10.3. Po‘latdan ishlangan neft va gaz quvurlari tarmoqlari
hamda armaturalarning chiziqli qismini tashxislash
Neft va gaz quvurlari tarmoqlari qazib chiqarish va magistral
quvurlar tarmoqlariga bo‘linadi. Qazib chiqarish va magistral neft
va gaz tarmoqlari quvurlarini loyihalash, tayyorlash, montaj qilish
va ekspluatatsiya qilishga, ularni qayta tekshiruvdan o‘tkazish
dav riyligi va hajmiga, shuningdek, texnik tashxislashga nisbatan
qo‘yiladigan talablar turli xil tarmoq hujjatlari va mahkamaviy
huj jatlardan joy olgan.
Neft va gaz quvurlari tarmoqlari ketma-ket ulangan element-
larni: trubalar, truba detallari, tiqinlarni rostlash armaturalari, na-
sos-kompressor stansiyalari va boshqalarni o‘zida taqdim qiladi.
Nasos-kompressor stansiyalarining asosiy elementlari doimo zaxi-
rada saqlanishi tufayli neft va gaz quvurlari tarmoqlarining
ishonch liligi chiziqli qismning holatiga nisbatan nasos-kompres-
68
sor stansiyalarining uzluksiz ishlash qobiliyatiga kamroq bog‘liq
bo‘ladi.
Neft va gaz quvurlari tarmoqlari chiziqli qismining ish qobili-
yatining buzilishi ishlarni amalga oshirish texnologiyasining buzi-
lishi oqibatida ham, quvurlar tarmog‘ini ekspluatatsiya qilish
davrida elementlarda nuqsonlarning to‘planishi natijasida ham
sodir bo‘lishi mumkin. Chiziqli qism ish qobiliyati buzilishining
texnologik sabablariga gidratli va gaz tiqinlarining hosil bo‘lishi,
quvurlarning ifloslanishi va boshqalarni kiritish mumkin. Ular
funksional tashxis qo‘yish uslublari yordamida (tezkorlik bilan)
aniqlanadi va tezkor tartibda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomo-
nidan bartaraf qilinadi.
Metallning yemirilishi, devorlarning eroziyali yeyilishi, pay-
vandlash choklaridagi va asosiy metalldagi yoriqlar, himoyalovchi
qoplamalarning himoyalash xususiyatlarining buzilishi, quvurlar
tarmog‘i elementlarining makondagi (kenglikdagi) holatining
o‘zgarishi neft va gaz quvurlari tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish
jarayonida paydo bo‘ladigan nuqsonlarning asosiy turlari bo‘lib
hisoblanadi. Turli xil nuqsonlarning nisbati asosan quvurlar
tarmog‘i joylashgan rayonning iqlim sharoitlari bilan, quvurlar
tarmog‘ini yotqizish joylaridagi tuproqning xususiyatlari (zich-
lashishi, ko‘pchishi) bilan va yer osti suvlarining sathi yuqori
bo‘lgan uchastkalarning bo‘lishi bilan belgilanadi. Masalan, o‘rta
polosada joylashgan quvurlar tarmog‘i uchun yemirilishning rivoj-
lanishi bilan chaqiriladigan ishdan chiqishlar tipik bo‘lib hisobla-
nadi. Rossiyaning shimoliy rayonlarida ekspluatatsiya qilinadigan
quvurlar tarmoqlari uchun mexanik xususiyatlarning orqaga qayt-
maydigan o‘zgarishlari va payvandlash choklari va asosiy metall-
ning yorilishga bardoshlilik xarakteristikalarining pasayishi bilan
shartlanadigan toliqishli yemirishlar xarakterli bo‘lib hisoblanadi.
Bunda siklik xarakterdagi haroratga bog‘liq bo‘lgan zo‘riqishlar va
ishchi bosimining pulsatsiyalanishi natijasida rivojlanadigan toli-
qishli yorilishlar payvandlash choklarining texnologik nuqsonlari
(chok asosining yetarlicha payvandlanmasligi, g‘ovakliklar, shlak-
lar va boshqalar) zonasida paydo bo‘ladi va keyinchalik quvur-
larning asosiy metallariga o‘tadi. Quvurlar tarmoqlarining devor-
lari ularning qayishqoq deformatsiyalanishi oqibatida haydab
69
berilayotgan mahsulot energiyasining katta miqdorini akkumu-
lyatsiyalashi sababli, past harorat sharoitlarida toliqishli yorilish-
larning paydo bo‘lishi katta masofalarga cho‘zilgan mo‘rt va
kvazimo‘rt yemirilishlarini chaqirishi mumkin.
Har bir neft va gaz quvurlari tarmog‘iga texnik hujjatlarni tah-
lil qilish natijalari asosida tashxislashning individual dasturi ishlab
chiqiladi, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi;
– neft va gaz quvurlari tarmog‘ining konstruksiyaning o‘ziga
xosligi va ekspluatatsiya qilish sharoitlari tufayli shikastlanishlar
va ishdan chiqishlarga ko‘proq tortilishi mumkin bo‘lgan potensi-
al xavfli uchastkalar va alohida elementlar ko‘rsatilgan karta-
sxemani;
– tashxislash ishlarini o‘tkazishning tartibi va ketma-ketligini,
tashxislash jarayonida foydalaniladigan uslublar va apparaturani
o‘z ichiga olgan tekshiruvdan o‘tkazish rejasini;
– tashxislashni o‘tkazishdagi xavfsizlik choralarini;
– tashxislash natijalariga ishlov berish uslublarini va ularni
taqdim qilish tartibini.
Tasvirga olishning infraqizil, rangli, ko‘p zonali va boshqa usul-
laridan foydalanish bilan trassani aerokosmik tasvirga olish yetib
borish qiyin bo‘lgan joylarda joylashgan neft va gaz quvurlari
tarmog‘ining holatini integral baholashning samarali uslubi bo‘lib
hisoblanadi. Bunday tasvirga olish trassalardagi, shuningdek, ham-
rohlik qiluvchi muhandislik inshootlaridagi u yoki bu geologik va
biologik jarayonlarning (ko‘milib qolish, nurab tushish, suv bosishi,
qurib qolish va boshqalar) holatini va rivojlanish dinamikasini ba-
holash imkonini beradi. Yetib borish oson bo‘lgan joylardagi neft
va gaz quvurlarini tashxislashda vizual ko‘zdan kechirish va o‘lchash
ishlarini o‘tkazish majburiy hisoblanadi. Bunda yuzadagi nuqson-
lardan tashqari chiziqli qism holatidagi zo‘riqishni xarakterlovchi
makondagi (kenglikdagi) siljishlar ham aniqlanadi. Yer ustidagi neft
va gaz quvurlari tarmog‘ining joylashishi va siljishlarini nazorat qi-
lishni tashkil qilish va o‘tkazish uchun yuzadagi va yuqoridagi geo-
dezik asoslashni yaratish lozim. Asoslashning ikkita turi: tayanch
geodeziya turi va ishchi asoslash bir-biridan farqlanadi. Tayanch
geodeziya turining punktlari tayanch reperlari bilan mustahkamla-
nadi, ularning makondagi (kenglikdagi) holatining o‘zgarmasligi
70
butun ekspluatatsiya qilish davri uchun ta’minlanadi. To‘g‘ri chi-
ziqli va kompensatsion uchastkalardagi vertikal siljishlar tayanch-
larda va oraliqning o‘rtasida qo‘zg‘almas reperlarga nisbatan nive-
lirlash bilan aniqlanadi. Quvurlar tarmog‘ining gorizontal siljishlari
xavfli uchastkalarda odatda tayanchlarga nisbatan o‘lchanadi. Neft
va gaz quvurlari tarmog‘ining yer ostidagi va yer ustida ko‘milgan
uchastkalarining ko‘ndalang va bo‘ylama siljishlari trassaning buri-
lish burchaklarida va ularga tutash bo‘lgan to‘g‘ri chiziqli uchast-
kalarda o‘lchanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun neft va
gaz quvurlari tarmog‘i trassasining burilish burchaklarida o‘lchash
apparatlari uchun mo‘ljallangan shurflar o‘rnatiladi.
Tashxislashning individual dasturi o‘z ichiga qu yidagilarni oli-
shi mumkin: neft va gaz quvurlari tarmog‘ining chiziqli qismini
quvur ichini tashxislash asboblari (priborlari) bilan tekshiruvdan
o‘tkazish (texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan
hollarda); alohida elementlarni teplovizion nazorat qilish; neft va
gaz quvurlari tarmog‘ining potensial xavfli bo‘lgan uchastkalarini
akustik-emission nazorat qilish (temiryo‘llar, avtomobil yo‘llari,
jarliklar, suv havzalaridan o‘tish joylari); neft va gaz quvurlari
tarmog‘ining vibratsion xavfli bo‘lgan uchastkalarida vibratsiyani
maxsus asboblar (priborlar) bilan nazorat qilish va boshqalar).
Neft va gaz quvurlarining olis masofalarga cho‘zilgan magistral
tarmoqlari uchun quvur ichini inspeksiyalash asboblari (rus. VIP)
yordamida tashxislashni o‘tkazish texnologik jihatdan ko‘proq
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Quvur ichini tashxislash ishlari umumiy holatda quyidagilarni
o‘z ichiga oladi:
– profil o‘lchagichni o‘tkazishdan oldin quvurlar tarmog‘ining
minimal o‘tkazish kesimini aniqlash maqsadida quvurdan kalibr-
skrebokni o‘tkazish;
– ichki tomondan halqalar o‘rnatilgan uchastkalarda profil
o‘lchagichning deformatsiyalangan halqalarda qisilib qolishi va
shikastlanishining oldini olish maqsadida, ularni birinchi marta
tekshiruvdan o‘tkazishda shablon-profil o‘lchagichni quvurdan
o‘tkazish;
– defektoskopning qisilib qolishi va shikastlanishining oldini
olish va pachaqlanishning chuqurligini aniqlash maqsadida quvur-
71
lar tarmog‘ining o‘tkazish kesimini aniqlash uchun quvurdan pro-
fil o‘lchagichni o‘tkazish;
– quvurlar tarmog‘ining ichki yuzasini parafin-smolali cho‘-
kindilardan, loyli tiqinlardan tozalash va begona predmetlarni
chiqarib yuborish uchun quvurdan tozalash skrebogini o‘tkazish;
– quvurdan defektoskopni o‘tkazish.
Quvur ichini tashxislashdan o‘tkazish uchun magistral quvur-
lar tarmog‘i quyidagi talablarga javob berishi lozim: quvurlar
tarmog‘i uchastkasining barcha biriktiruvchi elementlari va ti-
qin armaturasi quvurlar tarmog‘i bilan bir xil o‘tkazuvchanlikka
ega bo‘lishi zarur. Magistral quvurlar tarmog‘ining tashxislash-
dan o‘tkaziladigan har bir uchastkasi (jumladan, suv ostidan
o‘tish joylaridagi zaxira tarmoqlar va lupinglar ham) quvur ichi-
ni nazorat qilish (inspeksiyalash) asboblarini (VIP) ishga tushi-
rish, qabul qilish va tozalash kameralari bilan jihozlangan
bo‘lishi zarur. Asbobning harakatlanishini nazorat qilish uchun
profil o‘lchagich va defektoskopning antennalari burun qismi-
dagi bamper panjarasi ostiga o‘rnatilgan uzatuvchi-qabul qiluv-
chi qurilmalari (priyomoperedatchiklar), shuningdek, yer usti-
dagi kuzatish asboblari xizmat qiladi, ularning tarkibiga past
chastotali lokatorlar va yer usti belgilovchi uzatgichlari (mar-
kerli peredatchiklar) kiradi. Quvur ichini nazorat qilish (ins-
peksiyalash) asboblarining uzatish-qabul qilish qurilmalari past
chastotali elektromagnit signallarini generatsiyalaydi (ishlab
chiqaradi), bu signallar yer yuzasidagi lokator bilan, quvur ichi-
dagi asbob ning uzatish qurilmasidan (peredatchikdan) 2,5 m
gacha bo‘lgan masofada qabul qilinadi.
Ularning signallari asboblarning qabul qilish qurilmalari to-
monidan qabul qilinadigan, asboblarning quvurlar tarmog‘i
ichida harakatlanishini kuzatish uchun xizmat qiladigan loka-
torlar va belgilovchi uzatgichlar (markerli peredatchiklar)
tashxislash ma’lumotlarini quvurlar tarmog‘i trassasining konk-
ret (muayyan) nuqtalariga bog‘lash uchun zarur bo‘ladi va
belgilovchilarni (markerlarni) joylashtirish joylariga o‘rnatiladi,
bunday joylar belgilash punktlarini trassada joylashtirish rejasi-
da ko‘rsatiladi. Belgilash punktlarining koordinatalari magistral
quvurlar tarmog‘i chiziqli qismining pasportiga kiritilgan
72
bo‘lishi zarur. Bundan tashqari, tashxislash majmuasining
(kompleksining) tarkibiga yer usti asbob-uskunalarining quvur
ichini nazorat qilish (inspeksiyalash) asboblariga texnik xizmat
ko‘rsatish, kalibrlash, bir joydan ikkinchi joyga tashib o‘tkazish,
zaxiralash va qabul qilish, shuningdek, bu asboblarni quvurlar
tarmog‘i bo‘ylab kuzatib borish va ularning quvurlar tarmog‘idagi
joylashgan o‘rnini aniqlash imkonini beruvchi jamlanmasi kiri-
shi lozim.
Quvurlar ichini nazorat qilish (inspeksiyalash) asboblarini
qabul qilish-ishga tushirish kameralari zamonaviy magistral neft
va gaz quvurlari tarmoqlarining ajralmas elementi (qismi) bo‘lib
hisoblanadi. Qabul qilish-ishga tushirish kameralari konstruktiv
(tuzilish) jihatdan bir xildir. Quvurlar tarmog‘ida quvur ichini
nazorat qilish (inspeksiyalash) asboblarini qabul qilish va ishga
tushirish qat’iy belgilangan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Masalan, magistral neft va gaz quvurlari tarmoqlarining quvur-
lari ichini tashxislashda quvur ichini nazorat qilish (inspeksi-
yalash) asboblari oldindan ishga tushirish kamerasiga shunday
joylashtiriladiki, bunda asbobning oldingi manjeti kameraga
nominal diametr bilan kirsin (10.3.1-rasm), bunda V1 zadvijka
(siljuvchan plankali to‘sish moslamasi) ochiq, V2,V3,T1,T2,T3
zadvijkalar yopiq bo‘ladi. So‘ngra T1 va T2 vantuz zadvijkalari
ochiladi va V3 zadvijka orqali ishga tushirish kamerasi asta-
sekin mahsulot bilan to‘ldiriladi. V3 zadvijkasi va T1 hamda T2
vantuz zadvijkalari yopiladi. Magistral (manometr R1) va ishga
tushirish kamerasi (manometr R2) orasidagi bosim V3 zadvij-
kasini biroz ochish va yopish bilan rostlanadi. V2 zadvijkasi
to‘liq ochiladi, bunda V3 zadvijkasi yopiqligicha qoladi. So‘ngra
V3 zadvijkasi to‘liq ochiladi va V1 zadvijkasining ochilishi bosh-
lanadi. Asbob kameradan quvur tarmog‘iga qarab harakatlana
boshlaydi. Lokator (LK) yordamida asbobning kameraning chi-
qish zadvijkasi, uchlik va skreboklarning o‘tish signalizatori
(SKR) orqali o‘tishi kuzatib turiladi. Asbob lokator yordamida
birinchi belgilash punktida aniqlanishi bilan V1 zadvijkasi to‘liq
ochiladi va V2 hamda V3 zadvijkalarini yopish bilan kamera
izolatsiyalanadi.
73
LK
SKP
Do'stlaringiz bilan baham: |