S sh. Xabibullayev, S. A. Djumayev defektoskopiya va diagnostika



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/51
Sana09.06.2022
Hajmi5,15 Mb.
#646456
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
Bog'liq
defektoskopiya va diagnostika

Bardoshlilik guruhi
Yemirilish tezligi mm\yiliga
Ball
Mutlaq bardoshli
<0,001
1
O‘ta bardoshli
0,001...0,005
0,005...0,01
2
3
Bardoshli
0,01...0,05
0,05...0,1
4
5
Bardoshliligi past
0,1...0,5
0,5...1,0
6
7
Kam bardoshli
1,0...5,0
5,0...10,0
8
9
Bardoshli emas
>10,0
10


65
Asbob-uskunalarning holati metallar bilan bir qatorda, shu-
ningdek, zichlashtiruvchi qurilmalar materiallarining holati bilan 
ham belgilanadi. Elastik germetizatsiyalovchi materiallar berilgan 
harorat va sinovlar davomiyligida tajovuzkor muhitning ta’siriga 
bardoshlilik bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi.
Metallarning yemirilishidan bevosita va bilvosita ko‘riladigan 
zararlar va ularni yemirilishdan himoyalash uchun qilinadigan 
xarajatlar yig‘indisi dunyoning rivojlangan mamlakatlarida yalpi 
milliy daromadning qariyb 4% ini tashkil qiladi. Bu xarajatlarning 
bir qismidan qochib bo‘lmaydi, biroq shunga qaramasdan yemiri-
lishdan keladigan yo‘qotishlarni unga qarshi kurashishning max-
sus uslublari va vositalaridan foydalanish bilan anchagina qisqar-
tirish mumkin. Sanoat asbob-uskunalarini yemirilishdan 
himoyalashga nisbatan qo‘yiladigan talablar materiallarni yemiri-
lish va eskirishdan himoyalash standartlari yagona tizimi (rus. 
ESZKS) tomonidan o‘rnatiladi. Yemirilishning har xil turlari va 
materiallarning yemirilishga bardoshliligining asosiy miqdoriy 
ko‘rsatkichlari va yemirilishga nisbatan sinov uslublari GOST 
larning butun boshli guruhi bilan standartlashtirilgan (taxminan 
40 ta atrofida). 
«Diateks» ilmiy-texnik markazi mas’uliyati cheklangan jami-
yatining ma’lumotlariga ko‘ra, yemirilishli shikastlanishlar oqibati-
da neft-kimyo sanoatidagi asbob-uskunalarning ishdan chiqishi-
ning 28% dan ortiq bo‘lmagan qismi umumiy yemirilish 
(de vor larning yupqalashuvi) hissasiga to‘g‘ri keladi. Yemirilishning 
boshqa turlari ko‘proq muhim ahamiyat kasb etadi, bunda shikast-
lanishlar mahalliy xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni metall yuzasining 
cheklangan uchastkasida jamlangan bo‘ladi. Ishdan chiqishlarning 
asosiy qismi yemiriluvchi darz ketish (-24%), kristallararo yemiri-
lish (-15%), bo‘shliqlardagi yemirilish (-14%), korroziyali-mexa-
nik yoyilish (-7%) va yemirilishning boshqa turlari (-13%) bilan 
shartlanadi. Metallning vodorod ta’siri ostida shikastlanishini (vo-
dorodli darz ketish) alohida e’tirof etish lozim, u yemirilishga te-
gishli bo‘lmaydi, biroq yemirilish bilan chaqiriladi.
Devor qalinligining kamayishida mustahkamlikning yo‘qolishi, 
metallda darz ketishlarning bo‘lishi, payvandlash choklari zona-
sida yemiruvchi chuqurchalar, bo‘shliqlarning bo‘lishi, nuqson-


66
larning (yoriqlar, yemiruvchi chuqurchalar va boshqalar) me’yoriy 
hujjatlar bilan belgilangan maydonlar va chuqurlikka yoyilishi 
yemirilishga tortilgan asbob-uskunalarni eng chekka holatlarga 
olib keladigan belgilovchi parametrlar bo‘lib hisoblanadi. 
Konstruksiya elementlarida 
makronuqsonlarning vujudga ke lish 
va rivojlanish jarayonlari 
quyidagi omillar bilan belgilanadi:
– ekspluatatsion yuklamalarning qiymati; 
– payvandlashdan keyingi qoldiq zo‘riqishlarning qiymati;
– materialning kimyoviy tarkibi va tuzilishi.
Kimyoviy tarkib va tuzilishning makronuqsonlar hosil bo‘lishiga 
zo‘riqish ta’siri ostida yemiriluvchi darz ketish, stress-korroziya, 
sulfidli darz ketish kabi xavfli hodisalar uchun qo‘shadigan hissa-
si ayniqsa salmoqlidir. 
Yirik zarrali va bir kelib chiqishli bo‘lmagan tuzilishning 
bo‘lishi ham zarralararo yemirilish va yoriqlar hosil bo‘lishining 
paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ko‘maklashadi. Bunday effekt pay-
vandli birikmalarning chok atrofi zonalarida – termik ta’sir 
ko‘rsatish zonalarida (rus. ZTV) ko‘plab uchraydi. Texnik tashxis 
qo‘yish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, konstruksiyalarning yirik 
zarrali tuzilishiga ega bo‘lgan elementlarida (100–300 mkm va 
undan ham katta o‘lchamdagi ferrit zarralari) zarralararo yemiri-
lishning hissasi 35–40% ga yetadi, bu qoldiq payvandlash 
zo‘riqishlari, shuningdek, ekspluatatsion zo‘riqishlar ta’siri ostida 
yoriqlarning paydo bo‘lishi va kengayishini osonlashtiradi. 
Konstruksion po‘latlarni ham o‘z ichiga olgan materiallarning 
vaqt o‘tishi bilan asta-sekin yomonlashuvi (eskirishi) mexanik xu-
susiyatlarning yomonlashuvida namoyon bo‘ladi, u avvalambor 
ularning kimyoviy tarkibi va mikrotuzilishi bilan belgilanadi, ma-
terial boshlang‘ich holatining og‘irlik bo‘yicha termodinamik 
nomuvozanatlanganligi va atomlarning diffuzli harakatchanlik 
sharoitlarida uning tuzilishining og‘irlik bo‘yicha muvozanatlan-
gan holatga asta-sekin yaqinlashishi bilan shartlanadi.
Metallga ta’sir o‘tkazuvchi ekspluatatsion omillarni tahlil qi-
lish metallning eskirishiga olib keluvchi quyidagi jarayonlarni aj-
ratish imkonini beradi:
– mustahkamlikning pasayishi – metallning mustahkamlik 
xarakteristikalari (vaqt davomida qarshilik ko‘rsatish yoki oquv-


67
chanlikning shartli chegarasi) boshlang‘ich (me’yoriy) mus-
tahkamlik xarakteristikalaridan 5% va undan ortiq kamayish to-
moniga farq qiladi. Bu metallning uzoq vaqt davomida yuqori ha-
rorat ta’siri ostida qolishi (masalan, yong‘in paytida) bo‘lishi 
mumkin; 
– yuklamaning siklik ta’siri – zo‘riqishlarning to‘planish 
zona larida metallarning shikastlanishining rivojlanishini tezlash-
tiruvchi mikroplastik deformatsiyalanishni chaqiradi;
– mo‘rtlashish – materialning fizik-mexanik xususiyatlari 
o‘zgarishining eng xavfli oqibatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi 
(hajmli-markazlashgan kubsimon panjaraga ega bo‘lgan, uglerod-
li va kam legirlangan po‘latlarga nisbatan olib qaraydigan bo‘lsak). 
Mo‘rtlashish mo‘rt yemirilish sohasini musbat haroratlar 
(tempera 
turalar) sohasiga siljitadi, yorilishlarga bardoshlilikni 
kes kin pasaytiradi va konstruksiyaning qo‘qqisdan yemirilishiga 
olib keladi.
Mo‘rtlashish jarayonining rivojlanishi bilan shartlanadigan 
mexanik xususiyatlarning o‘zgarishi, bir tomondan, materialning 
qattiqligi va uning oquvchanlik chegarasining ortishida, ikkinchi 
tomondan esa – yopishqoqlik-plastiklik ko‘rsatkichlarining va yo-
rilishlarga bardoshlilik ko‘rsatkichining pasayishida ifodalanadi. 

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish