Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi


Valyutaning haqqoniy (real) kurslarini aniqlash metodlari



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

Valyutaning haqqoniy (real) kurslarini aniqlash metodlari
 
Real kurs deb kontragent (o’zaro shartnomaga ega bo’lgan) mamlakatlarida 
ishlab chiqariladigan (sotiladigan) bir xil tovar (xizmat) narxining nisbatiga 
aytiladi. Bu degani bir Amerika dollari necha so’m turadi yoki teskarisi. Real 
kursni bitta tovar misolida quyidagicha aniqlash mumkin. Masalan, non bo’yicha. 
Bir killogramm non (yanvar 2009 yil) O’zbekistonda 300 so’m turadi, AQSHda 
esa 0,5 dollar. Bu erdan real kurs K
r
=P

: P
a
=300 : 0,5=600 so’m. Demak bir dollar 
600 so’m turar ekan. Bitta tovar bo’yicha real kursni hisoblash juda oson ekan. 
Lekin bizga ma’lumki ishlab chiqariladigan va sotilgan tovarlar (xizmatlar) soni 
100 ming atrofida. Xo’p, barcha tovarlar (xizmatlar) bo’yicha real kurs qanday 
aniqlanadi? Bu ishni maxsus bilim va tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar 
iqtisodiy-statistik metodlarini qo’llash bilan bajaradi. 
Hozirgi zamon xalqaro iqtisodiy amaliyotida real kurslarni hisoblashda ikki 
metod qo’llaniladi: birinchi metod tanlama kuzatish ma’lumotlariga asoslansa,
ikkinchisi yoppasiga kuzatish ma’lumotlariga asoslanadi. Ikkala metodda ham ikki 
va undan ortiq mamlakatlardagi tovarlarga, xizmatlarga va kapitalga bo’lgan 
baholar taqqoslanadi. Hisoblash usuli ikkala metodda ham bir xil, faqat to’plam 
hajmiga qarab olingan natijalar har xil bo’lishi mumkin. Amaliyotda, real kurslar, 
ko’pchilik paytda, tanlama kuzatish ma’lumotlariga asoslanadi. Chunki ma’lumot 
to’plash oson, ko’p xarajat va vaqt talab qilmaydi. Bu metodni, ayrim paytlarda
tovar-vakillari metodi deb ham atashadi. Real kurslarni hisoblash quyidagi 
bosqichlardan tashkil topadi. 
1. Birinchi bosqichda tovar vakillari ajratib olinadi. Ularga eng tarqalgan 


285 
tovarlar, xizmatlar va kapital kiritiladi. Faqat birgina davlatda ishlab chiqariladigan 
tovarlar bu ro’yxatga kirmasligi tabiiy. 
Tanlab olingan baholar (tovarlar) asosida maxsus spetsifikatsiyalar tuziladi. 
Ular aynan baholarni (tovarlarni) yuqori aniqlikdagi vakilligni ta’minlashi kerak va 
tanlab olingan baho indekslarini butun (tovarlar, xizmatlar va kapital) to’plamga 
yoyishga imkoniyat yaratishlari kerak. Demak, tanlanma paritetlar asosida umumiy 
to’plam uchun o’rtacha tortqichli paritet hisoblanadi. 
2. Ikkinchi bosqichda taqqoslaniladigan umumiy qimmatli ko’rsatkichlar 
dezagregatsiya qilinadi, ya’ni tiplarga ajratiladi. Tovarlar, xizmatlar va kapitallar 
kattalashtirilgan guruhlari, guruhlari va boshlang’ich guruhlarga ajratiladi (ular 150 
dan 300 tagacha bo’lishi mumkin) va ular asosida aniq hisoblar va taqqoslashlar 
olib boriladi. Bu bosqichdagi vazifa shundan iboratki, boshlang’ich guruhlarning 
zarur va aniq sonini aniqlab olish zarur. Chunki ular kelgusi bosqichlarda
tanlanadigan tovar-vakillar sonini qisqartirishga imkon beradi, tovar-vakillar 
soniqancha kam bo’lsa ish shuncha osonlashadi. 
3. Bu bosqichda har bir guruhdan bitta yoki bir nechta eng tipik
reprezentativ vakilni ajratib olinadi. Bu tovar shu guruh tovarlari ichida eng 
tarqalgan yoki ekvivalent bahoni ifodalashi kerak. Shu tovar xarakteristikalarining 
yig’indisi qolgan guruh tovarlari uchun ham o’xshash bo’lishi tovar 
xarakteristikalarning o’zi miqdori o’lchamga ega bo’lishi kerak. Past va yuqori 
sifatli tovarlarning bahosi o’rtasidagi farq sifatni hisobga oluvchi korrektirovka 
qilish metodlari yordamida pasaytiriladi yoki umuman bartaraf etiladi. 
4. Har bir tovar guruhi uchun baho indekslarini hisoblash (tovar-vakillar soni 
bo’yicha). Ma’lumki, ulgurji baho, iste’mol bahosi, YAIM bahosi - deflyatori
import-eksport baholari indekslari alohida-alohida hisoblaniladi. 
Umumiy indekslarning agregat formulasi bu indekslarni hisoblash asosi bo’lib 
hisoblanadi. Bu indekslar hududiy indekslar ham deb ataladi. Bu indekslarda vazn 
vazifasini, taqqoslash maqsadiga muvofiq har qanday davlat o’tashi mumkin. 
Masalan, A davlatni vazni tarkibi bo’yicha valyuta pariteti umumiy indeksi quyidagi 
formula bilan hisoblaniladi (agregat formada): 











Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish