14-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Temir
Ishdan maqsad: Temirning xossalarini tajribalarda ko’rish.
Kerakli asbob va reaktivlar: probirka, sulfat va nitrat kislolalarining konsentrlangan va suyultirilgan eritmalari, temir qirindisi, temir (II) sulfat FeSO4 , o’yuvchi natriy (NaOH), temir (III) xlorid FeCl3 tuzi eritmasi, kaliy permanganat, yod, kumush nitrat eritmasi, ammoniy rodanit eritmasi, chinni tigel, mikroshpatel, temir (III) nitrat tuzi, temir (III)-gidroksidi, indikator qog'ozi yoki lakmus eritirasi, qizil qon tuzi K4[Fe(CN)6] eritmasi, turnbul zangori cho'kmasi Fe3[Fe(CN)6], sariq qon tuzi K4[Fe(CN)6] eritmasi, gaz gorelkasi.
Ishning borishi:
1.Tajriba: Temirni kislotalarga ta'siri.
To'rtta toza probirka olib, ularning har biriga sulfat va nitrat kislotalarning konsentrlangan va suyultirilgan eritmalaridan soling. So'ng har bir probirkaga temiming qirindisidan ozroq soling. Reaksiya tenglamalarini yozing.
2.Tajriba:Termir (II)-gidroksidning olinishi va xossalari.
Probirkaga 3-4 ml FeSO4 ning yangi tayyorlangan eritmasidan quying va shuncha hajm ishqor qo'shing, ko'k rangli Fe(OH)2 cho'kmasi hosil bo'ladi. Nima uchun havoda uning rangi tez o'zgarib, qizil qo'ngir tusli bo'lib qoladi? Reasiya tenglamasini yozing. Hosil bo'lgan cho'kmaga suyiltirilgan xlorid va konsentrlangan ishqor eritmasidan qo'shing. Reaksiya tenglamasini yozing.
3.Tajriba:Temir (III)-gidroksidning olinishi va xossalari.
Probirkaga 3-4 ml FeCl3 tuzi eritmasidan 3-4 ml soling va unga shuncha miqdorda ishqor eritmasidan qo'shing. Hosil bo'lgan cho'kmani ikkiga bo'ling va ularning biriga suyultirilgan kislota ikkinchisiga qaynoq konsentrlangan ishqor eritmasidan ta'sir ettiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
4.Tajriba : Temir (II)- ionining qaytaruvchilik xossasi.
a) Bir ml sulfat kislota va bir necha tomchi yangi tayyorlangan temir sulfat eritmasidan quyib, uning ustiga bir ml kaliy permanganat eritmasidan tomizing. Eritmaning rangsizlanishini kuzating. Temir (II)-birikmalarining oksidlovchilar ta'sirida temir (III)-tuziga aylanish reaksiya tenglamasini yozing.
b) Probirkaga yod eritmasidan 3-4 tomchi solib, ustiga bir necha tomchi sulfat kislota va yangi tayyorlangan temir (II)-sulfat eritmasidan quying. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
v) lkkita probirkaga yangi tayyorlangan temir (II)- sulfat eritmasidan quying va probirkalarning biriga kumush nitrat eritmasidan 1 ml quying va ozroq isiting. Probirka devorida kumush kuzguning paydo bo’lishi qanday jarayon sodir bo'lganidan dalolal beradi? Probirkani soviting. Birinchi va ikkihchi probirkadagi eritmaga 0,1 n ammoniy rodanit eritmasidan bir tomchi qo'shing. Qaysi probirkada eritmaning rangi o'zgaradi? Nima sababdan? Reaksiya tenglamalarini yozing?
5.Tajriba: Temir (III)-nitratning termik parchalanishi.
Chinni tigelga bir mikroshpatel temir (III) nitrat tuzidan soling va uni plitkada qizdiring. Temir (III) nitrat tuzi kislorod va azot (IV)-oksid ajratish bilan parchalanib, qo’ng'ir-qizil rangli temir (III)-oksid hosil qiladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni ko'rsating.
6.Tajriba:Temir (III)-gidroksidning olinishi va xossasi.
Probirkaga 1 ml temir (III)-xlorid erilmasidan 1 ml olib ustiga ishqor eritmasidan tomchilab quying. Temir (III)-gidroksidning qizil-qo'ng'ir cho'kmasi hosil bo'lishini kuzatmg. Hosil bo'lgan cho'kmani 2 ga bo'lib birinchisiga 40% li ishqor eritmasidan solib qaynaguncha qizdiring. Ikkinchisiga esa suyiltirilgan xlorid kisiota eritmasidan quying. Nima kuzatiladi? Temir (III)-gidroksid qanday xossalarga ega? Temir (III)- gidroksidning hosil bo'lishi va uning kislota ishqorlar bilan o'zaro reaksiya tenglamalarini birinchi holda ferrit ioni FeO2 hosil bo'lishini nazarda tutib yozing.
7.Tajriba: Temir (II)- va (III)- tuzlarining gidrolizi .
a) Temir (II)- sulfatning yangi tayyorlangan eritmasini indikator qog'ozi yoki lakmus eritirasi bilan sinab kо'ring. Lakmus rangining o'zgarishini kuzating. Bu tuzning gidroliz reaksiyasi tengiamasini yozing.
b) Probirkaga 1 ml temir (III)-xlorid tuzi solib, unga lakmus eritmasi yoki indikator qog'ozi ta'sir ettiring. Lakmus rangini o'zgarishini kuzating, So'ngra shu eritmaga 2 ml distillangan suv qo'shib, bir oz qizdiring va yana lakmus ta'sir ettiring. Eritma rangini o'zgarishiga e'tibor bering. Temir (III)-xlorid tuzi gidrolizi reaksiyasi tenglamasini yozing.
Savollar:
Temirning eng muhim rudalarini ko’rsating.
Chuyanlar po’latlardan nimasi bilan farq qiladi?
Tomas shlaki qanday olinadi va uning tarkibida necha foiz Fe2O3 bo’ladi?
Temir qatnashgan qanday kompleks tuzlarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |