42
Kombinirlangan magnitlanuvchanlik detalni ikki yoki bir necha
magnit maydonlar bilan bir vaqtdayoq magnitlantirish bilan amal-
ga oshiriladi, magnitli yumshoq va
magnitli qattiq materiallar
bir-biridan farq qilinadi. Maydonni olib qo‘yilganidayoq magnitli
yumshoq materiallar magnitsizlanib qoladi (St3, St10 po‘latlar).
Magnitli qattiq materiallar esa maydon olib qo‘yilganida magnit-
langan holatda qolaveradi (toblangan po‘lat).
Magnitlangan qattiq materialli detallar nazoratni bajarganidan
so‘ng ularga metall qirindilari va kukunlari yopishib qolmasligi
uchun magnitsizlangan bo‘lishi kerak, aks holda bunday holatlarda
bular podshipniklarga, tishli uzatgichlarga
va boshqa mexanizm
bo‘g‘inlariga tushib qolib ularni ishdan chiqarishi mumkin. Mag-
nitsizlanishning sifatini magnitometr bilan, magnitli strelka bilan
yoki ipga osib qo‘yilgan lezviya yordamida tekshirish mumkin.
Magnitsizlantirishning uchta usuli mavjud:
– statik;
– dinamik;
– termik.
Statik magnitsizlantirish (SM) tashqi magnit maydon ta’sirida
amalga oshiriladi, ya’ni magnitlangan materialning magnitlan-
ganligini shunday qiymatga keltiradiki, bunda, magnit maydon
olib qo‘yilganida uning qiymati nol bo‘lib qoladi. Dinamik mag-
nitsizlantirish (DM) uchun detalni ayrim maksimal
qiymati nol-
gacha kamayadigan amplitudali o‘zgaruvchan magnit maydoniga
joylanadi.
Magnitli defektoskoplar quyidagi asosiy bo‘g‘inlarda tuzilgan:
– tok manbaidan;
– detalga va uning magnitlanuvchanligini bo‘shlig‘iga tok uza-
tish qurilmasidan;
– magnit maydonni indikatsiyalash uchun magnit hosil qil gich;
– yorituvchi qurilma;
– magnit maydoni tokini yoki kuchlanishini o‘lchov asbobi.
Ishlatilish sohasiga qarab defektoskoplarning
barchasida yu-
qorida sanab o‘tilgan qo‘shimcha bo‘g‘inlar bo‘lmasligi mumkin
(masalan, detallarni avtomatik ravishda joyidan boshqa joyga
o‘tkazgichlar va mexanik usulda nosozga chiqaruvchi moslamasi,
nuqsonlarni belgilovchi va hokazo).
43
Nuqsonlardan magnit maydonlarning tarqalishini ro‘yxatlash
uchun o‘ta sezgirlikni ta’minlay oladigan magnit kukunlardan
foydalanish katta ahamiyatga ega. Magnitli-kukunli nuqsonlarni
aniqlashdagi nazorat o‘ziga quyidagi asosiy bosqichlarni kirita-
di:
– detallarning
yuzasini tayyorlash;
– detallarni magnitlash;
– suspenziya yoki quruq kukun bilan ishlov berish;
– detallarni ko‘rikdan o‘tkazish, ma’lum bo‘lgan nuqsonlarni
baholash, kerak bo‘lganda magnitsizlantirish.
Magnitli-kukunli usul bilan ozgina chuqurlikda joylashgan
nuq sonlar va sirt nuqsonlari aniqlanadi.
Nazoratning sezgirligi ko‘pgina faktorlar bilan aniqlanadi:
– materiallarning magnitli xarakteri bilan;
– ishlatilayotgan kukunning xossasi bilan va hokazo.
Sirtning g‘adir-budurligi ko‘p bo‘ladi, chunki tekis bo‘lmagan
sirtda magnitli kukun cho‘kib qoladi, ya’ni bunday hollarda sirtni
tayyorlash kerak bo‘ladi: bo‘rtib chiqqan
yerlardan tozalash va
tekislash, iflosliklardan tozalash, ayrim surkalib qolgan unsur-
lardan tozalash va hokazo.
Sirtdagi ortiqcha bo‘rtiqni ham ko‘pincha nuqsonga qabul
qili
nadi. Payvandlangan choklarni nazorat qilishni faqatgina
ular ni mexanik usulda qumqog‘oz yoki qayroqtosh bilan tekis-
langanidan keyingina mumkin bo‘ladi. Nomagnit sirt qoplama-
larni nazorat qilish kerak bo‘ladi. Ana shunday qoplamalar 20
mkm gacha bo‘lganida nazorat usulining
sezgirligiga amalda
ta’sir etmaydi.
Tabiiy va sun’iy nuqsonlar namunalarida defektoskopiyaning
magnitli-kukunli usulining sezgirligi aniqlanadi. Konstruksiyaga
asosan sun’iy sirt nuqsonlari bo‘lgan namunalar kapillyar usulda
nazorat qilinadigan namunalar bilan mosdir.
Magnitli-kukunli nazoratda asosan uch turdagi defektoskop-
lardan foydalaniladi:
– statsionar-universal;
– harakatlanadigan va olib yuriladigan universal;
– maxsuslashtirilgan (statsionar, harakatlanuvchan, olib yuri-
ladigan).