S sh. Xabibullayev, S. A. Djumayev defektoskopiya va diagnostika



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/51
Sana09.06.2022
Hajmi5,15 Mb.
#646456
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
Bog'liq
defektoskopiya va diagnostika

10.3.3-rasm.
SKR2 ikki seksiyali skrebogi: 1 – tozalovchi disklar
2 – prujinalangan shetkalar; 3 – shetkali disklar; 4 – kardanli birikma; 
5 – skrebok uchun uzatish qurilmasi (peredatchik) bamperi; 
6 – skrebok uchun uzatish qurilmasi (peredatchik); 7 – o‘tkazuvchi 
disklar; 8 – yetakchi disklar.
Yer ostidagi neft va gaz quvurlari tarmoqlari texnik tashxislash 
uchun ko‘proq murakkab bo‘lib hisoblanadi. Ularning texnik ho-
latini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlarini po‘latdan tayyorlan-
gan yer osti quvurlar tarmog‘i misolida ko‘rib chiqamiz. 
Gaz quvurlari tarmoqlarining texnik holatiga nisbatan 
qo‘yiladigan talablar Rossiya Federatsiyasi Gosgortexnadzorining 
PB 12-368-00 «Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari» bilan tas-
diqlangan va o‘rnatilgan. Unda texnik holatni baholash tezkor 
tashxislash yo‘li bilan har uch oyda bir martadan kam bo‘lmagan 
davriylik bilan, asboblarni texnik tekshiruvdan o‘tkazish esa – har 
besh yilda bir martadan kam bo‘lmagan davriylik bilan amalga 
oshi rilishi ko‘zda tutilgan.
Tezkor tashxislash xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan 
trassani vizual ko‘zdan kechirib chiqish bilan bajariladi. Bunda 
gazning sizib chiqishi, yer ostidagi gaz quvurlari tarmog‘ining yu-
zaga chiqib qolishi, tuproqning ko‘pchishi, cho‘kishi, ko‘chishi, 


76
nurashi va eroziyasi, gaz quvurlari tarmog‘ining yomg‘irlar va sel 
suvlari bilan yuvilishi va boshqalar aniqlanadi. Ko‘rinadigan 
uchast 
kalardagi ko‘zga tashlanadigan nuqsonlar (gaz quvurlari 
tarmog‘ining ustunlar chegaralaridan siljishi, vibratsiyaning 
bo‘lishi, gaz quvurlari tarmog‘ining yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan egi-
lishi, ustunlarning egilishi va shikastlanishi) qayd qilinadi
o‘chiruvchi qurilmalarning va izolatsiyalovchi flanetsli birikma-
larning, elektr simlarining tushishidan himoyalash vositalarining, 
gaz quvurlari tarmog‘ining qotirilishi va bo‘yoq qoplami, elektro-
kimyoviy himoyalash qurilmalarining holati tekshiriladi. Vizual 
ko‘zdan kechirish har uch oyda bir martadan kam bo‘lmagan dav-
riylikda amalga oshiriladi.
Yer osti uchastkalarini ko‘zdan kechirishda gaz quvurlari 
tarmog‘ining trassasida gaz sizib chiqishi tashqi alomatlar bo‘yicha 
va asboblar (priborlar) yordamida aniqlanadi. Gaz quvurlari 
tarmog‘ining har ikkala tomonida 15 m gacha bo‘lgan masofada 
joylashgan muhandislik inshootlarining (tarmoqlarining) kame-
ralari va quduqlarida, nazorat trubkalarida, binolarning 
yerto‘lalarida, shaxtalarda, kollektorlarda, yer osti yo‘laklarida 
havo tarkibida gazning mavjudligini aniqlash maqsadida namu-
nalar olinadi va tahlil qilinadi.
Asbobli (priborli) texnik tashxislash gaz quvurlari tarmog‘ining 
belgilovchi parametrlarini miqdoriy baholash va ularning qoldiq 
resurslarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bunda yer osti uchast-
kalarini tashxislashda ko‘proq qiyinchiliklar vujudga keladi, bu 
ular ga va tuproqning tajovuzkor ta’siri bilan shartlanadigan shi-
kastlanishlar intensiv ravishda to‘planadigan joylarga yetib borish-
ning qiyinligi bilan bog‘liqdir. Po‘latning kam uglerodli markalari-
dan tayyorlangan yer osti po‘lat gaz quvurlari tarmog‘ini tashxislash 
Rossiya Federatsiyasi Gosgortexnadzorining 2001-yil 15-sen-
tabrdan amalga kiritilgan RD 12-411-01 «Po‘latdan tay yorlangan 
yer osti gaz quvurlari tarmog‘ining texnik holatini tashxislash 
bo‘yicha yo‘riqnoma»ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu 
me’yoriy hujjat 1,2 MPa dan ortiq bo‘lmagan bosimdagi tabiiy 
gazni va 1,6 MPa dan ortiq bo‘lmagan siqilgan uglevodorod gazi-
ni transportirovka qilish uchun mo‘ljallangan gaz quvurlari tarmoq-
larini tashxislashdan o‘tkazish bo‘yicha talablarni belgilaydi.


77

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish