S sh. Xabibullayev, S. A. Djumayev defektoskopiya va diagnostika



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/51
Sana09.06.2022
Hajmi5,15 Mb.
#646456
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
defektoskopiya va diagnostika

11.2-rasm. 
Yig‘ish choklarining burchakliligini nazorat qilish
Barcha aniqlangan nuqsonlar joylashish chuqurligi, 
cho‘zilganligi bo‘yicha albatta o‘lchashga tortiladi va masshtab 
bo‘yicha eskizlarga kiritiladi.
Qalinlikni o‘lchash bo‘yicha ishlar hajmi vizual nazorat qi-
lishning natijalarini hisobga olgan holda belgilanadi. Barcha holat-
larda o‘lchashlar yemirilish bilan ko‘proq shikastlangan joylarda 
o‘tkaziladi. Pastki uchta belbog‘larning qalinligi belbog‘ning ba-
landligi bo‘yicha uchta nuqtada (pastki, o‘rtadagi, yuqorigi) 
to‘rttadan kam bo‘lmagan diametral bir-biriga qarama-qarshi joy-
lashgan tarkib toptiruvchilarda o‘lchanadi. Qolgan belbog‘larning 
qalinligi bittadan kam bo‘lmagan tarkib toptiruvchida (shaxta nar-
voni bo‘ylab), shuningdek, belbog‘ balandligi bo‘yicha uchta 
nuqtada o‘lchanadi. Rezervuar tubining va tom qoplamasining 
qalinligi bir-biri bilan o‘zaro perpendikular bo‘lgan yo‘nalishlar 
bo‘yicha o‘lchanadi; bunda har bir nuqtada uchtadan kam 
bo‘lmagan o‘lchashlar o‘tkaziladi. Qalinlikni o‘lchash natijalari-
dan metalldagi zo‘riqishlarni hisoblashda, shuningdek, yemirilish 
tezligini aniqlash uchun foydalaniladi. 
Rezervuarning haqiqiy geometrik shaklini (formasini) aniqlash 
uchun hosil qiluvchi devorning har bir belbog‘ining vertikal 


84
bo‘yicha yuqorigi darajasida chetlashishlar qiymati o‘lchanadi. 
Chetlashishlarni o‘lchash yoki otves yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri 
o‘lchash yo‘li bilan yoki teodolit yordamida amalga oshiriladi. 
Ko‘proq deformatsiyalangan joylarni va devorning yuklama osti-
dagi deformatsiyalangan zo‘riqishini aniqlash uchun o‘lchashlar 
ikki marta: to‘ldirilgan va bo‘sh rezervuarda o‘tkazilishi lozim. 
Rezervuar asosining bir tekis bo‘lmagan cho‘kishi rezervuar tubi 
tashqi konturining bir-biridan 6 m dan uzoq bo‘lmagan nuqtalari-
da (qoidaga ko‘ra, pastki belbog‘ning vertikal choklariga mos ke-
luvchi nuqtalarda) nivelirlash yo‘li bilan aniqlanadi. Nivelirlash 
har gal, qurilishdan keyin gidravlik sinovdan o‘tkazish paytida 
markalar bilan belgilangan o‘sha nuqtalarning o‘zida amalga oshi-
riladi. Nivelirlash natijalarini (yerdagi yoki bino va inshootlarning 
devoriga o‘rnatilgan) reperning mutlaq o‘zgarmas belgisi bilan 
taqqoslash orqali cho‘kish kattaligi aniqlanadi. 
Asosiy metall va payvandli birikmalarning kimyoviy tarkibini, 
mexanik xususiyatlari va tuzilishini tadqiq qilish – ularning me’yoriy-
texnik hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash, shuningdek, eks-
pluatatsion omillarning metallning tuzilishi va xususiyatlariga 
ta’sirini aniqlash maqsadida – zarur bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi. 
Konstruksion elementlarning mustahkamligi va bardoshliligini 
hisoblash (jumladan, po‘latning mo‘rt yemirilishga qarshiligini 
hisobga olgan holda) quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: amal-
dagi qalinlikning loyihada ko‘zda tutilgan qalinlikdan chetlashishi; 
qurish paytida konstruksiyaga loyihada ko‘zda tutilmagan 
o‘zgarishlar kiritilishi; rezervuarni ta’mirlashga loyiha hujjatlarini 
ishlab chiqish paytida konstruksiyani kuchaytiruvchi elementlar-
ning kiritilishi; konstruksiyaning ish qobiliyatini metallning yemiri-
luvchi xususiyatlarini, rezervuar elementlarining berilgan geometrik 
shakldan chetlashishini hisobga olish bilan baholash va boshqalar. 
Mustahkamlik va bardoshlilikni hisoblash PB 03-605-03 ga 
muvofiq bajariladi. 
Rezervuar devorining har bir belbog‘dagi T
c
minimal hisob 
qalinligi ekspluatatsiya qilish sharoitlari uchun quyidagi formula 
bo‘yicha hisoblanadi: 
T

= (gp(H-z)r)/(R
γ
γ
c
)


85
bunda:
g – qurilish rayonidagi erkin tushish tezlanishi; p – mah-
sulot zichligi; H – mahsulotni quyish balandligi; z – rezervuar 
tubidan belbog‘ning pastki chekkasigacha bo‘lgan masofa; r – re-
zervuar devori belbog‘i yuzasining o‘rta radiusi; R
γ
– materialning 
hisob qarshiligi; 
γ

– ish sharoitlari koeffitsienti; pastki belbog‘ 
uchun 
γ

=0,7, qolgan barcha belbog‘lar uchun 
γ
С
=0,8 bo‘ladi.
Gidravlik sinovlardan o‘tkazish sharoitlari uchun har bir 
belbog‘da devorning minimal hisob qalinligi quyidagi formulaga 
ko‘ra hisoblanadi 
t

= (gp
v
(H
g
-z)r)/(R
γ
γ
c
)
bunda: 
p

– gidrosinovdan o‘tkazishdagi suvning zichligi; H
g

gidrosinovdan o‘tkazish paytida suvni quyish balandligi; 
γ
C
– ish 
sharoitlari koeffitsienti, barcha belbog‘lar uchun gidrosinovlardan 
o‘tkazish paytida 
γ
C
=0,9 bo‘ladi. 
Rezervuar devorining har bir belbog‘i uchun tekshiruv hisobi 
quyidagi formula bo‘yicha o‘tkaziladi:
(
σ
1
2

σ
1
σ
2
+
σ
2
1
)
0,5 
=R
γ
γ
c
/
γ
n
yoki
σ
2
=R
γ
γ
c
/
γ
n
bunda:
σ

– meridional zo‘riqish; 
σ

– halqali zo‘riqish; 
γ

– bel-
gilanish bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti, I klass rezervuarlari 
uchun 
γ
n
=1,1; II klass rezervuarlari uchun 
γ
n
=1,05; III klass re-
zervuarlari uchun 
γ
n
=1,0 bo‘ladi.
Rezervuar devorining barqarorligini hisoblash
σ
1

σ1

1

σ2

1
nisbatini tekshirish yordamida bajariladi, bunda 
σ
σ
1
;
σ
σ

birinchi 
(meridional) va ikkinchi (halqali) kritik zo‘riqishlar.
Ushbu shartlar bajarilmaganda devor barqarorligini ta’minlash 
uchun yuqori belbog‘larning qalinligini oshirish yoki qattiqlik 
oraliq halqalarini o‘rnatish yoki har ikkalasini birgalikda qo‘llash 
mumkin. 
Amaldagi va kritik meridional va halqali zo‘riqishlar (
σ
1

2

σ1 
va σ
σ2
) PB 03-605-03 da keltirilgan uslub bo‘yicha hisoblanadi. 
Rezervuarning qoldiq resursini aniqlashda mustahkamlik va 
bardoshlilikni hisoblash ekspluatatsion yuklamani (suyuqlikning 
gidrostatik bosimi va gazning oshiqcha bosimi, avariyali vakuum), 


86
payvand choklaridagi mahalliy nuqsonlar bilan chaqirilgan 
zo‘riqishlar konsentratsiyalarini (bir joyga to‘planishini), devor-
ning geometrik shaklidagi chetlashishlarni, shuningdek, devor-
ning qoldiq qalinligini hisobga olish bilan bajarilishi lozim.
Ekspluatatsiya qilish paytida pontonsiz qo‘zg‘almas tomli re-
zervuarlarning gaz kengligida (makonida) bosim va vakuum ush-
lab turilishi lozim. Rezervuardagi oshiqcha bosim uni to‘ldirishda, 
vakuum esa bo‘shatishda paydo bo‘ladi. Oshiqcha bosimning 
(vakuumning) qiymati bo‘yicha nafas olish armaturasining ish qo-
biliyati va rezervuar tomining germetikligi to‘g‘risida fikr yuritish 
mumkin. Mustahkamlik va bardoshlilik bo‘yicha tekshiruv hisob-
lashlarida loyihadagi yoki tashxislash natijalari bo‘yicha belgilan-
gan bosim (vakuum) qiymatini ushlab tura olish qobiliyati aniq-
lashtiriladi. Pontonli (suzuvchi tomli) rezervuarlar uchun oshiqcha 
bosim yoki vakuum nolga teng deb qabul qilinadi. 
Sig‘diruvchanligi 10000 m kubdan oshiq bo‘lgan, tarkib 
toptiruv chilarning vertikal bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan me’yorlardan 
oshiqcha chetlashishlariga va payvandli yig‘ish birikmalarida nuq-
sonlarga ega bo‘lgan, yiliga 250 to‘liq sikldan oshiq bo‘lgan siklik 
yuklamalarni boshdan kechiradigan rezervuarlar uchun hisob 
resursini aniqlash maqsadida maxsus tashkilotlar tomonidan kam 
siklli toliqishga o‘lchov hisob-kitoblari amalga oshiriladi. 
Past haroratlarda ekspluatatsiya qilinadigan rezervuarlar uchun 
qismlarning tekshiruv hisob-kitoblari mo‘rt yemirilishni hisobga 
olgan holda SNiP 11-23-81 «Loyihalash me’yorlari. Po‘lat kon-
struksiyalar» ga muvofiq bajarilishi lozim.
Tekshiruvdan o‘tkazish natijasida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan nuq-
sonlar aniqlanganda keyinchalik bajarilgan ishlar sifatini nazorat qi-
lish va yuklama ostida sinab ko‘rish bilan rezervuarni tiklovchi 
ta’mirlash uslublari va bajariladigan ishlarning hajmini aniqlash amal-
ga oshiriladi. Qo‘zg‘almas va suzuvchi tomli rezervuarlar gidravlik si-
novlarga tortiladi. Tomiga nafas olish klapanlarini o‘rnatish bilan 
eks pluatatsiya qilinadigan pontonsiz, qo‘zg‘almas tomli rezervuarlar 
ichki oshiqcha bosimga va vakuumga sinovdan o‘tkaziladi.
Gidravlik sinovlar rezervuarni to‘ldirishning loyihadagi dara-
jasigacha yoki rezervuarni to‘ldirish balandligini chegaralash 
uchun ko‘zda tutilgan nazorat teshigi darajasigacha suv quyish bi-


87
lan amalga oshiriladi. Suv quyish bosqichma-bosqich, konstruksi-
yaning va payvand choklarining holatini nazorat ko‘zdan kechiri-
shi uchun zarur bo‘ladigan vaqt oraliqlarida amalga oshiriladi. 
Pontonli yoki suzuvchi tomli rezervuarlarni sinovdan o‘tkazish 
zichlashtiruvchi zatvorlarsiz amalga oshiriladi. Sinov jarayonida 
pontonning ko‘tarilishi va tushishi bo‘yicha rezervuarning ichki 
yuzasi ko‘zdan kechiriladi, ponton (suzuvchi tom) borti yoki quti-
si bilan rezervuar devori orasidagi oraliqni, shuningdek, 
yo‘naltiruvchi quvurlar bilan pontondagi (suzuvchi tomdagi) 
patrubkalar orasidagi oraliqni o‘lchash, sirg‘aluvchan narvonning, 
suvni chiqarib yuborish qurilmasining va boshqa konstruksiyalar-
ning ishlashini kuzatish amalga oshiriladi. 
Rezervuar tubining chekkasi ostidan sizib chiqish, ko‘prikcha 
yuzasida nam dog‘lar, rezervuar devorida yoriqlar va sizib chi-
qishlar (nuqsonning o‘lchamlaridan qat’i nazar) aniqlanganda 
sinovdan o‘tkazishni to‘xtatish, suvni to‘kib yuborish, sizib chi-
qishning sababini aniqlash va bartaraf qilish zarur.
Yuqori belgisigacha suv quyilgan rezervuarlar odatda quyidagi 
vaqt mobaynida yuklama ostida ushlab turiladi: 20000 m kub ga-
cha bo‘lgan hajmdagi rezervuarlar – 24 soatdan kam bo‘lmagan 
muddat davomida, 20000 m kubdan ortiq bo‘lgan hajmli rezer-
vuarlar – 72 soatdan kam bo‘lmagan muddat davomida. Agar 
ko‘rsatilgan vaqt mobaynida devor yuzasida yoki rezervuar tubi-
ning chekkalari bo‘ylab suv sizishi sodir bo‘lmasa va suv sathi 
pasaymasa, rezervuar sinovdan o‘tgan hisoblanadi. Loyihada 
ko‘rsatilgan belgiga qadar suv bilan to‘ldirilgan rezervuarda gidrav-
lik sinovdan o‘tkazish tugagandan keyin tarkib toptiruvchilar ning 
vertikaldan chetlashishini o‘lchash, asosning (fundamentning) 
cho‘kishini aniqlash maqsadida rezervuar tubining tashqi kon-
turining chetlashishlarini o‘lchash ishlari amalga oshiriladi. 
Tekshiruvdan o‘tkazish natijalari asosida rezervuarning texnik 
holati aniqlanadi. Rezervuarning texnik holatini baholashning 
asosiga quyidagi sabablarga ko‘ra mumkin bo‘lgan ishdan chiqish-
lar to‘g‘risidagi taqdim qilishlar qo‘yiladi: metallda va payvandli 
birikmalarda tayyorlash, yig‘ish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish 
paytida vujudga kelgan, ularning rivojlanishi rezervuarning yemi-
rilishiga olib keluvchi nuqsonlar; metallda amalda bo‘lgan 


88
zo‘riqishlarning hisob-kitob zo‘riqishlariga nisbatan oshiq bo‘lishini 
chaqiruvchi, elementlarning dastlabki geometrik o‘lchamlar va 
shakllarga nisbatan geometrik o‘lchamlari va shakllarining o‘zgarishi 
(plastik deformatsiyalanish, yemiruvchi yeyilish va hokazolar nati-
jasida); uzoq muddatli ekspluatatsiya qilish jarayonida rezervuar 
elementlarining konstruktiv mustahkamligining pasayishiga olib 
kelishi mumkin bo‘lgan metallning mexanik xususiyatlari va tuzi-
lishining o‘zgarishi (o‘zgaruvchan va doimiy yuklamalar ta’siri 
ostida toliqish, qizib ketish, haddan oshiq yuklamalarning ta’sir 
ko‘rsatishi va boshqalar); yemiruvchi shikastlanishlar natijasida va-
raqsimon konstruksiyalar germetikligining buzilishi.
PB 03-605-03 va SNiP 11-23-81 «Loyihalash me’yorlari. Po‘lat 
konstruksiyalar» ga muvofiq statik zo‘riqishlar paytida yemiruvchi 
yeyilish, mexanik shikastlanishlar, metallning mexanik xususiyat-
larining pasayishi oqibatida rezervuar konstruksiyasining alohida 
elementlari hisoblab chiqilgan ekspluatatsiya qilish parametrlariga 
mos kelmagan holatda mustahkamlik va bardoshlilik shartlariga 
ko‘ra rezervuarni ekspluatatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday 
holatda faqatgina rezervuarni ekspluatatsiya qilish parametrlari 
pasaytirilganda (to‘ldirish darajasining pasayishi, oshiqcha bosim 
va vakuumning kamayishi) yoki rezervuarni ta’mirlash va metall 
konstruksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi 
(kompleksi) o‘tkazilgandan keyin rezervuarning xizmat qilish 
muddatini uzaytirish mumkin bo‘ladi. Ta’mirlash iqtisodiy yoki 
texnik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan holatda rezervuarni 
ekspluatatsiyadan chiqarish to‘g‘risida xulosa beriladi. 
Texnik tashxislash jarayonida metall konstruksiyalardan tashqari 
rezervuarlarning xavfsizlik qurilmalarining va texnologik asbob-
uskunalarining; nafas olish va old saqlagich (predoxranitel) apparatu-
ralarining; sath darajasi, harorat va bosimni nazorat qilish asboblari-
ning (priborlarining); himoyalash va signalizatsiya asboblarining 
(priborlarining); namunalar olish qurilmalarining; yong‘in xavfsizli-
gi va chaqmoqdan himoyalash vositalarining; tiqinli armaturali qabul 
qilish-tarqatish patrubkalarining; isitish, tozalash va bo‘shatish 
qurilmalarining; qo‘zg‘almas tomli (pontonsiz) rezervuarlar gu-
ruhining gaz bosimini tenglashtirish tizimining va boshqa yordam-
chi asbob-uskunalarning ishlash qobiliyati tekshiruvdan o‘tkaziladi.


89

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish