzidagi jazo
nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda
besh yildan ortiq,
lekin
o’n
yildan ko’p bo’lmagan muddat
ga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo
nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
O’ta og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda
o’n yildan ortiq
muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish
jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra tasniflash
javobgarlik
va jazodan ozod qilish, shartli hukm qilish, jazoni yengilrog’i bilan
almashtirish, amnistiya aktini qo’llash kabi masalalarda muhim ahamiyatga ega
bo’ladi.
Jinoyatlarni tasniflashga uning ob’ekti ham asos bo’ladi. Jinoyat
kodeksining Maxsus qismi jinoyatlarni ob’ektiga ko’ra guruhlarga ajratadi.
O’xshashligi jihatidan bir-biriga yaqin guruhlar bo’limlarga taqsimlangan. Shu
asosda ularni quyidagilarga ajratamiz:
shaxsga qarshi jinoyatlar;
tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar;
ekologiya sohasidagi jinoyatlar;
hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlari faoliyat
tartibiga qarshi jinoyatlar;
jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar;
harbiy xizmatni o’tash tartibiga qarshi jinoyatlar.
Jinoyatlarni ob’ektiga ko’ra tasniflash ularni
Maxsus qismdan topishni
osonlashtiradi hamda bir-biriga o’xshash jinoyatlarni farqlash uchun vaqtdan
yutishga yordam beradi. Masalan, JKning 253-moddasidagi “Radioaktiv
materiallardan foydalanish qoidalarini buzish” va 254-moddadagi “Radioaktiv
materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish” jinoyatlarining biri
26
ikkinchisiga o’xshab ketadi. Ularni kodeksga yonma-yon joylashtirish ulardagi
o’zaro farqlarni ajratish jarayonini tezlashtiradi.
Jinoyatlarni tasniflanishi jazo tayinlashning asosiy mezoni bo’lib xizmat
qiladi. Shuningdek,
jinoyatlarni retsidiv jinoyat, xavfli retsidiv jinoyat va shaxsni
o’ta xavfli retsidivist deb topish uchun ham katta ahamiyatga egadir.
Jinoyat va jinoyatchilik tushunchalari adabiyotlarda ba’zan aralashtirib
yuboriladi. Xolbuki, bu ikki tushuncha o’zaro farqlanishi bilan birga, bir-biridan
boshqa fanlar doirasida o’rganiladi. Jinoyat masalasi jinoyat huquqi fanining
predmetiga kiradi. Jinoyatchilik kriminologiya fanining o’rganish ob’ekti
hisoblanadi.
Kriminologiya umumiy va maxsus qismlarga bo’lingan fandir.
Uning
umumiy qismida jinoyatchilik, jinoyatchi shaxs, jinoyatchilik sabablari va shart-
sharoitlar, jinoyatchilikka qarshi kurash va kriminologiyaning tarixi o’rganiladi.
Maxsus qismda jinoyatlarning turlari, jinoyatchilik va jinoyatchilarga tavsif
beriladi.
Jinoyat huquqi nazariyasi kriminologiyani
yuridik tushunchalar bilan
boyitadi. Kriminologiya jinoyatchilik darajasi, uning o’sish dinamikasi va boshqa
yo’nalishlar bo’yicha prognozlar beradi. Bu asosda Jinoyat kodeksida jazolarning
og’ir yoki yengillashuvi, jinoyatlarni dekriminallashuvi yoxud yangi jinoyat
turlarining kiritilishi yuz beradi. Jinoyatlarning dekriminallashuvi ularni jinoyatlar
toifasidan chiqarilib, huquqbuzarlikning boshqa toifasiga o’tkazilishi jarayoni
bo’ladi.
Jinoyat – jazoga sazovor ta’qiqlangan ijtimoiy xavfli
qilmishni aybli sodir
etishdir. Jinoyatchilik – muayyan bir davlat yoki hududda ma’lum bir vaqt
davomida sodir etilgan jinoyatlar yig’indisidir.
Kriminologiyada
jinoyatchining
shaxsi,
oilaviy
ahvoli,
moddiy
ta’minlanganlik darajasi, turar joyi, uning ma’naviy va ruhiy sifatlari, o’rab turgan
ijtimoiy muhit va boshqa komponentlar o’rganiladi. Shuningdek, jinoyatchilikning
kelib chiqish sabablari, jinoyatchining shaxsiy sifatlari, jinoyat sodir etilishiga olib
kelgan vaziyat hamda jinoyatchilikka qarshi olib boriladigan profilaktik chora-
27
tadbirlar fanning o’rganish ob’ektiga kiradi. Viktimologiya ham shular jumlasidan
bo’lib, u kriminologiyaning mustaqil yo’nalishi hisoblanadi. Viktim xulq
ehtiyotsizlik natijasi hisoblanadi va jabrlanuvchining o’ziga zarar yetkazilishiga
olib keladi.
Jinoyat huquqi jinoyatlarning moddiy holatni o’rganadi va jinoyatchilikning
kelib chiqish asoslari hamda rivojlanish qonuniyatlari bilan shug’ullanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: