S sh. Xabibullayev, S. A. Djumayev defektoskopiya va diagnostika



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/51
Sana09.06.2022
Hajmi5,15 Mb.
#646456
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51
Bog'liq
defektoskopiya va diagnostika

8.2.3-rasm. 
CO-1 standart 
namuna bilan birgalikdagi A 
1212 ultratovushli defektoskopi.
8.2.4-rasm. 
Payvand birikmalarini 
tovush bilan tekshirish: a – chiqarib 
yuborilmagan kuchaytirish bilan 
tutashgan payvand chokni tovush 
bilan tekshirish; b – burchakli parvand 
chokini tovush bilan tekshirish.


54
IX bob. AKUSTIK-EMISSION USLUB
9.1. Akustik emissiya manbalari
Deyarli barcha materiallar yemirilish paytida tovush chiqaradi 
(XIX asrning o‘rtalarida ma’lum bo‘lgan «qalay (olovo) 
qichqirig‘i», sinayotgan yog‘ochning yoki muzning qisirlashi va 
boshqalar), ya’ni eshitish mumkin bo‘lgan akustik to‘lqinlarni tar-
qatadi. Konstruksion (muntazam tuzilishga ega bo‘lgan) material-
larning aksariyati (masalan, ko‘pgina metallar va kompozitsion 
(tarkib toptiruvchi) materiallar) zo‘riqishda spektrning ultrato-
vushli (eshitilmaydigan qismida hali yemirilishdan ancha oldin 
akustik tebranishlarni tarqata boshlaydi. Maxsus apparaturaning 
yaratilishi bilan bu to‘lqinlarni qayd qilish va o‘rganish mumkin 
bo‘lgan. Bu yo‘nalishdagi ishlar ayniqsa XX asrning 60-yillarida, 
o‘ta mas’uliyatli texnik obyektlarni; yadro reaktorlarini va atom 
elektrostansiyalarining o‘tkazuvchi quvurlar tarmoqlarini, raketa-
larning korpuslarini va hokazolarni nazorat qilib turish zarurati 
munosabati bilan shiddatli ravishda rivojlana boshlagan. 
Akustik emissiya 
deganda (emissiya – tarqatish, ishlab chiqa-
rish) muhitda tashqi yoki ichki omillarning (faktorlarning) ta’siri 
ostida uning holatining o‘zgarishi bilan chaqiriladigan qayishqoq 
to‘lqinlarning paydo bo‘lishi tushuniladi. Akustik-emission uslub 
bu to‘lqinlarni tahlil qilishga asoslanadi va akustik nazorat qi-
lishning passiv uslublaridan biri bo‘lib hisoblanadi (GOST 27655-
88 «Akustik emissiya). Atamalar, ta’riflar va belgilashlar» ga mu-
vofiq, nazorat qilish obyektida sodir bo‘layotgan fizikaviy va (yoki) 
kimyoviy jarayonlarning jamlanmasi akustik emissiyani (AE) 
qo‘zg‘atish mexanizmi bo‘lib hisoblanadi. Jarayonning tipiga 
bog‘liq ravishda akustik emissiya quyidagi turlarga bo‘linadi:
– material strukturasining (tuzilishining) dinamik mahalliy 
qayta qurilishi bilan chaqiriladigan material akustik emissiyasi;
– tutash elementlarning beriluvchanligi mavjud bo‘lgan biri kish 
joylarida va yuklama berish joylarida qattiq jismlar yuzalarining 
ishqalanishi bilan chaqiriladigan ishqalanish akustik emissiyasi;
– oqim orqali oqib o‘tayotgan suyuqlik yoki gazning oqim de-
vorlari va qurshab turuvchi havo bilan o‘zaro ta’sirlari natijasida 
chaqiriladigan oqim akustik emissiyasi; 


55
– kimyoviy yoki elektr reaksiyalarida, mos keluvchi reaksi-
yalarning, jumladan yemirilishga hamrohlik qiluvchi reaksiyalar-
ning sodir bo‘lishida paydo bo‘ladigan akustik emissiya;
– materiallarni haddan ziyod magnitlashda (magnit shovqini) 
va ionlashtiruvchi nurlanishning u bilan o‘zaro ta’siri natijasida 
paydo bo‘ladigan mos ravishdagi magnitli va radiatsion akustik 
emissiya;
– moddalar va materiallarda faza qayta shakllanishlari bilan 
chaqiriladigan akustik emissiya.
Shunday qilib, akustik emissiya – qattiq jismlar va ularning yu-
zalarida sodir bo‘ladigan deyarli barcha fizikaviy jarayonlarga ham-
rohlik qiladigan hodisadir. Akustik emissiyaning bir qator turlarini 
qayd qilish imkoniyati ularning juda kichikligi sababli, ayniqsa, 
kristall panjara nuqsonlarining harakatlanishida (joylashuvida) 
molekular darajada vujudga keladigan akustik emissiyani qayd qi-
lish, apparaturaning sezuvchanligi bilan chegaralanadi. Shu sababli 
sanoat korxonalarining aksariyatida, jumladan, neft va gaz sanoati 
obyektlarida akustik emissiyani nazorat qilish amaliyotida akustik 
emissiyaning birinchi uchta turidan foydalaniladi. Bunda shuni 
nazardan qochirmaslik kerakki, ishqalanish akustik emissiyasi shov-
qin hosil qiladi, soxta nuqsonlarning paydo bo‘lishiga olib keladi va 
akustik emissiya uslubini qo‘llashni murakkablashtiruvchi asosiy 
omillardan (faktorlardan) biri bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, 
birinchi turdagi akustik emissiyadan faqatgina nuqsonlarning rivoj-
lanishidan: yoriqlarning kengayishi va materialning plastik defor-
matsiyalanishidan (o‘z shaklini o‘zgartirishidan) kelayotgan ko‘proq 
kuchliroq bo‘lgan signallar qayd qilinadi. Oxirgi holat akustik emis-
siya uslubiga katta amaliy qiymat beradi va uning texnik tashxis 
qo‘yish maqsadlarida keng foydalanilishini shartlaydi. 
Nazorat qilish obyektining devori, payvandlangan birikmalar va 
tayyorlanadigan qismlar hamda tarkib toptiruvchilarning yuzalari-
dagi va hajmlaridagi noyaxlitliklar bilan bog‘liq bo‘lgan akustik 
emissiya manbalarini topish, koordinatalarini aniqlash va kuzatib 
borish (monitoring qilish) akustik emission nazoratning maqsadi 
hisoblanadi. Akustik indikatsiya manbalari bilan chaqirilgan barcha 
indikatsiyalar, texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lganda, yemirmay-
digan nazorat qilishning boshqa uslublari bilan baholanishi lozim. 


56

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish