279
norezidentlar bo’yicha); valyuta birjalarida bajariladigan valyuta operatsiyalari va
boshqalar.
Oldindan kelishilgan kurs bo’yicha bir valyutani
ikkinchi valyutaga oddiy
almashtirish konversion operatsiya deyiladi. U, o’z navbatida, joriy yoki spot
operatsiyalari va forvard kurslariga bo’linadi. Spot kursi bo’yicha operatsiya
amalga oshirilgandan keyin valyuta ikki kun ichida o’tkaziladi, forvard kurs
bo’yicha operatsiyaning bajarilishi shartnomada kelishgan vaqt bo’yicha kelgusida
amalga oshiriladi.
Bo’sh turgan (yoki ortiqcha) pul mablag’larining ma’lum
bir foiz bilan
joylashtirilishi yoki etmay turgan chet el valyutasini operatsiyaga jalb qilishga
depozit-kredit valyuta operatsiyalari deyiladi. Ular vaqt bo’yicha qisqa va uzoq
muddatli operatsiyalarga bo’linadi.
Amalga oshiriladigan riskli valyuta bitimlarini mazmuni shundan iboratki,
har bir valyuta bitimi izmolanayotganda ular etarli darajada kafolatlanishi shart.
Shu nuqtai nazardan bu operatsiyalarga beriladigan kafolatning mustahkamligi
darajasi va kafolatchilarning o’zlarini mustaqkamligi bo’yicha
guruhlarga
bo’linadi. Bu erda, risk juda yuqori, o’rtacha va juda past bo’lishi mumkin. Yoki
umuman bo’lmasligi ham mumkin. Bu bajariladigan operatsiyaga, uning hajmiga
va bitim tuzuvchilarning bir-birini qanchalik yaxshi bilishiga yoki o’rganganligiga
va boshqa omillarga bog’liq. Shuning uchun ham valyuta operatsiyalarini amalga
oshirishda shoshma-shosharlikka yo’l qo’ymasdan, xalq moqoli "etti o’lchab bir
kes" tamoyilida ish tutilsa yomon bo’lmaydi.
Endi valyuta kurslari to’g’risida. Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotida kurs
so’zi ikki xil (tor va keng) ma’noda ishlatiladi. Ayrim mualliflarda bu ikkalasini
chalkashtirib yuborishadi. Tovarlarning bahosi kurslari, xizmat va kapital kurslari,
qimmatli qog’oz kurslari, valyuta kurslari to’g’risida bir qancha qarama-qarshi va
noto’g’ri fikrlar ham bor. Masalan, kurs bilan stavka va normalar aralashtiriladi.
Ma’lumki stavka va normalar, amalga oshiriladigan bitimlarning samaradorligini,
ularning boshqalarga nisbatan nisbiy ustunligini ifodalaydi.
Tor ma’noda kurs deganda valyutaning yoki qimmatli qog’ozlarning
almashtirish kursi tushuniladi, keng ma’noda esa - bitim yoki operatsiyani amalga
oshirish qiymati, bahosi tushiniladi. Bu kurs bilan bir xizmat, tovar yoki kapital
ikkinchisiga almashtiriladi.
Maqsadi va vazifasi, hisoblash metodlari, qamrab olishi va boshqalariga
qarab valyuta kurslari rasmiy, umumiy, real, ozod, eksport-import, birja,
almashtirish, qora bozor va boshqalarga bo’linadi.
Kurslarni belgilashda eng asosiy vazifa - ularning xarid qobiliyati tengligini
ta’minlanshdir. Valyutalarning tengligi almashtiruv, rasmiy va real tengliklardan
iboratdir. Valyutalarning turli bozorlarda bir-biring o’rnini bosadigan bir xil
kurslarda ayraboshlanishni, ularni muvozanatini xarakterlovchi tenglik almashtiruv
tenglik deyiladi. Rasmiy tenglik (o’zaro yoki nominal tenglik ham deb yuritiladi)
davlat moliya organlari tomonidan e’lon qilinadi. Real tenglik (kurs)
ikki yoki
undan ortiq mamlakatning tovarlariga, xizmat va kapitalga bo’lgan baholarini
taqqoslash asosida hisoblanib, mamlakatning davlatmandliligini, boyligini va
280
to’lov qobiliyatini ifodalaydi.
Ikki mamlakat valyutasining tengligi - ularning iqtisodiy rivojlanishi
muvozanati aynan bir xilligidir, mosligidir, iqtisodiy rivojlanishning mosligi -
valyuta tengligini saqlashni kafolatidir.
Valyuta hisob-kitoblarida muhim masalalardan biri - valyuta kotirovkasidir.
Kotirovka deganda milliy valyuta kursini boshqa mamlakat valyutasida belgilash
tushuniladi. Kotirovka to’g’ri va teskari turlarga bo’linadi. Ko’p davlatlarda to’g’ri
kotirovka ishlatiladi. Uning mazmuni quyidagidan iborat - chet mamlakat
valyutasining bir birligi milliy valyutani "X" birligiga teng. Bu paytda chet
mamlakat valyutasi e’lon qilingan kurs bo’yicha sotiladi, milliy valyuta esa sotib
olinadi. Teskari kotirovkada esa milliy valyutani bir
birligi chet mamlakat
valyutasini "X" birligiga teng deb olinadi. Bu paytda chet mamlakat valyutasi sotib
olinadi, milliy valyuta esa sotiladi.
Evropaning bir qator mamlakatlari xalqaro hisob-kitoblarda asosan teskari
kotirovkadan foydalanishadi, Lotin Amerikasi va Osiyo davlatlari - to’g’ri
kotirovkadan. AQSHda kotirovkaning ikki turi ham qo’llaniladi.
To’g’ri kotirovka quyidagi formula bilan hisoblanadi:
K = S
0
: R bu erdan R = S
i
: S
0
,
bu erda S
1
= milliy valyutadagi summa; S
0
- chet mamlakat valyutasidagi summa;
R - miliy valyutaning chet mamlakat valyutasidagi kursi.
Teskari kotirovka S
0
=S
1
:R, R=S
0
:S
1
Masalan, moliya bozorida quyidagi kurslar uchrashi mumkin: USD/UZS;
GBR/INR; ITL/CAD va hakozolar.
O’zbek firmasi o’z tovarini Gretsiyada sotib 40,0 mln draxmaga ega bo’ldi.
Lekin unga Amerika dollari kerak. Demak draxmani dollarga almashtirish kerak,
o’sha kundagi kurs USD/GBP – 1615,3 ga tengligi aniqlandi Shu kurs bo’yicha
almashuv operatsiyasi bajarilsa o’zbek firmasi 24763 (40.000.000/1615,3) AQSH
dollariga ega bo’ladi.
Moliya bozorida valyutani sotib olish va sotish kurslari mavjud. Bu kurslar
talab va taklif kurslari deb ham ataladi Ma’lumki banklar valyutani talab kursi
bo’yicha
sotib oladi, taklif kursi bilan sotadi. Valyutachilar jargonida (maxsus
tilida) sotib olish kursi –“bid”, sotish kursi – “offer” deb ataladi (jargon bo’yicha
AQSH dollari –ko’k, baks, Avstriya dollari – ossi, Novozelandiya dollari – kivi,
funt sterling – paunda va boshqalar). Ular o’rtasidagi farq marja yoki spredni
tashkil qiladi (bid – offer = spred).
Masalan, “HDH” qo’shma korxonasi (Toshkent) ishlab chiqargan tovarini
Shtutgarddagi xaridorga sotib 30 mln. evroga ega bo’ldi. Bu pulning yarmi AQSH
ga asbob-uskuna sotib olish uchun ko’chirilishi kerak. Kurslar USD/EUR – 1,101-
1,110. Ko’rinib turibdiki, AQSH dollari 1,110 kurs bilan sotib olinadi. Demak,
AQSH ko’chiriladigan dollari xajmi teng: (30000000:2):1,110 = 135135135 dollar.
Marja summasi bankning valyuta operatsiyasi bilan bog’liq xarajatlarni
qoplaydi, ortiqchasi esa bank foydasi bo’ladi.
Konversion operatsiyalarning bajarilish turiga qarab valyuta kurslari:
rasmiy, banklararo, joriy, birja va joriy almashtirish kurslariga bo’linadi. Rasmiy
281
kurs Markaziy bank tomonidan e’lon qilinadi, qolgan kurslar esa valyutaga bo’lgan
talab va taklif asosida belgilanadi. Ular rasmiy kursdan butunlay farq qilishi
mumkin. Bu tabiiy hol.
Valyuta bozorida yuqoridagi kurslardan tashqari yana kross, spot va forvard
kurslari ham mavjud.
Ikki va undan ortiq valyuta kursining uchinchi valyutaga nisbati kross kurs
deyiladi.
Kross kursni quyidagi formula bilan aniqlaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: