60
ganetsli (16GS, 09G2S) va marganetsli (09G2, 14G2) po‘latlardan
tayyorlangan idishlar va bosim apparatlarida shishlar hosil
bo‘lishiga moyillik ko‘proq kuzatiladi.
Prokatlash paytida yoyilgan bu po‘latlarda plastik sulfidlar va
oksisulfadlarning bo‘lishi ferrit matritsasi – ishga tushirish
bo‘limining chegaralarida vodorodning to‘planishiga ko‘mak-
lashadi. Vodorodning po‘latda keyingi to‘planishi uning bo‘sh-
liqlarda (g‘ovaklarda) molekularlanishi bilan birgalikda kuzatila-
di. Vodorod atom holatidan ferrit-ishga tushirish bo‘limining
chegarasida bosimning ortishini chaqirish bilan molekular holat-
ga o‘tadi. Yuqorida ko‘rsatilgan tuzoqlarda vodorod bosimining
70 atm ga va hatto 150 atm gacha ortganligi qayd qilingan, bu
ko‘pgina hollarda apparatlardagi ishchi bosimni sezilarli darajada
oshiradi.
Yeyilish
– bu ishqalanishda qattiq
jism yuzasidan materialning
ajralishi va yemirilish jarayonidir, u jism o‘lchamlari va shaklining
asta-sekin o‘zgarishida namoyon bo‘ladi (GOST 22674-88. «Bu-
yumlarning yeyilishga bardoshliligini ta’minlash). Yeyilish inten-
sivligi hajm, og‘irlik, uzunlik birliklarida va hokazolarda aniqlana-
di. Yeyilishga bardoshlilik yeyilish intensivligi yoki tezligiga
teskari bo‘lgan kattalik bilan aniqlanadi.
Yeyilishni ishqalanish yuzasiga ta’sir ko‘rsatish xarakteri
bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘lish qabul qilingan:
– mexanik yeyilish, unga abraziv yeyilish (gidro va gazoab-
raziv yeyilishni ham o‘z ichiga olgan holda),
erozion yeyilish
(gidro va gazoerozion yeyilishni ham o‘z ichiga olgan holda),
kavitatsion yeyilish, toliqish yeyilishi, frestingdagi yeyilish, ushlab
qolishdagi yeyilish kiradi;
– korroziyali-mexanik yeyilish, unga oksidlanishdagi yeyilish,
fresting-korroziyadagi yeyilish,
vodorodli yeyilish, elektroerozion
yeyilish kiradi.
Yeyilishning vaqtdagi tezligining klassik diagrammasi uchta
uchastkani o‘z ichiga oladi: yeyilishning katta tezligi bilan xarak-
terlanadigan – detallarning ko‘payib boruvchi yeyilish uchastkasi;
yeyilishning belgilangan uchastkasi (nisbatan turg‘un tezlik bilan
yeyilish); hatto eng chekka holatgacha yetib kelgan halokatli ye-
yilish uchastkasi.
61
Yeyilishni baholash uchun asbob-uskunalarning turiga bog‘liq
ravishda turli xil uslublardan foydalaniladi: turli xil o‘lchash vosi-
talari yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchash uslubi; ultratovushli
yoki boshqa qalinlik o‘lchagichlar yordamida qalinlikni o‘lchash
uslubi; moylash materiallaridagi metall miqdorini nazorat qilish
uslubi va boshqalar. Buyumning yeyilayotgan
uchastkasini mahal-
liy nurlatish va hosil bo‘lgan radionuklidli belgining nurlanishini
o‘lchashga asoslangan yuzadagi yoki yupqa qatlamli faollashtirish
(aktivatsiya) uslubi tobora keng qo‘llanilishga ega bo‘lmoqda.
Buyumni ekspluatatsiya qilishda nurlanish intensivligining
o‘zgarishi graudirovkalash grafigi yordamida yeyilish xarakteristi-
kasiga aylantiriladi. Nazorat qilish masofadan turib amalga oshiri-
ladi va yeyilishni mikrometrning o‘nlik ulushlaridan boshlab to
bir necha millimetrgacha 5–15% aniqlikda baholash imkonini be-
radi. Ushbu uslub mashinalashgan asbob-uskunalarni nazorat qi-
lishda ham, sig‘imli asbob-uskunalarni (idishlar,
rezervuarlar,
o‘tkazuvchi quvurlar va boshqalar) nazorat qilishda ham
qo‘llaniladi.
Konstruksion materialning yemirilishga bardoshliligi –
texnologik asbob-uskunalarning ishonchliligini va ulardan foy-
dalanish muddatlarini belgilovchi muhim, ko‘pincha esa eng
muhim xarakteristikalardan biridir.
Yemirilish (korroziya) (lotincha corrodere – yeb yubormoq
so‘zidan olingan) – bu metall materiallarning, ularni qurshab tu-
ruvchi muhitning tarkibiy qismlari bilan fizikaviy va kimyoviy
o‘zaro ta’sirlari natijasida yemirilish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: