S sh. Xabibullayev, S. A. Djumayev defektoskopiya va diagnostika


VIII bob. ULTRATOVUSHLI BUZMASDAN



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/51
Sana09.06.2022
Hajmi5,15 Mb.
#646456
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
Bog'liq
defektoskopiya va diagnostika

VIII bob. ULTRATOVUSHLI BUZMASDAN
NAZORAT QILISH
UZK – buzmasdan nazorat qilishning akustik usuliga kiradi. 
Barcha akustik usullar ayni akustik tebranish va to‘lqinlar bilan 
uchuvchan muhit–suyuq, qattiq va gazsimon moddalarning 
ta’sirlashuviga asoslangan. Ular tebranishlarni qo‘zg‘atish usuli va 
ularni ro‘yxatlash bilan farq qiladilar. 
Akustik usullar qatorida ko‘pincha UZD-ultratovushli defek-
toskopiya, UZT-ultratovushli qalinlikni o‘lchash va akustik-emis-
sion buzmasdan nazorat qilish kabilardan foydalaniladi. UZ 
bo‘yicha jahon miqyosida nazoratning 60% qismini tashkil etadi.
Neftgazli sohada UZD dan vertlyuglar korpuslarini (qovurg‘a-
sini), bloklar o‘qini, burg‘ilash quvurlarini, rezervuarlarni va quvur 
tarmoqlarining payvand joylarini va hokazolarni tekshirishda foy-
dalaniladi. UZT – esa neftgaz jihozlarining qobiq qalinligini 
aniqlashda asosiy usul hisoblanadi. Akustik-emission usul esa jihoz-
larning texnik holatini integral aniqlashda va mavjud nuqsonlarning 
xavflilik darajasini baholashda va birinchi navbatda sig‘imlarni: kat-
ta hajmli idishlarni, quvur o‘tkazgich tarmoq larini va turli maqsad-
lardagi rezervuarlarni nazorat qilishda foydalaniladi.
8.1. Akustik tebranish va to‘lqinlar 
Uchuvchan muhit zarrachalarining mexanik tebranishi – akus-
tik tebranishdir. Muhitda ushbu tebranishlarning tarqalishi – 
akustik to‘lqinlardir. To‘lqinning tarqalishini ko‘rsatuvchi chi-
ziqlar – nur bo‘lib, tebranuvchi zarrachalarni tebranmaydigan 
zarrachalardan ajratib turuvchi chegara – front deyiladi. Akustik 
tebranishlar chastotasi va ko‘rinishining intensivligi bilan xarak-
terlanadi. Tebranishlar turi esa asosan uchuvchan muhit xossasi 
va uni yaratish usuli bilan aniqlanadi. Suyuqlik va gazlarda hajmi 
ko‘tariluvchan (uchuvchan) bo‘lganda akustik tebranishlar barcha 
yo‘nalishlarda bir xil tezlikda tarqaladi.
Qattiq jismlarda uchuvchanlikdan tashqari shaklining o‘zgaruv-
chanligi (uchuvchanlikning surilishi) va turli yo‘nalishlardagi 
cho‘zilish-siqilishdan iborat bir xil bo‘lmagan deformatsiyalanishi 
(anizotrop jismlar uchun), akustik to‘lqinning tarqalishi qonuni 
ahamiyatli ravishda murakkabdir. 


51
Chastotasi 16–20 Gts bo‘lgan tebranish chastotasi infrato-
vushli hisoblanadi. 16–20 dan tortib to 15–20•10
3
Gts gacha 
chastotali tebranish inson qulog‘i bilan eshitiladigan diapazonni 
tashkil etadi. Tovush tebranish chastotasi oshirilsa 20 kGts dan 
yuqoriga u ultratovushga o‘tadi, bunda uning tarqalish xususiyati 
o‘zgaradi: uning havodagi tarqalishi kamayadi, qattiq va suyuq 
muhitda uning tarqalishi tezlashadi. Metall materiallarni buzmas-
dan nazorat qilishda 0,5–25 MGts diapazonli chastotaga ega 
bo‘lgan ultratovushdan foydalaniladi.

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish