Elektrokimyo. Galvanik elementlar. Metallar korroziasi Ishning maqsadi: Galvanik elementning tuzilishi, ishlash tartibibilan tanishish. Reaktivlar



Download 14,94 Kb.
Sana28.11.2022
Hajmi14,94 Kb.
#873777
Bog'liq
ЭКО 2-сем 2лаб


Elektrokimyo. Galvanik elementlar. Metallar korroziasi


Ishning maqsadi: Galvanik elementning tuzilishi, ishlash tartibibilan tanishish.
Reaktivlar: H2SO4 –sulfat kislota (rangsiz eritma), CuSO4 – mis sulfat tuzi (havo rang eritma), ZnSO4- rux sulfat tuzi (rangsiz eritma), H2O-distillangan suv, K3[Fe(CN)6]- qizil qon tuzi (sarg’ish eritmasi), NaCl- natriy xlor tuzi (rangsiz eritma), Zn rux bo’lakchasi.
Asbob uskunalar: Galvonometr, menzurka, stakanlar, mis va rux plastinkalari, probirkalar, mis sim, agar-agar to’lg’izilgan sifon, ruxlangan temir simi, qalaylangan temir simi, alyuminiy sim.


1-tajriba. Galvanik element tayyorlash.
Ikkita stakan olib, ularning 3-4 hajmigacha birinchisiga 1 M CuSO4 eritmasidan, ikkinchisiga 1 M ZnSO4 eritmasidan quying, so’ngra CuSO4 eritmasiga mis plastinkasini, ZnSO4 eritmasiga esa rux plastinkasini tushiring. Metall plastinkalarini sim bilan galvanometrga ulang. Nima kuzatiladi?
Eritmalarni elektrolit ko’prikchasi bilan tutashtiring, galvanometr srelkasini og’ishini kuzating. Elektr tok hosil bo’lishini tushuntiring va elektronlarning tashqi zanjir bo’yicha yo’nalishini ko’rsating. Yasalgan galvanik elementning sxemasini tuzing va EYuK ni hisoblang.
2-tajriba. Galvanik juftlar hosil bo’lishining kimyoviy reaksiyalarga ta’siri
Probirkaga 0,1 n sulfat kislota eritmasidan 2-3 ml quying va o`nga toza rux bo’lakchasini tashlang. Bunda ajralayotgan vodorodning tezligiga e’tibor bering. Kislotadagi ruxga mis simni tegizib, mis-rux galvanik elementi hosil qiling. Bunda vodorodning ajralish tezligida o’zgarish bo’ladimi? Vodorod qaysi metall sirtidan ajraladi? Mis-rux galvanik juftida boradigan jarayonlarning reaksiya tenglamasini yozing.Qaysi metall yemiriladi?
3-tajriba. Ruxlangan va qalaylangan temirning korroziyasi.
Ikkita probirkaning har biriga hajmining yarimisigacha 0,1 n sulfat kislota va 2-3 tomchi qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] eritmasidan qo’shing.
Qizil qon tuzi eritmasi ikki valentli temir ionlari uchun sezgir reaktivdir, u Fe2+ ionlari bilan zangori rangli K3[Fe(CN)6]2 kompleks birikma (turnbul zangorisi) hosil qiladi. So’ngra probirkalardan biriga temir sim o’ralgan qalay bo’lakchasini, ikkinchisiga esa temir sim o’ralgan rux bo’lakchasini tushuring va qaysi probirkada zangori rang hosil bo’lishini kuzating.
Ruxlangan va qalaylangan temirda korroziya jarayoni sodir bo’lishini tushuntiring hamda tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
4-tajriba. Korroziya jarayoniga xlorid ionining ta’siri.
Ikkita probirkaga bir bo’lakdan alyuminiy sim soling va o`nga ozroq sulfat kislota eritmasi qo’shilgan mis sulfat eritmasidan quying. Probirkalardan biriga NaCl eritmasidan bir necha tomchi qo’shing va yaxshilab chayqating.
Qaysi probirkada reaksiya tezroq boradi? Kuzatilgan xodisani izohlang va hosil bo’ladigan galvanik juftning sxemasini tuzing.
Download 14,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish