Topshiriq
O’zbekiston fuqarosi ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga borib, Tojikiston
fuqarolari bilan bir joyda bo’lib turgan vaqtida Turkiya davlatida turib, odamlarni
jihodga da’vat qilayotgan millati o’zbek, Qirg’iziston fuqaroligiga ega bo’lgan,
shartli ismi Abdulloh nomli kishi bilan tojikistonliklar orqali internet vositasida
tanishdi. Uning telefon orqali jo’natgan ekstremistik g’oyalar aks etgan elektron
fayllarini Qozog’istondagi tanishlariga ijtimoiy tarmoqlar orqali jo’natib turdi.
- Uning qilmishi qaysi davlat qonunchiligi bilan kvalifikatsiyalanadi?
30
etilishi retsidiv holatlarni keltirib chiqaradi. Jazodan keyin uni qaytadan sodir etish
jazoning og’irlashuviga sababchi bo’lishi mumkin.
Jinoyatning yana bir xususiyati shundaki, jinoyat uchun jazolar faqat jinoiy
ishlar bo’yicha sudlar tomonidan qo’llaniladi. Jinoyat huquqi normalari buzilishi
bilan birga intizomiy, fuqaroviy va ma’muriy huquqbuzarliklar ham sodir etilsa,
ish jinoiy sudlarda ko’riladi.
Jinoiy javobgarlik tushunchasi va asoslari
Huquqbuzarlikning jinoyat shakli jinoiy javobgarlik kelib chiqishiga olib
keladi. Huquq nazariyasi huquqbuzarlik, javobgarlik va jazoni quyidagi ketma-
ketlikda qo’yadi.
2-rasm. Huquqbuzarlik, javobgarlik va jazo shakllari
Javobgarlik tajovuz tufayli kelib chiqqan zararni bartaraf etish maqsadlarida
qo’llaniladigan oqibatdir. Unga O’zbekiston RespublikasiJinoyat kodeksining 16-
moddasida quyidagicha ta’rif berilgan: “Jinoyat uchun javobgarlik – jinoyat sodir
etishda aybdor bo’lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki
boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo’llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning
huquqiy oqibatidir”.
Javobgarlikning dastlabki talabi huquqbuzarlikning sodir etilishida namoyon
bo’ladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikda jinoyat tarkibining barcha alomatlari
mavjud bo’lgandagina jinoiy javobgarlik kelib chiqadi. Javobgarlikning yakuni sud
tomonidan hukm, jazo, boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo’llanilishidir.
Davlat tomonidan jinoiy javobgarlikni o’rnatilish maqsadlari ijtimoiy
adolatni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olishda namoyon bo’ladi.
Javobgarlik yuridik fakt asosida vujudga keladi. U jinoyat qonunchiligi bilan
intizomiy huquqbuzarlik
fuqaroviy huquqbuzarlik
ma’muriy huquqbuzarlik
jinoiy huquqbuzarlik
intizomiy javobgarlik
fuqaroviy javobgarlik
ma’muriy javobgarlik
jinoiy javobgarlik
intizomiy jazo
fuqaroviy jazo
ma’muriy jazo
jinoiy jazo
31
qo’riqlanadigan normalarga zarar yetkazilishi orqali yuzaga keladi. Bu o’z
navbatida jinoiy huquqiy munosabatni shakllantiradi.
Jinoyat kodeksida jazolardan tashqari majburlov choralari ham belgilangan
bo’lib, u 88-moddada voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari va 93-
moddadagi tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini shakllarida aks etgan.
Jinoiy javobgarlik jinoyatni sodir etgan shaxsning xulq-atvori uchun davlat
tomonidan qo’llaniladigan majburlov chorasi hisoblanadi.
Jinoiy huquqiy munosabatlarning bir tomonida davlat organi, ikkinchi
tomonida jinoyatni sodir etgan shaxs turadi. Mazkur munosabat davlatning
jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan huquqiy ta’sir chorasini qo’llash
imkoniyatini beradi.
Jinoiy javobgarlikning paydo bo’lishi masalasida huquqshunoslar tomonidan
turlicha qarashlar bildirilgan. Qarashlarda javobgarlikning jinoyat sodir etilishidan
keyinoq, ayrim hollarda shaxs ayblanuvchi sifatida topilishi, ba’zan gumon
qilinuvchi aniqlangandan keyin paydo bo’lishi haqidagi g’oyalar yotadi. Agar
javobgar shaxs topilmasa, javobgarlik masalasi ham ochiq qoladi.
Javobgarlik masalasida bitta umumiy fikr bo’lib, qilmish jazo deb topilmasa
yoki jazo qo’llanilmasa javobgarlik tugatiladi. Shu bois javobgarlikning nisbiylik
xususiyatini ham inobatga olish lozim.
Javobgarlikning shaxsga ta’siri shundan iboratki, sud tomonidan mulkiy,
ma’naviy va erkinlik bo’yicha cheklashlariga chidashga majbur bo’linadi. Bu
shaxsni tergovga jalb qilib, protsessual majburlov va ehtiyot choralarini
qo’llashdan boshlanadi. Ish sudda ko’rish bilan davom ettirilib, ayblov hukmini
chiqarish, shartli hukm qilish yoki sudlanganlik shakllari bilan tugallanadi.
Sud sudlanuvchini aybsiz deb topishi, ya’ni oqlov hukmining chiqarilishi
bilan javobgarlikning ahamiyati butunlay yo’qoladi.
Jinoyatning sodir etilishi javobgarlik vujudga kelishi uchun asos bo’lib
xizmat qiladi. Jinoiy javobgarlik uchun asos bo’ladigan harakat yoki harakatsizlik
Jinoyat kodeksining Maxsus qismida bayon etilgan normalar buzilishidan kelib
chiqadi.
32
Jinoiy javobgarlikka tortish uchun jinoyat tarkibining barcha alomatlari
mavjud bo’lishi kerak. Bu alomatlar jinoyatning ob’ekti va ob’ektiv tomoni,
jinoyatning sub’ekti va sub’ektiv tomonidan iborat bo’ladi.
Jinoiy javobgarlikning vujudga kelishi uning biror bir shaxsga tadbiq
etilishiga to’la asos bo’lmaydi. Buning uchun sudning qonuniy kuchga kirgan
ayblov hukmi bo’lishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |