Yemirilish
– bu
shunday jarayonki, uning vositasida temir quymalari oksidlar
uchun xarakterli bo‘lgan ko‘proq turg‘un kimyoviy ko‘rinishlarga
qaytadi, u metallurgiya jarayonlariga butunlay teskari bo‘lgan ja-
rayondir, bunda u hech qanday energetik sarf-xarajatlarga muhtoj
bo‘lmaydi.
Yemirilish murakkab jarayon bo‘lib, ko‘plab omillarga va ular-
ning muayyan (konkret) birlashishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday tur-
li-tumanlikni hisobga olgan holda yemirilish quyidagi alomatlar
bo‘yicha klassifikatsiyalanadi:
– yemirilish jarayonining sodir bo‘lish mexanizmi bo‘yicha –
kimyoviy yemirilish (elektr tokini o‘tkazmaydigan gazli yoki su-
62
yuqlikli muhitda) va elektrokimyoviy yemirilish (elektrolit muhiti-
da). Aksariyat hollarda metallarning yemiriluvchi tabiati ularning
elektrokimyoviy tabiatining xususiy holati bo‘lib hisoblanadi;
– yemirilish sodir bo‘ladigan muhitda muhitning tajovuzkor-
lik tipi (agressiya) bo‘yicha – gazli va suyuqlikli muhitdagi yemi-
rilish (ayniqsa harorat yuqori bo‘lganda); mikroorganizmlar ha-
yot faoliyati mahsulotlarining ta’siri ostidagi biologik yemirilish;
tuproq tarkibidagi tuzlar eritmalarining ta’siri ostida tuproqdagi
yemirilish; adashgan toklar bilan yemirilish; atmosfera yog‘in-
garchiliklarining metallar yuzasiga ta’siri bilan shartlanadigan
yemirilish. Turli xil faollikdagi ikkita metallning elektrolit bilan
tutashuvida galvanik juftlik hosil bo‘ladi. Elektronlar ko‘proq faol
bo‘lgan metalldan kamroq faol bo‘lgan metallga o‘tadi, bunda
ko‘proq faol bo‘lgan metall yemiriladi;
– yemirilish jarayonining sodir bo‘lish sharoitlari bo‘yicha –
berilgan elektrolitda turlicha statsionar potensialga ega bo‘lgan
metallarning tutashuvi (kontakt) bilan chaqiriladigan tutashuvli
(kontaktli) elektrokimyoviy yemirilish; tutashuvli yemirilish
(elekt rolit muhitidagi turli kelib chiqishli metallarning tutashuv
zonasida); ikkita metall o‘rtasidagi konstruksion yoki texnologik
tirqishlar atrofidagi yuza uchastkalarida, shuningdek, metallning
nometall yemiriluvchi-inert material bilan jips birikmagan joylari-
da sodir bo‘ladigan tirqishli yemirilish; quyma tarkibiy qismlari-
dan birining oshirilgan yemiriluvchi faolligi bilan bog‘liq bo‘lgan
tanlanma yemirilish (tarkibiy qismlarni tanlash yoki tuzilishni
tanlash bilan); yemiruvchi muhitning va bir-biriga zich siqilgan
yoki biri ikkinchisining ustida sirpanadigan metallarning tutashuv
joylaridagi vibratsiya natijasidagi mikroskopik siljishlarning bir
paytdagi ta’siri bilan shartlanadigan yemiruvchi-erozion yemiri-
lish (fretting-korroziya); yemiruvchi va suyuqlikda kavitatsion
bo‘shliqlarning hosil bo‘lishi oqibatidagi zarbali ta’sirlarning bir
paytdagi ta’siri natijasi bo‘lib hisoblanuvchi yemiruvchi kavitatsi-
ya; cho‘zuvchi zo‘riqish va tajovuzkor muhitning bir paytdagi
ta’siri natijasida metallning darz ketishi bilan kuzatiladigan
zo‘riqish ta’siri ostidagi yemirilish (stress-korroziya). Yemiruvchi
muhit tarkibida o‘ziga xos maxsus tarkibiy qismlarning bo‘lishi
yemiriluvchi darz ketishning zaruriy sharti bo‘lib hisoblanadi. Mis
63
asosidagi quymalar uchun ammiak, zanglamaydigan po‘lat uchun
xloridlar va ishqorlar ana shunday tarkibiy qismlar bo‘lib hisobla-
nadi, shu bilan birgalikda oltingugurt, azot va sirka kislotasining
eritmalarida va shuningdek toza suvda ular yemirilishning bunday
turiga tortilmaydi.
Shuni ham nazardan qochirmaslik kerakki, zo‘riqish ta’siri
ostidagi yemirilishda darz ketish vodorodlanish natijasida ham
sodir bo‘lishi mumkin. Yemirilishning bunday turi vodorodli darz
ketish deb ataladi (vodorodning molekularlanish zonalaridagi 70–
150 atm gacha bo‘lgan bosim, shuningdek, vodorodlangan me-
tallning uning cho‘qqisi oldida plastiklikning pasayishi natijasida
yoriqlarning kengayishining osonlashuvi sababli).
Toliqish yemirilishi ham zo‘riqish ta’siri ostidagi yemiriluvchi
darz ketish tipiga tegishli bo‘ladi. Biroq bu holatda zo‘riqishlar sta-
tik emas, balki o‘zgaruvchandir. Toliqish yemirilishi metallga bir
paytning o‘zida siklik zo‘riqishlar va chuqurchalar, bo‘shliqlar ham-
da kristallar orasidagi yemirilishlar ko‘rinishidagi yemiruvchi shi-
kastlanishlarning ta’sir ko‘rsatishi bilan boshlanadi. Bu shikast-
lanishlar har tomonga yo‘naltirilgan, o‘sish davomida shoxchalanib
boradigan va oxir oqibatda tutamlar ko‘rinishiga keladigan
(o‘simliklarning ildiz tizimlarini eslatuvchi) ko‘p sonli yoriqlarni
vujudga keltirish o‘choqlari bo‘lib hisoblanadi. Metallning toliqish-
li yemiruvchi shikastlanishlari uning mustahkamlik chegaralarining
pasayishida namoyon bo‘ladi, bunda u yuklamalar siklining soni
ortishi bilan uzluksiz ravishda pasayadi. Boshqacha qilib aytganda,
toliqishli yemiruvchi yoriqlarga ega bo‘lgan metallning toliqish egri
chizig‘ida cheklanmagan mustahkamlik chegarasiga mos keluvchi
aniq ifodalangan gorizontal uchastka bo‘lmaydi.
Korroziyali yemirilishning metall yuzasidagi yoki hajmidagi
xarakteri bo‘yicha yemirilish yaxlit, yuzaning turli xil uchastkalari
bo‘ylab bir tekis yoki notekis taqsimlangan va mahalliy turlarga
bo‘linadi.
Mahalliy yemirilish quyidagi turlarga bo‘linadi:
– diametri metallning yemiriladigan qatlami chuqurligidan
katta bo‘lgan dog‘li yemirilish;
– diametri ularning chuqurligi bilan mos keluvchi chuqurlik-
lar, bo‘shliqlar ko‘rinishidagi yemirilishlar;
64
– metall zarrachalarning chegaralari bo‘ylab tanlangan erishi
bilan xarakterlanadigan kristallararo yemirilish;
– payvandlashning termik ta’sir ko‘rsatish zonasida birikish
choki bo‘ylab metallni go‘yoki pichoq bilan qirqishdagiday va
ba’zi bir quymalardan o‘ta tajovuzkor sharoitlarda foydalanilgan-
da paydo bo‘ladigan pichoqli yemirilish (kristallararo yemirilish-
ning turi hisoblanadi);
– nuqtali shikastlanishlardan boshlanuvchi, masalan, yopish-
tirilgan metallning juda yupqa qatlami ostida turli tomonlarga tar-
qaluvchi yuza osti yemirilishi, metallning bu qoplami keyinchalik
shishib chiqadi yoki archilib qoladi;
– neft quvurlarida neftning oqishi bilan shartlanadigan va
quvurlarning ichki yuzasidagi tor polosalar ko‘rinishidagi
jilg‘asimon yemirilish;
– himoyalash qoplamlarining kapillyar kuchlar ta’siri ostida
mahalliy shikastlanishida paydo bo‘ladigan tolasimon yemirilish.
Kristallararo yemirilish, stress-korroziya (zo‘riqish ta’siri osti-
da yemiriluvchi darz ketish) va shuningdek, pichoqli yemirilish,
ularni aniqlash qiyin bo‘lganligi sababli, mahalliy yemirilishning
o‘ta xavfli turlari bo‘lib hisoblanadi.
Yemiruvchi muhitning yemiruvchi ta’siriga qarshilik ko‘rsatish
qobiliyati metallning yemirilishga bardoshliligini xarakterlaydi.
GOST 9.908-90 yemirilish bir tekis bo‘lgan sharoitda metallar-
ning yemirilishga bardoshliligining o‘n balli shkalasini belgilaydi
(10.1-jadval).
10.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |